Tavsiflash (xarakteristika berish) usuli predmet, hodisa, shaxsning sifati va
farq qiluvchi xossasini aniqlashga qaratilgan. Ekskursiya jarayonida ob’ekt va
shaxslarning so‘zli tavsifi (xarakteristikasi) beriladi.
Tasvirlash usulidan farqli ravishda tavsiflash usulida ob’ekt va uning o‘rnini
aniqlashda bir qator xususiyat va xossalari sanab o‘tilib, ob’ektni o‘xshash
ob’ektlar orasidan ajratadi yoki aksincha, ular bilan uyg‘unlashtiradi.
Tasvirlash usulida ob’ektning faqatgina tashqi qismlariga e’tibor qaratilsa,
tavsiflash usulida uning ichki tomoni, ya’ni ko‘z ilg‘amas xossalari, qadr -
qimmati, mualliflik yondashuvining o‘ziga xosligi, jozibadorligiga to‘xtalib
o‘tiladi. Misol tariqasida Samarqanddagi «Registon» maydonini bezab turgan
«Tillakori» madrasasini qisqacha tavsifini berib o‘tishimiz mumkin: Tillakori XV
asrda poydevori qisman saqlanib qolgan karvonsaroy ustida qurilgan, imorat ham
madrasa va ham shahar masjidi vazifasini o‘tagan. Masjid ko‘pgina gallereyani
birikitiruvchi yagona markaziy katta zalga ega bo‘lib, hujralar bilan o‘ralgan
ko‘rkam hovli ham mavjud. Aylana ustidagi tashqi feruza rang gumbaz bizning
davrimizda tugal holga aylantirilgan. Mehrob yoniga baland marmar minbar
qurilgandir. Obidani mozaik bezatishda sariq, yashil o‘ymakorlik san’ati jilolari
keltirilgan. Masjidning ichki qismi kundal texnikasi asosidagi oltin suvi yuritilgan
gulli o‘simlik bezaklari (uni Tillakori –Oltin bilan bezatilgan) bilan boyitilgan.
Tillakorining sharqida Shayboniylar daxmasi joylashgan (XVI asr boshida
ko‘chani to‘g‘rilash natijasida o‘zining ilk o‘rniga qaytarilgan). Mazkur baland
bo‘yli, to‘g‘riburchakli, marmarli maydonda o‘z vaqtida Shayboniylarning
Samarqanddagi avlodi qabrlari qo‘nim topgan. Madrasa ta’surotga boydir. Uni bir
ko‘rish bilan bir umr esda saqlash mumkin.
Reportaj usuli jurnalistika janriga xos bo‘lib, ayni damda gid ko‘z oldida
sodir bo‘layotgan hodisani tezkorlik bilan yetkazib berishdan iborat. Mazkur janrni
qo‘llayotgan jurnalist har doim sodir bo‘layotgan voqea yoki hodisaning guvohiga
aylanadi. Gid ekskursiya xizmati davomida ekskursantlar guvohi bo‘layotgan
128
hodisa, jarayonni sharhlab boradi (masalan, hamirni bo‘lakchalarga ajratib,
«Samarqandcha» nonni yasayotgan nonvoy harakatlari), ekskursantlar esa ko‘z
o‘ngida
jarayon
rivojlanib
borayotganligini
kuzatadilar.
Ushbu
usuldan
foydalanishning murakkabligi shundaki, hikoyaning ma’lum qismiga oldindan
tayyorgarlik ko‘rilmaydi va individual matnga kiritilmaydi. U improvizatsiya
xususiyatiga
ega
bo‘lib,
gid
tomonidan
yo‘l-yo‘lakay
voqea-hodisa
kuzatilayotganda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |