Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Amir Temur maqbarasi peshtoqi



Download 6,43 Mb.
bet132/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Amir Temur maqbarasi peshtoqi. Muhammad Sulton ansamblidan faqat

peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, turli-

tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga

binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini



jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli ustunlar

bezagida “girih” deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib

ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi.

Madrasa va xonaqoh qoldiqlari. E’tiboringizni madrasa va xonaqoh

qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, XVII asrda mad-


rasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa vayronalargina saqlangan. XVIII asrning
20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz davrida huvillab qolgan Muhammad
Sulton madrasasi harobaga aylana boshlagan. Muhammad Sulton xonaqohi va
madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Lekin bu

qoldiqlar ham asrlar bo‘yi pinhon bo‘lib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi.


Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining

qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan.

Hujralar boshqa madrasalardagi singari bo‘yi uzun, eni tor bo‘lib eshik tepasidagi

146


darchalardan yorug‘ tushib turgan. Madrasaning burchaklarida gumbazli

darsxonalar bo‘lgan. Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida

ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan xonalar bo‘lgan, bu xonalarning

ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari muzokara o’tkaziladigan joy bo‘lgan.

Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‘lingan.

Hovlining tashqi burchaklarida to‘rtta minoralar bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari

ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi
minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi
tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir
qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar

yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tugaydi. Saqlangan 2

minoralarning birida «banda tadbir etar, olloh taqdir etar» deb yozilgan.


Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish