2. Gomer davri san‟ati haqida so„zlang.
3. Klassika davrida Gretsiya san‟ati to„g„risida nima bilasiz?
10-MA’RUZA
,.
MAVZU: ELLINIZM DAVRI SAN’ATI.
REJA:
1. Ellinizm davri san‟ati.
2. Ellinistik davlatlarning vujudga kelishi.
3. Ellinistik Misr san‟ati.
Adabiyotlar:
1. Vipper B.R. «Isskustvo drevney Gretsii» M., 1972.
(23-31)
2. Kun N.A. «Legendo„ i mifo„ drevney Gretsii» M., 1975.
(25-33)
MAVZUNING MATNI:
Bu davr me‟morchiligi o„zining hashamatliligi, dabdabadorligi
va katta hajmga
intilishi bilan xarakterlanadi. Me‟morchilik nazariyasi rivojlanadi. Bu davrda miletlik
Gippodamaning shahar qurilishi borasidagi sistemasi muhim rol o„ynadi. SHu plan asosida
qurilgan Milet, Priena shaharlarining ko„chalari ochiq va
keng praspektlardan tashkil
topgan. Uning bosh maydoni atrofi esa turli ijtimoiy binolar bilan o„ralgan.
Ellinizm davri san‟ati katta yutuqlarga erishdi. Klassika davri portret san‟atiga xos
fazilatlar, umumlashma ideal obraz yaratish borasidagi prinsiplar bu davrda
tasvirlanuvchining individual xislatlarini chuqurroq ochish, ma‟naviy qiyofasini ishonarli
talqin etish
tendensiyasi bilan almashdi, bu xususiyatlar Ellinistik Gretsiya san‟atida
yaqqol seziladi. Ellinistik Misr Ptolemeylar podsholigi davrida gullab yashnadi,
qudratli
davlatga aylandi. Uning poytaxti Aleksandriya esa ellinistik dunyoning yirik madaniy-
siyosiy markazi, yirik port shahri bo„ldi. Ellinistik Misrning
oq marmardan ishlangan
hashamatli binolari dunyoga mashhur bo„lgan. Etti mo„jizaning biri, deb hisoblangan 120
metrli Farros mayog„i (mash‟ali), Aleksandriyaning haykaltaroshlik bilan bezatilgan park-
bog„lari ham olamga mashhur bo„lgan. Ellinistik Misr badiiy maktabida yuqori klassika
traditsiyalari (ko„proq Praksitel) sezilarlidir. Tematikasida hayotiy, maishiy hamda intim-
lirik mavzu etakchi o„rinni egallaydi. Bu janrda ishlangan kompozitsiyalarda ko„proq
oddiy xalq hayotidan olingan voqealar tasvirlanadi.
Qariyalar, bolalar obrazi ko„proq
uchraydi. "Keksa baliqchi", "o„oz bilan o„ynayotgan bola" haykallari bunga misol bo„la
oladi. Afrodita haykali ko„p ishlangan. Ellinistik Misr san‟atida allegorik talqin etilgan
haykallar ham mavjud. Masalan, "Nil"
kompozitsiyasi, tosh o„ymakorligining namunasi,
"Gonzaga komeyasi" bo„rtma tasviri mashhurdir. Unda
podsho Ptalemey va malika
Arsinoyaning boshlari yon tomondan tasvirlangan. Lekin klassika davridagidek yuksak
g„oya bu erda chegaralangan.
Bu asar yana bir bor Ellinizm davri so„ngida san‟atdagi idealogik kuchning susayib
borganini ko„rsatadi va ijtimoiy hayotda sodir bo„lgan chuqur inqirozni ifoda etadi.
Baza (grek. «basis» - asos) kolonnaning yoki pliyastrning tekislangan pastki qismi,
supachasi.
Savollar:
1. Ellenistik davlatlarning vujudga kelishi haqida so„zlang.
2. Ellenizm davrida portret san‟ati.
3. Ellenizm davrida san‟atning rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: