Fanidan laboratoriya mashgulotlari uchun uslubiy qo’llanma Toshkent 2005



Download 375,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.10.2019
Hajmi375,82 Kb.
#23388
1   2   3   4
Bog'liq
umumiy geologiya


26 

Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari 

organogen, oolit, kristallangan bo’lakli, donador, yashirin 

donador va amorf holatli bo’ladi. 

Cho’kindi jinslarning eng muhim makrostrukturalari 

qat-qatlangan,  slanetslangan,  jim-jimalangan,  yaxlit 

/massiv/, oqiqsimon, tuproqsimon bo’ladi. 

Cho’kindi jinslarning asosiy xususiyatlari: 

1)  Organik  qazilma  qoldiqlarini,  ya’ni  umurtqasiz 

hayvonlarning  chig’anoq  va  kosalarining,  umurtqali 

hayvonlarning  suyak  va  tishlari,  o’simlik  qoldiqlarining 

uchrashi; 

2)  Qatlamlarning  ustki  qismida  mexanik  va  biogen 

yo’l bilan hosil bo’lgan turli belgilar: tuz kristallarining 

tamg’asi, 

yomg’ir 


tomchisining 

o’rni, 


qurt-

qumursqalarning izlari va boshqalarning bo’lishi; 

3)  Cho’kindi  jinslarga  xos  bo’lgan  fizik 

xususiyatlar: ya’ni tuzlar mazasining borligi, bitumni hidi 

borligi, karbonatlarni xlorit kislotasi bilan reaktsiya berishi, 

tuzlarning  suvda  erishi,  gil  va  trepellardagi  adsorbtsiya 

(yutish), kaustobiolitlarning esa yonish qobiliyatlariga ega 

ekanliklari kiradi. 

Cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishlariga qarab  

bo’lakli, kimyoviy va organogen sinflarga bo’linadilar. 

Bo’lakli  (klastik)  cho’kindi  jinslar. 


Bu  qismda  o’quvchilar  bo’lakli  jinslarining  hosil 

bo’lish sharoitlari /bo’lak jinslarini vujudga kelishi, olib 

ketilishi  va  yotqizilishi/,  jins  bo’laklarining  tarkibi  va 

shakli, tsementlovchi massaning tarkibini o’rganadilar. 

Bo’lakli  jins  bo’laklarini  katta-kichikligiga  va 

shakliga qarab tasnifi: 

1)  Yirik  bo’lakli  jinslar  (psefitlar  -  o’lchami  2-200 

mm.). Silliqlanmagan bo’laklilar: katta toshlar; taqir 

toshlar,  brekshiylar,  dresvalar;  silliq  bo’laklilar: 

valunlar  /g’o’latoshlar/,  shag’allar,  mayda 

shag’allar, konglomeratlar, galkalar, grabelitlar. 

 

   



 

 

 



27 

2)  Qumli  jinslar  (psammitlar)  yoki  o’rtacha 

bo’laklilar (0,1-2 mm.) - qumlar, qumtoshlar. 

3)  Alevrolitlar  (mayda  bo’laklilar  0,1-0,01  mm.), 

lyosslar, alevrolitlar. 

4)  Gilli  cho’kindi  jinslar  /pelitlar/  0,01mm.  dan 

kichik  -  kolloid  cho’kindilar  va  zarrachasi  0,01  mm. 

kichik bo’lgan mayda bo’lak jinslardan tuzilgan.   Gilli   

jinslarning    mineralogik    tarkibi:  gidroslyudalar,  kaolinit, 

montmorilonit va boshqalardan iborat. 

Gillarning  muhim  xususiyatlariga  ularning  plastikligi, 

o’tga  chidamliligi,  namlikni  o’ziga  ko’p  shimishi,  suv 

o’tkazmasligi, tuproq suspenziya berish qobiliyati kiradi. 

Zichlanish darajasiga qarab gilli jinslar, gil, argillit va 

gilli slanetslar bo’ladi. 

Organogen cho’kindi  jinslar. 

Organogen 

jinslar 


organizmlarni 

qattiq 


qoldiqlarining yig’ilishidan (ohaktoshlar, diatomitlar, torf 

va  boshqalar),  mikroorganizmlarning  hayot  jarayoni 

vaqtida  hosil  bo’lgan  mahsulotlarning  to’planishidan 

(temir va marganets rudalari) hosil bo’ladilar. 

Ximogen cho’kindi jinslarning  hosil bo’lish sharoitlari. 

1) Kimyoviy nurash qoldiq mahsulotlarning yig’ilishi 

(qoldiq kaolinlar va boksitlar); 

2) 


Haqiqiy 

toza 


eritmalardan 

kristallangan 

moddalarning  cho’kishidan  (tuzlar,  gips,  angidrit,  ohak 

toshlar, dolomit); 

3) Kolloid eritmalarning koagulyatsiyasi natijasida 

kolloid-kimyoviy moddalarning cho’kishidan (cho’kindi 

kaolinlar,boksitlar, temir va marganets rudalari,  fosforitlar,  

kremniyli jinslar). 



Organogen  va  ximogen  jinslarning 

kimyoviy tarkibiga qarab tasnifi. 

1) Karbonatli jinslar (kaltsiy va dolomitdan tashkil  

topgan) 


- ohaktoshlar, dolomitlar, mergellar, bo’r, ohak 

tuflari; 

 

28 

 

2) Sulfatli jinslar - gips va angidritlardan tashkil  



topgan 

- gipslar va angidritlar; 

3) Galoidli jinslar (galit va silvindan tashkil topgan) - 

osh tuzi va kaliy tuzi

4) Kremniyli jinslar (xalsedon,  opal va kvarsdan 

tuzilgan) 

-  diatomitlar,  trepellar,  opokalar,  yashmalar, 

kremen, kremniy slanetslari, kremniy tuflari; 

5)  Fosfatli  jinslar  (ftorapatit  va  boshqalardan  tashkil 

topgan) - fosforitlar; 

6) 

Alyuminiyli 



jinslar 

allitlar 



(alyuminiy 

gidroksididan) – boksitlar, lateritlar. 

7)  Temirli  jinslar  (temir  gidrooksididan)  -  qo’ng’ir 

temirtosh, qizil temirtosh; 

8) Marganetsli jinslar (marganes gidroksididan) - 

psilomelan; 

9) Kaustobiolitlar - yonuvchi qazilmalar (organik 

moddalar): 

a)  Gumitlar  (oliy  o’simlik  qoldiqlaridan)  -  torf, 

qo’ng’ir ko’mir, antratsit; 

b) 

Sapropelitlar 



(quyi 

tabaqali 

o’simlik 

qoldiqlaridan) - sapropelit, yonuvchi slanets; 

v) Bitumlar (organik moddalar) - neft, asfalt, 

ozokerit. 

Quyida muhim tog’ jinslarining jadvalini keltiramiz: 

2-Jadval 

Nomi 

Tarkibi 


Tuzilish va tashqi 

qiyofasi 

I. Bo’laki /siniq/ jinslar 


Chaqiq tosh 

/sheben/ 

(10mm 

katta) 


 

 

Turli tarkibli va 



kattalikdagi 

jinslarning no-

tekis qirrali 

bo’laklarining 

uyumi 

Jins bo’laklari bir-birlai 



bilan sementlanmagan. 

 

 



 

 

Brekchiya 



(10mm 

katta) 


 

 

 



Turli jinslar-

ning qirralari 

bo’laklari va 

sementlovchi 

modda 

Minerallar yordamida 



jinslarning bo’laklari bir-

birlari bilan sementlangan 

(ohak, gil, kremnezem, temir 

va boshqa oksidlar). 

 

Gravelit 



(1mm-1sm.) 

 

 



YUmaloq 

minerallar va 

toshlar, 

tsement-lovchi 

modda 

Donalari mayda toshlar turli 



tarkibli minerallar bilan 

sementlangan. 

 

Shag’al 


(1,0-10-

15sm.) 


 

 

Turli katta-



likdagi 

yumaloq-


langan va sil-

liqlangan tosh 

bo’laklari 

Toshlar bir-biri bilan 

sementlanmagan. 

 

 



 

Konglomera

t (1-15sm.) 

 

 



 

YUmaloqlangan 

bir-biri bilan 

sementlangan 

tosh bo’laklari 

va sementlovchi 

modda 

Umaloqlangan bo’laklar 



sementlangan. 

 

 



 

 

Qum 



(0,1-1-2 

mm) 


 

 

Kvars, dala 



shpati, glauko-

nit, slyuda, 

mag-netit, 

kaltsit va 

boshqalar. 

Turli rang va katta-

kichiklikdagi bo’sh va 

sochiluvchan jins. 

 


Qumtosh  

(0,1–1-


2mm) 

Qum 


bo’laklari va 

senmentlovchi 

modda 

Bo’laklar kvars, gil, kalsit, 



temir oksidi, fosfor va 

boshqa minerallar bilan 

sementlanib qolgan qattiq 

jins. 


Alevrit  (0,1-

0,01 mm) 

 

 

Tarkibi 



qumtoshlarga 

o’x-shash 

mineralo-gik 

tarkibga ega 

Mayda bo’laklardan tashkil 

topgan bo’lib, ular 

sementlanmagan. 

 

 



Alevrolit  

 

Alevrit tarkibli  Har xil tarkibli minerallar 



sementlangan. 

Gil 


(<0,01mm) 

Minerallari va 

zarrachalari oz 

miqdorda ara-

lashmalar (qum, 

temirli birik-

malar, ko’mir 

zarrachalari va 

boshqalar) 

Turli rangdagi qo’lga ozmi-

ko’pmi yog’liq 

unnaydigan jins, 

hidlanganda pechkaning isi 

keladi, suvni ko’p shimadi 

va buning natijasida elastik 

xamirsimon loy massasiga 

aylanadi. 

Argilit  

Metamorfizm 

natijasida qattiq 

toshga 

aylangan gillar 



Gillarning metamorfik 

kristallangan slanetslarga 

O’tish davridagi dastlabki 

mahsulot. Ularning orasida 

tektonik bosim natijasida 

teksturasi o’zgarmagan 

argillitlar massiv-yaxlit va 

qatqatli, plitkali turlari 

bo’ladi. 

Suglinok  

Gil mineral-lari 

va zarracha-

larini miqdori 

30%dan ko’p, 

alevrit va qum 

bo’laklari 

kamroq 

Tog’ jinsi bo’shoq 



g’ovaklari ko’p, dag’al. 

Lyoss  


Suglinokni 

maxsus turi 

Mallarang qatlamsiz, 

g’ovakli bo’sh jins. 

Qatlamlar hosil qilmaydi. 


 

 

 



 

 

II. Organik yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar 



Organogen 

ohaktosh 

(rakushnyak

Braxiopoda, os-



trakoda, kora va 

boshqa 


chig’a-noqlar 

uchraydi. 

Jinsning ko’rinishi va rangi 

turlicha bo’ladi, kulrang, 

qizg’ish. Zich yoki g’ovakli 

silliq va dag’al kaltsit bilan 

sementlangan. 

Bo’r  


Tarkibida kok-

kolitoforit 

foraminifer 

bo’lib kaltsit 

tarkibli 

Ildiz oyoqli hayvonlarning 

mayda chig’anoqlari va 

ohakli suv o’simlikla-rining 

qoldiqlaridan tuzilgan, oq 

tuproqsimon jinsdir. 

Mergel  

50% kaltsit va 

50% gil mine-

rallaridan 

tashkil topgan 

Turli rangda ba’zan juda 

to’q va ola-bula. Umuman 

ohaktoshdan engil bo’ladi. 

Ba’zan gil isi keladi. 

Ko’pincha tuproqsimon, bir 

xil tuzilishda va mayda 

donachalardan tashkil 

topgan bo’ladi. 

Opoka  


Opal va suv 

o’simliklari 

qoldig’i 

Engil g’ovakli, kulrang yoki 

sarg’ish, ba’zan og’ir 

jins. Sinishi 

chig’anoqsimon, nuragan 

vaqtlarda juda ko’p yoriqlar 

paydo bo’ladi. 

Fosforit  

Gidroksil, 

ftorapatit, apa-

tit, ohak 

ko’pincha 

qum, gil 

aralashmalari 

bilan. 

Kulrang, qo’ngir, yashilroq 



va qora tusli turlicha 

shakllardagi jelvak. Singan 

bo’laklarning yuzasi gilli 

yoki dag’al qumli bo’ladi. 

Urgan vaqtda is chiqarishi 

xarakterlidir. 



Toshko’mi

r antrtsit  

Uglerod, kislo-

rod, vodorod va 

aralashmalar 

YOnuvchan qora, xira yoki 

chig’anoqsimon, tekis yoki 

tuproqsimon, yaltiroq. 

Sinig’i ba’zan qo’lni 

kuya kabi qoraytiradi, qattiq. 

Antratsit yarim metall 

sinishda bo’lib, katta 

qattiqlikka egadir. 

Torf  


O’simlik 

qoldiqlari 

O’simlik materiallarining 

chala parchalanishidan hosil 

bo’lgan qo’ng’ir, qora 

yonuvchi massa 

III. Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan jinslar. 

Osh tuzi 

Galit  

Kristallari kub shaklida, 



shaffof, rangsiz, ba’zan 

kulrang sarg’ish, qizil va 

boshqa xil tuslarda bo’ladi. 

Suvda osonlikcha eriydi 

Gips  

Gips minerallari  SHaffof tiniq yoki bir oz 



bo’yalgan ipaksimon 

bo’lib, tola-tola massa va 

uzun kristallar shaklida 

uchraydi. Qattiqligi 2. 

Ohak tufi 

Karbonat 

angidridli ohak 

Kristallangan yoki bo’sh, 

kovakli tuproqsimon jins. 

Barglarning tamg’alari juda 

ko’p uchraydi (shox-

shabba, chig’anoqlar va 

boshqalar) 

Qo’ng’ir 

temirtosh 

Limonit, getit va 

boshqa temir 

oksidlari 

Qattiq tuproqsimon massa, 

konkrektsiyalar, 

sumalaksimon shaklda 

uchraydi. Rangi och sariq, 

qo’ng’ir qizil bo’ladi. 

Deyarli qoragacha 

Kremniy tufi Suvli 

kremnizyom 

Ko’rinishi ohak tufiga 

o’xshash. 

 

METAMORFIK TOG` JINSLARI. 



Metamorfik  tog’  jinslari  magmatik,  vulkanogen  va 

cho’kindi  jinslarni  yer  qobig’ining  chuqur  zonalarida 

yuqori harorat va  

   


 

 

33 

bosim  ta’sirida  /eritmaga  o’tmagan  holda/  tubdan 

o’zgarishi  natijasida  hosil  bo’ladi. Magmatik  jinslardan 

hosil  bo’lganlarini  orto  jinslar,  cho’kindilardan  hosil 

bo’lgani esa parajinslar deb yuritiladi. 

Tog’  jinslari  metamorfizmining  sabablari:  yuqori 

bosim,  yuqori  harorati,  moddalarni  olib  kelinishi  va  olib 

ketilishi. 

Metamorfik  jinslarning  muhim  jins  yaratuvchi 

minerallariga 

dala 


shpatlari, 

slyuda, 


amfibollar, 

piroksenlar, xlorit, talk, serpentin, granatlar, kalsit, dolomit, 

kvars, grafit va boshqalar kiradi. 

Metamorfik  jinslarning  muhim  makrostrukturasi 

kristalli  bo’lib,  unga  ayniqsa  bargsimon,  tangasimon, 

ignasimon,  taxtachasimon,  oynasimon  yashirin  kristallilik 

xosdir.  Donachalarining  katta-  kichikligiga  qarab  katta 

/1mm.dan  katta/,  o’rta  /0,25-1mm/  va  mayday  kristalli 

/0,25mm, kam/ bo’ladi. 

Metamorfik  jinslarning  muhim  makroteksturalari 

yo’nalgan  tekstura  bo’lib,  u  slanetslangan,  jim-jima, 

gneysimon  yoki  yo’l-yo’l  va  uzun  yo’nalgan, 

shuningdek yaxlit /massiv/ bo’ladi. 

Regional  metamorfizmga  yuqori  bosim  va  yuqori 

harorat  ta’sirida  birlamchi  jinslarning  qaytadan 

o’zgarishi xarakterli bo’lib, bunda jinslar qattiq holatda 

kimyoviy 

tarkibini 

o’zgartirmasdan 

qaytadan 

kristallanadi  va  natijada  kristallangan  struktura  va 

orientirlangan tekstura vujudga keladi. 

Regional  metamorfizm  yo’li  bilan  hosil  bo’lgan 

jinslar:  parajinslar  -  gneyslar,  fillitlar,  slyudali  slanetslar, 

marmarlar, 

kvartsitlar, 

grafitli 

jinslar, 

ko’mirli 

kristallangan slanetslar; ortojinslar - gneyslar, amfibolitlar, 

talkli va xloritli slanetslardir. 

Kontakt metamorfizmiga yuqori harorat va magmatik 

intruziyadagi      ajrab  chiqqan  uchuvchi  komponent  va 

gidrotermlar  ta’sirida      dastlabki      jinslarning  qattiq 

holatda  qayta  kristallanishi  va  kimyoviy  tarkibini 

o’zgartirishi xosdir.  Kontakt 

metamorfizmining  termal  kichik    tipida    hosil    bo’lgan  

jinslariga rogoviklar, kvartsitlar, marmarlar kiradi. 



Kontakt metamorfizmining metasomatik kichik tipida 

hosil bo’lgan jinslariga skarnlar va serpentinitlar kiradi. 



34 

Quyida ba’zi metamorfik tog’ jinslarining tafsilotini 

keltiramiz: 

 

Nomi  Mineral tarkibi 



Tuzilishi va tashqi 

ko’rinishi 

Fillit  

Sertsit, xlorit, 

kvarts, grafit. 

Oqish, mayda donador, 

slanetslashgan yoki jim-jima 

teksturali jins. Xlorit va sertsit 

tangachalaridan iborat, kvarts 

yaxshi ko’rinmaydi. 

Slyudali 

slanets 


Muskovit, biotit 

va kvarts, 

ba’zan granat, 

disten, stavrolit, 

grafit. 

O’rta yoki yirik donador, 

slanetslashgan teksturali jins 

bo’lib, kumush rangli slyuda 

tangachalaridan iborat, kvarts 

juda yomon ko’rinadi, 

ba’zan pushti granat 

uchraydi.  

Slyudali 

kvartsli 

slanets 

Kvarts va slyuda 

(biotit va 

muskovit). 

Slanetssimon tekisliklari 

shishadek yaltiraydigan 

slanetssimon och rangli jins. 

Yashil 


slanes 

Xlorit, aktinolit, 

epidot va albit 

Slanessimon teksturali, 

shoyidek yaltiraydigan mayda 

donador yashil jins. 

Xloritli 

slanes 


Xlorit, seritsit 

ba’zan har xil 

aralashmalar 

Xloritning tangachasi yoki 

qatlamli massasi 

Talkli 


slanes 

Talk  


Tangachalik talk massasi. 

Gneys  


Kvars, plagio-

klaz, ortoklaz, 

va biotit, 

bi’zan 


piroksen, 

rogovaya 

obmanka va 

granat uchrashi 

mumkin. 

Gneysimon teksturali yoki 

massiv teksturali (kulrang 

yoki sarg’ish jins).  



Kvarsit  

Kvars  


Massiv, mayda donador 

(donasini ko’pincha ko’rib 

bo’lmaydi), oq, 

qo’shimcha minerallar 

hisobiga pushti, oqish sariq 

rangli, yaltiroq jins. 

Marmar  

Kalsit, ba’zan 

dolomit va 

boshqa 


aralashmalar. 

Qo’ng’ir, och kulrang, 

sariq, qizil rangli kristalli jins. 

Ba’zan qatamlik va 

mollyuska chig’anoqlarining 

qoldiqlari saqlanib qoladi. 

Amfibolit   Yashil yoki qora 

amfibol va 

asos-li 

plagioklaz, 

kvars bo’lishi 

mumkin. 


Massiv yoki slanesimon to’q 

yashil qora rangli jins. 

Zmeevik   Serpentinlar, 

xromit va 

magnetit. 

Yashil, har xil turli rangdagi 

(yashil, sariq, qizil, oq, qora) 

hollari bo’lgan, yuzasi 

oynadek silliq jins. 

Biotitli 

rogovik 

Kvars, biotit, 

magnetit, 

ko’pincha 

andaluzit, 

granat. 


Kulrang, qo’ng’ir-kulrang, 

ba’zan pushti-kulrang, 

mayda donali zich jins. 

Amfibolli 

yoki pirok-

senli 


rogovik 

Plgioklaz, amfi-

bol, piroksen 

To’q kulrang, yashil yoki 

qora mayda donali jins. 

Skarn  


Granat, diopsid, 

plagioklaz, epi-

dot, aktinolodit, 

karbonat, ruda 

minerallari 

Tashqi ko’rinishi qaysi 

minerallarning ko’pligiga 

qarab juda xilma-xil bo’ladi. 

 

 

 



 

36 

 

GEOLOGIYA XARITASI 



 GEOXRONOLOGIYA TABLISASI 

Geologiya xaritasi topografik asosga tushuriladi. U er 

yuzasiga  tog’  jinslarining  tarkiblarini,  yoshlarini  va 


joylanish  sharoitlarini  va  tarqalganligini  tekislikda  aks 

ettiradi.  Geologiya  xaritalari  turli  masshtablarda  tuziladi. 

Mayda  masshtabli,  yoki  obzorli  davlat  xaritasi  deb 

1:500000  va  1:2500000,  respublika  va  obzorli  o’lka 

xaritasi  deb  1:1000000  masshtabli  xaritalarga  aytiladi. 

1:200000,  1:100000,  1:50000  masshtabdagi  xaritala  rayon 

xaritalari,  qurilishlar,  foydali  qazilma  konlari  uchun 

masshtabi  1:25000,  1:10000,  1:5000,  1:1000  va  bundan 

yirik bo’lgan mukammal xaritalar tuziladi. 

Geologiya  xaritalarning  tuzishda  litologik,  stratigrafik 

va struktura printsiplariga asoslanadi. SHuning uchun ham 

barcha  tog’  jinslari  hosil  bo’lish  shartlari  va  vaqtlari 

hisobga  olinadi.  Geologiya  xaritalarida  cho’kindi  tog’ 

jinslarining  yoshlari,  ba’zan  tarkiblari  ko’rsatiladi, 

magmatik  jinslarni  esa  mumkin  qadar  intruziv  va  effuziv 

jinslarga  bo’lingan  holda  tarkiblari  bilan  birga  yoshlari 

ko’rsatilgan  bo’ladi.  SHunday  qilib  tuzilgan  xarita 

faqatgina yer  

yuzasida  turli  jinslar  chiqib  turgan  sxemalar  bo’lib 

qolmasdan,  balki  ularni  birin-ketin  hosil  bo’lish  va 

o’rganilayotgan  joyning  tuzilishi  to’g’risida  tushuncha 

beradi.  Geologiya  xaritasini  tuzishda  eng  avval  jinslarni 

ketma-ket  kelish  yoshlarini  /geoxronologik/  hisobga  olish 

kerak. SHuning uchun ham tog’ jinslarini nisbiy yoshlarini 

aniqlash  muhim  ahamiyatga  egadir.  Jinslarning  nisbiy 

yoshlari  paleontologik  va  stratigrafik  metod  yordamida 

aniqlangan. 

Xronologik elementlarga – eralar, davrlar, epoxalar va 

asrlar;  stratigrafik  birliklarga  –  /arxey-A,  proterozoy-PR, 

paleozoy-Pz,  mezazoy-Mz,  kaynazoy-Kz/;  sistemalar  – 

/kembriy-Є,  ordovik-O,  silur-S,  devon-D,  toshko’mir-C, 

perm-P,  trias-T,  bo’r-K,  paleogen-  P,  neogen-N, 

to’rtlamchi-Q bo’limlar/ quyi, o’rta, yuqori/ va yaruslar 

kiradi. 


 

 

37 

Hamdo’stlik davlatlarida chiqariladigan obzorli  

xaritalarda geologik qatlamlar davlarini  

quyidagi ranglar bilan belgilaydilar. 

 

To’rtlamchi davr 



Neogen davri 

Paleogen davri    

 

sarg’ish, oq yashilroq 



 

och sariq 



 

zarg’aldoq rang 



Bor davri 

YUra davri 

Trias davri 

Perm davri 

Toshko’mir davri 

Devon davri 

Silur davri 

Ordovik davri 

Kembriy davri 

Proterozoy erasi 

/gruppasi/ 

Arxey erasi 

/gruppasi/ 

 



yashil 

 



ko’k 

 



binafsha 

 



sarg’ish qo’ng’ir 

 



kulrang 

 



qo’ng’ir 

 



och kulrang, yashil 

 



yashil jigar rang 

 



/osmon rang/ moviy 

yashil 


 

 



pushti 

 



 

sirensimon pushti 

 

Bundan keyin stedentlar svitalar, qavatlar va gorizont 



haqida, tog’ jinslarini nisbiy geologik yoshlarini aniqlash 

va  organik  qoldiqlarga,  petrografik  tarkibga  va  jinslarni 

o’zaro  munosabatlariga  qarab  qatlamlarni  taqqoslash 

hamda  geoxronologiya  jadval  haqida  tasavvurga  ega 

bo’lishlari kerak. 

 

GEOLOGIYA XARITASINING ELEMENTLARI 



Qatlam /sloy/. CHo’kindi jinslarni muhim tekstura 

belgilaridan biri qat-qatlik bo’lib, qatlam uning 

elementlar qismidir. Qatlam geometrik jism bo’lib, yassi 

shaklga va uzunligiga  

 

 

   



 

 


Download 375,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish