3-ob’ekt. Buxoro bug‘usi
Hurmatli ekskursantlar! Endi Buxoro bug‘usi bilan tanishishni boshlasak!
Marhamat! Buxoro bug‘usi, xalq tilida «xongul» (xon guli) nomi bilan tanilgan,
katta va chiroyli hayvondir. 100 yil oldin bunday bug‘ularni O‘zbekistonning
219
barcha hududlarida uchratish mumkin edi. 1960-yillarga kelib, Buxoro bug‘ularini
faqatgina ayrim qo‘riqxonalar hamda hayvonot bog‘larida uchratish imkoni bo‘ldi.
Hozirgi kundagi hisob-kitoblarga qaraganda, Buxoro bug‘ularing soni 1000
tani tashkil etadi. Bu hayvon bugungi kunda yo‘qolib borayotgan tur hisoblanib,
Butunjahon qizil kitobi hamda O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan. Bu
hayvonlarni ov qilish qonun bilan taqiqlangan.
Zarafshon qo‘riqxonasining g‘ururi bu Buxoro bug‘usidir. O‘rg‘ochi
bug‘uning vazni 300 kilogrammgacha bo‘ladi. Shoxlari har yil o‘zgarib boradi.
Tana rangi och kulrang, malla rang bo‘lib, uning rangi qishga nisbatan yozda
erkinlashadi. Oyoqlari tana rangiga nisbatan ochroq. Yangi tug‘ilgan bug‘ular
ochroq rangda bo‘lib, ularning tana qismi yon tomonlarida oq dog‘lari bo‘ladi.
Kichik bug‘uchalarning bo‘yi 60 santimetrni tashkil etadi. Tanasining og‘irligi esa
9 kilogrammni tashkil etadi.
100 yillar avval Buxoro bug‘ularini O‘zbekistonning barcha hududdarida
uchratish mumkin edi. Ular Amudaryo va Sirdaryo daryolarining to‘qayzorlari
bo‘ynida ingichka yo‘l bo‘ylab yashashadi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi,
to‘qayzorlarning daryo yoqasidan yuqotilishi, chorva mollarining ko‘payishi,
bug‘doyzorlarni kengaytirish va tartibga olinmagan ovchilik natijasida ularning
populyatsiyasi XIX asrga kelib kamayib ketdi. 1990-yilga kelib, butun dunyoda
Buxoro bug‘ularining soni 300-350 tani tashkil etdi. Hayvonlarning bu turi
yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, Qizil kitobga kiritildi. Shundan keyin, Buxoro
bug‘ulari yashaydigan qo‘riqxonalar hamda buyurtmaxonalarga Xalqaro ekologik
tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
2006 yil 12 - sentyabrdan 16 - sentyabrga qadar Zarafshon qo‘riqxonasida bir
qator ekologik tadbirlar o‘tkazildi. Bu tadbir «Poisk» nodavlat notijorat tashkiloti
tashabbusi bilan tashkil etilib, u Zarafshon qo‘riqxonasi ma’muriyati hamda
«Eremurus» ekologik klubi ko‘magida tashkil etildi.
Shuningdek, 16-sentyabr kuni qo‘riqxonada to‘qay o‘ti hamda majnuntol
daraxti barglari terimi bo‘yicha aksiya tashkil etilib, aksiyaning maqsadi Buxoro
bug‘ulari uchun qish mavsumiga yemish jamlash bo‘ldi. Ayrim bug‘ular maxsus
220
maydonchada saqlanib, ularning qish mavsumida ovqatlanishini tashkil etish
muhim masala etib belgilangan. Shuningdek, Butunjahon yovvoyi tabiatni saqlab
qolish fondi (WWF) tashabbusi bilan qo‘riqxonaga qo‘shimcha ozuqalar ham olib
kelindi.
Bug‘ularga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirish maqsadida, seminarlarda
eng faol ishtirok etgan yoshlar taklif etildi. Ular yemish jamlash bo‘yicha
o‘zlarining hissalarini qo‘shdilar.
(Ekskursantlarga qo‘riqxonadagi Buxoro bug‘ularini tomosha qilish va
rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).
11.3-rasm. Zarafshon qo‘riqxonasidagi Buxoro bug‘usi
Do'stlaringiz bilan baham: |