Fanidan O’quv – uslubiy majmua



Download 6,43 Mb.
bet201/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

do‘ppisi.

Joylarning tabiati kishilar didi, xalq amaliy san’ati usullari ta’sirida

do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Viloyatlarning tumanlarida tikiladigan

Iroqi, Chust do‘ppi, Gilam do‘ppi, Chakma to‘r, Qizil gul, Piptado‘zi, Zardo‘ppi,

Guldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppi turlari mavjud. Masalan, Surxondaryo
(ayniqsa, Boysunda) va Qashqadaryoda yumaloq, konussimon tuzilishdagi

do‘ppilar ipak tolalaridan tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi yaxlit (ipak va

ipdan) to‘qilgan «gilam do‘ppi» si ham o‘ziga xos. Surxandaryoning Boysunida

konussimon-yumaloq shakldagi, «to‘ldirma» deb ataluvchi kashta bilan bezatilgan,

chetlariga jiyak va popuk bilan bezak berilgan piltado‘zi do‘ppilar mashhur.

Bundan tashqari ushbu hududlarda «Sanama», «Chizma», «Tax’ya», «Chumakli»,

«Qush» kabi turlari ham bor.

Buxoroda ularga asosan zardo‘zi kashta bilan bezak berilgan. Buxoro

zardo‘zlarining zamindo‘zi ( «Yulduz», «Tovus» va boshqa ) do‘ppilari badiiy

jihatdan yuqori baholanadi. Qadimda Buxoro erkaklarining do‘ppilari yumaloq

shaklli, chap tomonida popugi bo‘lgan.
250






Chust, Marg‘ilon, Qo‘qon, Andijon kabi shaharlarda do‘ppilar boshqa

hududlardan ancha ilgari yaratilgan. Bugun ko‘pgina hududlar, masalan,

Samarqand, Jizzax erkaklarining tepasi baland do‘ppilari aslida vodiydan kirib

kelgan. Farg‘ona vodiysida do‘ppi turlari rang-barang bo‘lib, ulardan «Sandali»,

«Akka ikki so‘m», «Chimboy» va «Surkachekma» kabi do‘ppilardir.

Toshkentda «duxoba do‘ppi» mashhur. U «Oq par», «Chorgul» deb ham

atalib, sidirg‘a baxmaldan tikiladi. Toshkent va Andijonda biser bilan bezatilgan

«Nozik» nomli do‘ppi ham mashhur.

Xorazmda do‘ppi deyarli kiyilmaydi. Voha erkaklari asosan chugurma
kiyishadi.

Demak, do‘ppilarning oltita mahalliy guruhi farqlanadi: toshkentcha,



farg‘onacha,

buxorocha,

qashqadaryocha,

surxondaryocha

va

xorazm-


qaraqalpoqcha. O‘sha davrlarda do‘ppilar nomiga ular yaratilgan shaharlar nomi

ham qo‘shib aytilgan: «Chust do‘ppi», «Qo‘qon do‘ppi», «Shaxrixon do‘ppi»,

«Marg‘ilon do‘ppi», «Gilam (Shahrisabz) do‘ppi» va b.

Farg‘ona do‘ppichiligida «chust» do‘ppilaridan keyin, ularga o‘xshatma qilib

marg‘ilon do‘ppilari yaratildi. Do‘ppining tepa qismi to‘rt karjga ajratilib, har
karjiga bir dona qalampir nusxa tikilib, asosan qora rangdagi satin va ipak
matolardan tayyorlanadi.

Marg‘ilon do‘ppilarining qalampir nusxasi chust do‘ppisinikiga nisbatan

ingichkaroq va kashta tikish usuli bilan farq qiladi. Marg‘ilon xotin qizlari

do‘ppilarining o‘ziga xosligi shundaki, ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.

Bezagidagi asosiy mavzu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil

yoki ko‘k rangdagi qush bo‘lib bunday do‘ppilar Farg‘onaning markaziy va

g‘arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Do‘ppilarning gullari oq ipak bilan tikilib,

gul naqshlari bo‘rtib turadi. Bunday ko‘rinishni hosil qilish uchun naqsh chizig‘i

bo‘ylab chok ostidan yo‘g‘onroq xom ipak (to‘shama) to‘shalib tikiladi. Namga

chidamli qog‘oz yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga

joylanadi. Do‘ppilar «piltado‘zi» usulida tayyorlanib, kizagiga qora paxta va ipak

ipdan tayyorlangan «chalma» jiyaklar tikiladi.

251

12.8-rasm. Qalampir nusxali do’ppi.


Do‘ppilarning shabpo‘sh deb ataladigan turi ham bor. U tikuv mashinasida

yoxud qo‘lda baxyalab tikilgan ip gazlama matodan tayyorlanadi. Shabpo‘shni
qishda telpak ostidan yoki tungi bosh kiyimi sifatida kiyishgan.

Do‘ppi tikish kasbi - do‘ppido‘zlik, do‘ppi tikuvchi ustani esa do‘ppido‘z deb

ataganlar. Do‘ppi tikish san’ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug‘illanib

kelishgan, ko‘pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma’lum

bir andozani takrorlagan, balki, tez-tez o‘zicha naqsh kompozitsiyasini, uning

rang-tusini o‘zgartirgan bu esa do‘ppiga alohida husn bag‘ishlagan. Shunday qilib,

an’analashgan sari bu san’at avloddan avlodga o‘tib, do‘ppilarning kashtalarida

rang-barang va betakror naqshlar paydo bo‘lib borgan. O‘zbek kashtachilik

san’atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning

o‘ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi

hisoblanadi. Do‘ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixo‘roz,
olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi.

Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va

unumdorlik ramzi bo‘lgan bodom naqshi kiradi. Ba’zi do‘ppilar ornamentida

to‘lg‘anib turgan ilon izi tasvirini ko‘ramiz. Bu tasvir yomonlikdan asrovchi vosita


sifatida qaraladi va xalq orasida tumor sifatida bilishadi. Respublikada

Marg‘ilonning eng ko‘p tarqalgan do‘ppi bezagi «qalampir guli», «tumor» bo‘lib,

poklik hamda ko‘z tegmaslik ramzi hisoblanadi. O‘zbekistonda bolalar, birinchi

navbatda yangi tug‘ilgan go‘daklar, shuningdek, ko‘zi yorigan ayollarni yomon


252






ko‘zlardan asrash ma’nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu

bois ularni xalq san’atida ham himoya ma’nosida qo‘llashadi. Do‘ppilardagi pat

bog‘lami, qushlar tasviri esa donishmandlik, oqillik ramzidir.

Do‘ppining xalqimiz hayotidagi muhim ahamiyatini do‘ppi bilan bog‘liq


ertak, afsona, rivoyat, naql, maqol, matal, iboralar mavjudligidan ham bilsak

bo‘ladi. Xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan iboralarga murojaat qilaylik:




Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish