Ekskursiya xizmatida ob’ektni hikoya qilish– individual nutq (monologik)
namunasi bo‘lib, omma oldida qabul qilingan nutq me’yorlariga rioya qilingan
holdagi gidning ovozli shaxsiy matnidir. Ekskursiya xizmati ob’ektlarini hikoya
121
qilish jarayoni og‘zaki axborotdan - ko‘rgazmali, ko‘rgazmali taassurotlardan -
so‘zli baholash va xulosalarga qarab kengayib boradi. N.A.Geynikening
ta’kidlashicha, mavzuni o‘rganishda hikoyaning me’yoridan oshishi, ekskursiya
xizmatida og‘zaki materiallarning ko‘payishi uning asosiy ahamiyatliligini
yo‘qotadi. Gidlarda tez-tez uchrab turadigan kamchilik ular tomonidan ekskursiya
ob’ektlari unchalik ko‘p ko‘rsatilmaydi aksincha, hikoya qilinadi. Bu esa
ekskursantlarning o‘z ustida mustaqil ishlash qobiliyatini susaytiradi, ya’ni
ekskursiya jarayonini illyustratsiyaga boy ma’ruzaga aylantiradi. Demak,
ekskursiya xizmatida hikoya qilinayotgan har bir narsa ko‘rgazmali qatorda
bo‘lishi lozim. Gid guruhga ob’ektni ko‘rsatish bilan birga uni chuqur tahlil qiladi,
tushuntiradi, tarixiy dalillarni keltiradi.
Ekskursiya jarayonida ob’ektlar ekskursantlar ko‘z oldida tarixni tiklaydi,
ishonchli tarzda uni tasvirlashga yordam beradi. Hikoyaning mazmundorligi
ob’ektga, ya’ni uning o‘ziga xosligi, axborotga naqadar boyligiga bog‘liq.
Ekskursiya xizmatining umumiy davomiyligiga hikoya qilish jarayonining ulushi
kamroq bo‘lishi zarur.
Ekskursiya xizmati hikoyasiga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Hikoya
qilishda gidning xayoliga to‘satdan biror fikr kelishi mumkin. Masalan: mamlakat,
xalqning ayni damda boshidan kechirayotgan holatlari, voqea, hodisalar, dalillar,
she’riy ijod hamda badiiy asar namunalari va shu k. Ekskursiya xizmati hikoyasiga
qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
mavzuiyligi;
aniqligi;
bog‘liqligi;
mantiqiyligi;
qisqa va lo‘ndaligi;
ishonchliligi;
soddaligi;
yakunlanganligi;
ko‘rsatish jarayoni bilan bog‘liqligi,
122
ilmiyligi.
Ekskursiya ob’ektlarini hikoya qilish monolog xususiyatiga ega. Shuni ham
ta’kidlash joizki, ayrim gidlar ekskursiya jarayonini ma’lum bir qismini dialogga
aylantirishadi. Gid hamda ekskursantlar o‘rtasidagi dialog jarayonida materialni
qabul qilish faollashadi. Ekskursiya xizmatida monologdan dialogga o‘tishda
ekskursantlar tomonidan beriladigan savollarga javob berishi va ularning
replikalari bilan ishlash giddan katta mahorat talab qiladi.
Ekskursant replikasi – uning biror- bir narsa yuzasidan fikri bo‘lib, u har
doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Ekskursantlar replikasidan chekinish tavsiya
etilmaydi. Gidning ekskursantlar replikasi bilan ishlashining metodikasi mavjud
bo‘lib, u replikalarga javobni (ekskursantlardan birining fikriga javob reaksiyasi)
mohirlik bilan hikoyaga bog‘lab ketishi lozim.
Gidning hikoyasi ekskursiya xizmatida quyidagi vazifalarni bajaradi: ob’ektni
ekskursantlar
to‘g‘ri
tushunishiga,
baholashiga
va
ko‘rishiga
yaqindan
ko‘maklashadi, ko‘rganlari asosida ma’lum bir xulosalar qilishga yordam beradi.
Gid hikoyasi davomida ob’ektning ko‘rib bo‘lmaydigan tomonlarini ham ularga
yetkazib beradi. U ekskursantlar kuzatuvini umumlashtirgan holda, olgan
axborotni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlab beradi.
Ekskursiya xizmatida ma’lumotni bir turdan (nutq) boshqa bir turga
(tomoshaviy namuna) o‘zgartirish uchun ma’lum bir sharoitlar yaratilishi kerak.
Mazkur o‘zgarish hikoya mazmuniga, gid nutqi (obrazlilik darajasi), ma’lumotni
taqdim etish metodikasiga bog‘liqdir. Badiiy asarlardan namunalar keltirish
transformatsiyaga keng yo‘l ochib berib, adabiy montaj va sitatalardan foydalanish
usuli shundan kelib chiqadi.
Nutqning tushunarliligi, aniqligi, ifodaligigi bir necha omillarga bog‘liq,
jumladan:
nutq texnikasini egallash (nafas olish, ovoz, diksiya);
nutq ohangiga e’tibor qaratish.
123
Gidning tili ma’lum bir mezonlarga javob berishi lozim: oydinlik –
tinglovchilarga tushunarli va mosligi, aniqlik – nutq tarkibi gidning fikri,
ekskursiya maqsadi va mavzusiga muvofiqligi, ravonlik – til vositalaridan
foydalanishning mantiqiy to‘g‘riligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |