Ekskursiya texnologik xaritasining namunasi:
101
Marshrut
|
To‘xtash
joyi
|
|
|
Mavzuostilar va asosiy
yoritiladigan savollar
|
Tashkiliy
ko‘rsatmalar
|
Uslubiy ko‘rsatmalar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Universitet
xiyoboni
|
Yo‘l-
yo‘lakay
|
Amir
Temur
haykali
|
10
daq.
|
Sohibqiron Amir Temur
shaxsiyati va uni shahar
taqdirida tutgan o‘rni
haqida hikoya qilish
|
Avtobusning sekin
harakati davomida
hikoya qilinadi.
|
Sharhlash usulidan foydalanib,
Amir Temur shaxsiyatiga tavsif
beriladi, hikoya va ob’ektni
ko‘rsatish uyg‘unligiga rioya
qilinadi.
|
Ruhobod
ko‘chasi
|
Maqbara
yonida
to‘xtash
|
Amir
Temur
maqbarasi
|
30
daq.
|
Temuriylar sulolasi
maqbarasi
1) maqbara qurilishi
tarixi;
2) maqbaraning devoriy
|
Guruh avtobusdan
tushadi, maqbara
darvozasi oldida
yig‘iladi.
Guruh ichkariga
|
Shaxzoda Muhammad
Sulton maqbara(madrasa) va
xonaqosi so‘zli rekonstruksiya
qilinadi. Tushuntirish usuli
yordamida maqbara qurilishi
tarixi haqida hikoya qilinadi.
Tasvirlash usuli yordamida
gumbazning ichki qismi,
devordagi yozuvlar, qandil
haqida hikoya qilinadi.
|
Ko‘rsatiladig
an ob’ektlar
Vaqt
102
|
|
|
|
bezaklari;
3) Temuriylar
maqbarasi tarixi
|
kiritilib, devorlarga
yaqin joylashtiriladi.
Barcha qabrtoshlar
ko‘rinib turishi uchun
guruh qulay
joylashtiriladi.
|
Ekskursiya ma’lumoti usuli
yordamida Temuriylar sulolasi
haqida hikoya qilinadi.
Amir Temur qabrtoshi va
o‘g‘illari, nabiralari va ustozi
Mirsaid Baraka qabr toshlari
ko‘rsatiladi.
|
Ruhobod
ko‘chasi
|
Maqbara
yonida
to‘xtash
|
Ruhobod
maqabarasi
|
20
daq.
|
Shayx Burxoniddin
Sog‘arjiy
1) Burxoniddin
Sog‘arjiy shaxsiyati
|
Guruhni maqbara
gumbazini ko‘rish
mumkin bo‘ladigan
joyda to‘planadi.
|
Taqqoslash usuli yordamida
Ruhobod va Amir Temur
maqbarasi taqqoslanadi.
Burxoniddin Sog‘arjiy, xotini
va o‘g‘illari qabrtoshi
ko‘rsatishda ekskursiya
ma’lumoti usulidan
foydalaniladi.
|
Registon
ko‘chasi
|
Registon
maydoni
yonida
to‘xtash
|
Registon
maydoni
|
45
daq.
|
Registon maydoni savdo,
hunarmandchilik va ilmiy
markaz sifatida
1) Ulug‘bek madrasasi
2) Sherdor madrasasi
3) Tillakori majmuasi
|
Guruh avtobusdan
tushadi va maydonni
panoramali ko‘rsatish
uchun maxsus joyda
yig‘iladi. Madrasalar
quyidagi ketma-
ketlikda ko‘rsatiladi
va hikoya qilinadi:
1.Ulug‘bek.
|
Ob’ektlarni ko‘rsatishda
quyidagi usullardan
foydalaniladi: maydonni
panoramali usulda ko‘rsatiladi.
Maydon, madrasaning
funksional mohiyatini
voqealarni jonlantirish usuli
yordamida yoritiladi.
Hikoya qilishning quyidagi
|
103
|
|
|
|
|
2. Sherdor.
3.Tillakori
|
usullaridan foydalaniladi.
Madrasa, hujralarning tashqi
ko‘rinishini tasvirlash usuli
bilan hikoya qilinadi.
Har uchala madrasaning farqli
jihatlarini hikoya qilishda
tavsiflash usuli yordamida
hikoya qilinadi.
Savol- javob usuli yordamida
ekskursantlar faollashtiriladi.
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
…
|
Texnologik xaritaning samaradorligi barcha grafiklarni to‘liq to‘ldirilishiga
bog‘liq. Odatda ishlanma hajmi ekskursiya ob’ektlari va mavzuostilari soni,
davomiyligi, masofasidan kelib chiqib kompyuterda terilgan 6-12 bet bo‘ladi.
Texnologik xaritaning ekskursiya marshruti grafasida ekskursiya boshlanishi
nuqtasi va birinchi mavzuosti tugashi joyi yoziladi.
To‘xtash joyi grafasida marshrutda ekskursantlarni avtobusdan tushishi
rejalashtirilgan nuqtasi yoziladi; avtobusdan tushmasdan oynadan ob’ektlarni
kuzatish yoki piyoda ekskursiyada to‘xtash nuqtasi yoziladi.
Ko‘rsatiladigan ob’ektlar grafasida to‘xtash joylarida guruhga ko‘rsatiladigan
joylar, asosiy va qo‘shimcha ob’ektlar yoziladi.
Ekskursiya davomiyligi grafasida ma’lum ob’ektni ko‘rsatish, hikoya qilish va
ekskursantlarning marshrut bo‘ylab keyingi to‘xtash joyigacha sarflanadigan vaqt
ko‘rsatiladi. Bu vaqtlar summasi ekskursiyaning umumiy davomiyligini belgilab
beradi.
Mavzuostilar va asosiy yoritiladigan savollar grafasi qisqa yozishmalardan
iborat. Birinchi navbatda marshrutning shu kesimida, vaqtida yoritiladigan
mavzuosti beriladi(uchinchi grafada keltirilgan ob’ektlar bo‘yicha). Shu yerda
mavzuostini yorituvchi savollar shakllantiriladi. Mavzuostiga tegishli savollar soni
beshtadan ortmasligi kerak.
Tashkiliy ko‘rsatmalar grafasida guruhning harakatlanishi, xavfsizligi,
sanitariya gigiyenik talablar, memorial, diniy, tarixiy, madaniy ob’ektlarda o‘zini
tutish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar yoziladi. Tabiatni asrash va yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha ekskursantlarga qo‘yilgan talablar ham shu yerda ko‘rsatiladi. Bu grafada
ekskursiyani olib borish texnikasiga kiruvchi barcha masalalar kiritiladi. Masalan,
«guruh shunday joylashtiriladiki, barcha ekskursantlar binoga kirish yo‘lini
ko‘rishsin», «ushbu to‘xtash joyida ekskursantlarga suratga tushirish uchun vaqt
ajratiladi». Shahardan tashqaridagi ekskursiyalarda sanitar to‘xtashlar, tabiatni
asrash bo‘yicha tavsiyalar ham shu grafada yoziladi. Ishlab chiqarish korxonalarida
tashkil etiladigan ekskursiyalarda ish joylardagi texnika xavfsizligi qoidalari,
104
ekskursantlarga qo‘yilgan majburiy talablar, ob’ektni ko‘rsatish va hikoyadagi
tanaffuslar joyi yoziladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar grafasi ushbu hujjatning yo‘nalishini belgilaydi,
ekskursiyani olib borish uslubiyati
bo‘yicha
gidga
qo‘yilgan
talablarni
shakllantiradi, ekskursiya jarayonidagi hikoyasi va ob’ektlarni ko‘rsatishning
usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Mantiqiy o‘tishlar variantlari,
«gid portfeli» materiallarini ko‘rsatish hamda ekskursantlar harakatini yo‘naltirish
bo‘yicha
gidga
tavsiyalar
beriladi(masalan,
«hikoya
tugaganidan
so‘ng
ekskursantlar ob’ektni mustaqil kuzatishlari mumkin», «gid .....terminlarni
izohlashi kerak» va sh.k.).
6.3. Sinov ekskursiyasini o‘tkazish va ekskursiya mavzusini
tasdiqlash tartibi
Ekskursiyaning uslubiy ishlanmalari va asosiy matni ijobiy baholanib, «gid
portfeli», marshrut sxemasi taxlanganidan so‘ng sinov ekskursiyasi kuni
belgilanadi. Sinov ekskursiyasini odatda ijodiy guruh rahbari o‘tkazadi. Sinov
ekskursiyasida turfirma rahbarlari, ijodiy guruh a’zolari, to‘garak a’zolari, soha
mutaxassislari taklif etiladi. Sinov ekskursiyasi jonli bahs-munozara tarzida
o‘tkazilib,
ushbu
jarayonda
kamchiliklar
aniqlanadi.
Sinov
ekskursiyasi
ishtirokchilari avvaldan uning asosiy matni, texnologik xaritasi, marshrut sxemasi,
«gid portfeli» tarkibi, adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqqan bo‘lishi kerak.
Agar ekskursiyaning asosiy matni, texnologik xaritasi, narxi va foydalilik
darajasi ijobiy baholansa, unda ekskursiya muassasasi rahbari yangi ekskursiya
mavzusi va uni o‘tkazishga ruxsat olgan gidlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha
buyruq chiqaradi. Mavzuni mustaqil tayyorlagan boshqa gidlar keyinchalik
mustaqil sinov ekskursiyasini o‘tkazishadi. Ish stajidan qat’iy nazar gid uchun
yangi bo‘lgan mavzuda ekskursiya o‘tkazishdan oldin uning qo‘lida individual
matn bo‘lishi shart va shundagina rahbariyat buyruq chiqaradi.
105
Yangi mavzu bo‘yicha ekskursiya tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, unga
bir nechta hujjatlar zarur bo‘ladi:
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |