Tasviriy san’at.
Rim tasviriy san‟atidan bizgacha ko„pgina haykaltaroshlik
namunalari (relef, portret, tematik kompozitsiyalar) saqlanib qolgan Rimliklarning portret
san‟atidagi yutuqlari, ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va
antik dunyo san‟atida etakchi o„rinni egallaydi.
Rassomlik va amaliy san’at.
Rimning gullagan shaharlari Pompey va Gerkulanumdagi boy, zadogonlarning uylari
devorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma‟lumot beradi. Devoriy suratlarda
qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan ko„chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar
tasviri ham keng uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor
aktyorlar, dengiz osti manzaralari, urushayotgan xo„roz va shunga o„xshash voqealar
tasvirlangan. SHunday mozaikalardan biri Favna uyidagi Aleksandr Makedonskiyning
Eron shohi Doro bilan jangi tasviridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |