Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning



Download 6,43 Mb.
bet103/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

8.2. Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilishning

o‘ziga xos xususiyatlari

Ekskursiya xizmati amaliyotida ob’ektni hikoya qilishning oltita o‘ziga xos


xususiyatlarini ajratish mumkin:

1. Guruhning harakatlanishi tezligiga hikoya tezligining bog‘liqligi. Gid
hikoyasi ekskursiya marshruti, harakatlanish ritmiga tobedir. Masalan, bolalar
guruhi uchun tayyorlangan hikoya harakatlanish tezligidagi tafovut tufayli katta
yoshdagi guruhda foydalanilmaydi, shuningdek, bir mavzudagi hikoya piyoda va

avtobusli ekskursiyada turlicha hajmda bo‘ladi.



2. Hikoya qilishning ob’ektni ko‘rsatishga tobe’ligi. Gidning hikoyasi

marshrutda ko‘rsatiladigan ob’ektdan ajralmaydi. Hikoyaning mazmuni ob’ektni

kuzatish vazifasiga bo‘y sunadi. Hikoya ko‘rsatiladigan ob’ektlar bilan birga berib


boriladi, uni to‘ldiradi, ko‘ringanlarni

izohlaydi. Hikoyaning mazmuni



o‘rganiladigan ob’ekt bilan belgilanadi (tabiat, muzey ekspozitsiyasi, tarixiy obida,
qadrli joylar, urf-odatlar va sh.k).

3. Hikoya qilishda ko‘rgazmali dalillardan foydalanish. Gid hikoyasi shunday

tuziladiki, go‘yo ob’ektlarning o‘zi «so‘zlayotgandek» bo‘ladi. Bundayin natijaga

hikoya qilishning obrazli ijrosi, ob’ektni mohirlik bilan ko‘rsatilishi, «gid

portfeli»dagi ko‘rgazmali materiallardan to‘g‘ri foydalanish orqali erishiladi.

Hikoya qilish ob’ektni ko‘rsatish bilan uyg‘unlikda olib borilmasa, u ma’ruzaga
aylanadi.

4. Hikoya qilishning taalluqligi (bir predmetga qaratilganligi), ya’ni,

hikoyaning ekskursantlar nigohi qaratilgan ob’ektga bog‘liqligidir. Gid o‘z

hikoyasida aniq bir ob’ekt – bino, me’moriy ansambl, tabiat durdonasini inobatga

124

olayotgan bo‘ladi. Ushbu metodikaning o‘ziga xosligi shundaki, gid ekskursantlar

diqqatini bir predmetga qaratishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma beradi. Ushbu holat

bir xil o‘xshash binolar joylashgan ko‘chada ro‘y berayotgan bo‘lsa, u holda
kerakli binoni ajratib olish uchun gid tomonidan uning rangi, qurilish uslubi

ta’kidlab o‘tiladi. Ekskursantlar binoni ilg‘ab olganidan so‘ng gid hikoyasini


davom ettiradi.
5. Ekskursiya hikoyasining aniqligi. Aniqlik degani bu nafaqat mavzudagi
balki, keltirilgan faktlardagi aniqlik hamdir. Hikoya qilishda aniqlik materiallarni
umumiy tarzda havola etish emas, aksincha mavzuni ochib berishda, tushuntirishda

aniq
materiallardan


foydalanish
tushuniladi.
Hikoya
qilishda
aniqlik

materiallarning rangbarangligi (dalillar, misollar, sanalar, raqamlar, familiyalar)

bilan belgilanadi, deyish noo‘rin. Ekskursiya xizmatida materialning aniqligi –

fikrning aniqligi, ma’lum bir narsani aniq va konkret shaklda berishdan iborat.

6. Hikoya qilishning ta’kidlovchi xususiyati. Gid tarixiy voqea-hodisalarni

hikoya qilishda u xuddi shu tarzda, aynan shu joyda, sanab o‘tilgan shaxslar unda

ishtirok etganligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Aniq bir voqeani ta’riflashda hozirgi

zamon (o‘tmish yoki kelajakka) bilan bog‘laydi, uni ob’ektiv isbot sifatida,

ma’lum bir shaxs tomonidan amalga oshirilganligiga urg‘u berib o‘tadi. Puxta

tayyorlangan va o‘tkazilgan ekskursiya xizmati ekskursant xayolida ko‘rib turgan

ob’ektdan ham ziyoda narsalarni ilg‘ab olish imkonini berishi mumkin.

Ko‘pgina ekskursiya xizmati ob’ektlari unga bog‘liq voqea-hodisalar bilan

qiziqarli bo‘lishi mumkin. A harfi bilan ekskursiya xizmati ob’ektini belgilasak, B

harfi bilan uning atrofida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni keltirsak, unda quyidagi


oddiy formulani olamiz: A+B. Mazkur formulaning mazmuni ekskursiya xizmati
amaliyotida turlicha variantlarga ega. Ularning ayrimlarini keltiramiz.
Ekskursiya arayonidagi hikoya mavzuni ochib berishdagi axborot hamda

tahliliy material hisoblanadi. Gid hikoyasi orqali ob’ekt, voqea-hodisa to‘g‘risida

ma’lumot beradi, tushuntiradi, ta’riflaydi, ma’lum bir ma’noda uning qiyofasini

shakllantiradi. Ekskursiya jarayonida mutaxassislar hikoya qilishning ko‘pgina

usullaridan (ma’lumot berish, tushuntirish, tavsiflash, izohlash) foydalanishadi.

125

Ekskursantning xulosasi nafaqat
eshitganlariga, balki ko‘rganlariga ham


asoslangan bo‘ladi.
8.1-jadval


Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish