2-ob’ekt. Usta Turg’uboy Mirzaahmedov yaratgan
atlas namunalari
Hurmatli ekskursantlar! Hozirda hurmat va ehtirom bilan tilga olinuvchi
mohir arbandchimiz Turg‘unboy aka Mirzaahmedovdir. U kishi bu kasbni ota-
bobolaridan, qolaversa yuqoridagi ustozlaridan meros qilib olgan. Sakkiz yoshli
bolakay otasidan ushbu san’atni o‘rgangan. 15 yil davomida turli-tuman atlas
nusxalarini yaratdi. 1976-yilgi Leypsig yarmarkasida o‘zi yaratgan atlas nusxasi
uchun 1-darajali diplom sohibi bo‘ldi. «Hurriyat», «Oromijon», «Tabassum»,
«Tannoz», «Sayqal», «Marg‘ilon», «Farg‘ona darvozasi», «Turon», «Mustaqillik»,
«Sohibqiron», «Bibixonim», «Samarqand sayqali», «Ulug‘bek yulduzi» kabi
turlarini yaratishdan tashqari u yo‘qolib borayotgan nodir nusxalarni topib tikladi.
«Banoras», «Beqasam», «Shohi Adras» nusxalari shular jumlasidandir.
Turg‘unboy akaning nusxalari asosan o‘ta milliyligi jihatidan ham qadrlidir.
Jozibasi va milliy bezalishiga ko‘ra uning atlaslari turli ko‘rgazmalarning
shohsupalaridan o‘rin oldi. BMT tomonidan Respublikamizda tashkil etilgan
Respublika ko‘rgazmasida sovrindor bo‘lgan bo‘lsa, poytaxtimiz va Samarqand,
Urgut, Shahrisabz, Buxoro kabi viloyat shaharlarida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda
faxriy o‘rinlarni egalladi. Xullas, Marg‘ilonda Turg‘unboy aka atlaslarining oldiga
tushadigani yo‘q. Yaqinda uning atlasi Londonga yo‘l oldi. O‘zbekiston
Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi tomonidan Londonda doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi O‘zbekiston matolar do‘koni ochildi. Unga birinchilar qatori
Turg‘unboy akaning atlaslari yuborildi.
O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy hunarmandchilikning unitila
boshlangan qadimiy an’analari va maktablari mana shunday ustalar tomonidan
qayta tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Shu o‘rinda quyidagi to‘rt misra
she’rni keltirib o‘tamiz.
242
Marg‘ilonning atlasi bor, shoni bor,
Yurtga manzur oltin ipak koni bor.
Kelsa, mehmon xushlaydi, bag‘rin ochib,
Tandir to‘la patir, gijda noni bor.
Mustaqillikdan so‘ng atlasning «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Paxta-oy»,
«Rasadxona» kabi yangi-yangi turlari yaratilib, 200 dan ortiq go‘zal nusxalar
ishlab chiqarilmoqda. Shulardan 1967 yili korxona o‘zining «2-O‘z» va «174»
artikulli atlaslari bilan Kanadaning Monfealp shahrida o‘tkazilgan xalqaro
ko‘rgazmada oltin medal bilan mukofotlangan.
(Ekskursantlarga dastgohda o’tirib ishlab ko’rishlari uchun 5 daqiqa vaqt
beriladi. Usta Turg’uboy Mirzaahmedov bilan savol-jvob o’tkaziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |