paydo bo„la boshladi. Ruhoniylar hayotidagi ikki yuzlamachilikni
fosh etuvchi teatrlar,
ya‟ni komediatlar, maskaradlar yuzaga keldi.
o„arbiy Yevropa san‟ati Vizantiya san‟ati ta‟siridan qutula boshladi. Keyinchalik bu
davrdagi san‟atga ”Gotika” san‟ati, deb nom berildi.
Bu iboraning lug„aviy ma‟nosi italyancha so„zdan olingan bo„lib, ”gotlarniki” degan
mazmunni bildiradi. Gotlar bu nemis qabilalaridan biri bo„lib, bu davr san‟atiga got
qabilalari san‟atining ta‟siri kuchli bo„lganini bildiradi. O„ali bu davrda shahar madaniyati
feodal munosabatlarga to„liq qarshi chiqa olmas edi. SHu bois gotika san‟ati xarakterida
ham murakkab va qarama-qarshi fazilatlar kashf etildi. YAratilgan
asarlarda realistik
elementlar bilan bir qatorda, diniy qarashlarning ko„tarinki tasvirlash holatlari seziladi.
Gotika uslubi XII-XIII asrlarda o„zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu uslub
turli mamlakatlarda turlicha kechdi va uning ichki strukturasi umumiy qurilish tusini oldi.
Roman uslubida bo„lgani kabi Gotika uslubida ham asosiy o„ringa me‟morchilik
chiqdi. Roman davridagiga nisbatan gotika arxitekturasi serhasham va ulug„vor, kattaligi
bilan ajralib turadi. Bu uslubda qurilgan binolar yuqoriga intiluvchan bo„lib, juda baland
bo„ladi. Dinning kuchi orta boradi va soborlar oldida
nafaqat diniy marosimlar balki,
shahar majlislari,
har xil munozara va bahslar, universitet ma‟ruzalari va xalq sayllari
o„tkazilar edi. SHu sababdan bu ibodatxonalar shahar markazlarida qurilardi. Gotika davri
arxitekturasining xarakterli tomonlaridan biri bino ko„tarilgan sari torayib boradi va oxiri
shpil bilan, ya‟ni nayzasimon tarzda tugaydi. Uning uchiga xo„roz
yoki boshqacha bir
tasvirlar qo„yiladi.
Arxitekturaning yutuqlari ortib bordi. Bulardan biri karkaslardan foydalanish bo„lsa,
ikkinchisi bu davrga kelib ularni darchalari kengayib, derazalari ko„payadi, peshtoqlari va
ayvonlardan foydalanib bino ichini nurga boyitish istagi kuchayib boradi. Bu esa
binolarning ulug„vor, baland bo„lishini ta‟minlab qolmasdan, ularning engil bir ruhiy holat
kasb etishini ta‟minlaydi. Me‟morchilikda sodir bo„lgan bu o„zgarishlar
binoning tashqi va
ichki ko„rinishlarida ham o„z ifodasini topadi.
Tasviriy san‟atda esa devoriy suratlar ishlanadigan yuzalar binoda yo„qligi sababli,
uning o„rnini vitraj egallaydi.
Me‟morchilik bilan bog„liq bo„lgan haykaltaroshlik tasviriy san‟atda etakchi o„rinni
egallaydi.
Gotika davrida dekorativ - amaliy san‟at yaxshi rivojlandi.
XII-XV asrlarda Gotika uslubini Yevropaning deyarli barcha mamlakatlar san‟ati o„z
boshidan kechirdi. Gotika uslubining Vatani Fransiya bo„lib, Parij shahrining zaynati Bibi
Maryam sobori (Notrdam de Pari) 1163-1314 qurildi. Reyms Sobori,
Amendagi sobor,
Keln soborlari (1248-1880) qad ko„tardi.
Do'stlaringiz bilan baham: