Jarohatlangan joyidan qon ketganda birinchi tibbiy yordam
Qon ketishi- bu qon tomir butunligini buzilishi oqibatida yoki ba’zi bir
kasallikning asorati sababli yuzaga keladigan jarayondir.
Jarohatlangan joydan qon ketishining quyidagi turlari mavjud:
kapilyar- yuzaki jarohatlarda ro‘y beradi, qon kam tomchilab kelishi
bilan xarakterlanadi. Qon ketishini to‘xtatish uchun dokani ushlab, bosib
turishning o‘zi kifoyadir;
venoz- qon to‘q qizil rangdagi oqim bilan oqib keladi;
arterial- qon alvon tusda, yuqoriga favvoradek oqadi;
aralash-jarohatlanishda ham arterial va ham vena shikastlangan bo‘lsa
sodir bo‘ladi. Bu holat chuqur jarohatlanishlarda kuzatiladi.
272
Jabrlanuvchining oyoq-qo‘llari venasi zararlanganida gid ularni yuqoriga
qaratib, bosuvchi steril boylam qo‘yish shart. Qon ketishni to‘xtatishda bu usul
qo‘l kelmasa, u holda jarohatlangan sohaning pastidan jgut bilan bog‘lab qo‘l-
oyoqni bukish lozim.
14.3-rasm. Jarohatlangan joydan qon ketganda birinchi
tibbiy yordam
Arterial qon ketishini ham venoz qon ketishini to‘xtatgan kabi to‘xtatish
mumkin. Yirik arteriyadan qon ketganida (bosuvchi boylam qo‘yilishi yetarli
bo‘lmaganda) qon ketayotgan sohaning tepasidan jgut bog‘lash lozim.
Gid jgut boylangan vaqtni qayd qilib, ma’lumotni boylov materialining tagiga
qo‘yishi shart. Boylangan jgut 1,5-2 soatdan ortiq turmasligi kerak, chunki bu
to‘qimalarning o‘limiga olib kelishi mumkin.
Jgut boylangan joyda og‘riq yuzaga kelsa, u holda jgutni 10-15 daqiqaga
ochish mumkin. Buning uchun jarohatlangan sohadagi arteriyani barmoq bilan
bosib, jgut asta-sekinlik bilan qo‘yib yuboriladi va 10-15 daqiqa o‘tgach jgut
qaytadan bog‘lanadi. Bir soat o‘tgach jabrlanuvchi og‘riqni ko‘tara olgan taqdirda
jgutni 10-15 daqiqa yana olish mumkin. O‘rta og‘ir va kuchli qon ketishlarda
jabrlanuvchini zudlik bilan tibbiy muassasaga olib borish shart.
273
Burundan qon ketganida jabrlanuvchini o‘tqizib, burunga muzdek malham
qo‘yib, 4-5 daqiqa burunni bosib turish kerak. Agar qon ketishi to‘xtamasa,
ohistalik bilan qon ketayotgan joyga 3% perekis vodorodga namlangan tampon
yoki paxta qo‘yib, 2,0-2,5 soat o‘tgach olish mumkin. Qon ketishini to‘xtata
olmagan taqdirda bemorni tibbiy muassasaga («o‘tirgan» holatda) yetkazish yoki
tibbiyot xodimni chaqirish shart.
Aralash qon ketishlarda birinchi shifokorgacha tibbiy yordamda yuqorida
qayd qilingan barcha tadbirlarni o‘z ichiga oladi (jabrlanuvchini tinchlantirish,
sovuq narsa qo‘yish, bosuvchi boylam qo‘yish).
Do'stlaringiz bilan baham: |