2. Yong’in sodir bo’lganda odamlarga yong’in haqida xabar berish tizimlari.
3. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
1.Faoliyat yuritayotgan ob’yektlarda yong’in sodir bo’lganda odamlarni evakuatsiya
qilish rejasi.
Evakuatsiya rejalari qavatlar, seksiyalar, tarmoqlararo va umumiy holda
bo’lishi mumkin.
Qavatlar bo’yicha evakuatsiya rejalari bir qavat hududi bo’yicha ishlab
chiqiladi.
Seksiyalar bo’yicha evakuatsiya rejalari quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
-
qavat maydoni 1000 m
2
ortiq bo’lgan holatda;
-
qavatda bir necha qavat qismlaridan alohida devor, pardevorlar bilan
ajratuvchi evauatsiya chiqish joylari mavjud bo’lgan hollarda;
-
qavatda suriluvchi, ko’tarib tushiruvchi va aylanuvchi eshik hamda
turniketlar mavjud bo’lgan holatlarda;
-
murakkab (chalg’ituvchi yoki uzun) evakuatsiya yo’llari mavjud bo’lgan
holatlarda.
Bir binoga, inshoatga, transport vositasi yoki ob’yektga tegishli qavatlar
(sekiya) evakuatsiya rejalarining ikkinchi nusxasi bino, inshoot, transport vositasi
yoki ob’yektning umumiy evakuatsiyaga butunligicha kiritiladi.
Umumiy evakuatsiya rejalari tartibga ko’ra navbatchida saqlanadi va
faqulodda holatlarni bartaraf etish bo’yicha rahbarning birinchi talabi bo’yicha
beriladi.
Tarmoqli evakuatsiya rejalari alohida xona (mehmonxona nomerlari,
yotoqxonalar, kasallar xonasi, yo’lovchi kema kayutalari va h.k)lar uchun ishlab
chiqiladi.
Bino, inshoot, transport vositasi yoki ob’yektlarni qayta ta’mirlash va
rejalariga o’zgartirish ishlari kiritilgan holatlarda, ularning evakuatsiya rejalariga
ham o’zgartirishlar kiritladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |