MAVZU: MUSTAKIL UZBEKISTONDA TARIX FANI.
Reja:
Mustakil Uzbekistonda tarix fani, uning taraqqiyotidagi yangi bosqich.
I.Karimov asarlari –mustakil Uzbekiston tarixining ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari.
Mustakillik davrida chop etilgan tarixiy asarlar.
Uzbekiston Respublikasida davlat mustakilligini kulga kiritish bilan uzbek xalki tarixida tub burilishi sodir buldi. Milliy istiklol goyasi uzbek xalkining uz xukuklari, milliy uzligini tiklashga, ijtimoiy-iktisodiy va ma`naviy taraqqiyot sari yuz tutishga cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy-iktisodiy taraqqiyot sari yul tub isloxotlar bilan belgilangan bulsa, ma`naviy taraqqiyotga milliy ma`naviyatni tiklash va mustaxkamlash, fan, maorif madaniyatni rivojlantirish, tafakkurga erkinlik berish bilan asoslandi. Bu jarayonda tarix, tarixiy ong va xotira xalkka ruxiy kuch kuvvat bagishlovchi, unga ma`naviy ozuka beruvchi muxim omil sifatida maydonga chikdi. Uzbek xalkining xakkoniy tarixini tiklash va xalkni shu tarix bilan kurollantirish zaruriyati kun tartibilagni dolzarb vazifaga aylandi.Zero Mustakillikka kadar, ya`ni mustabid tuzum xukmronligi sharoitida xakkoniy tarixni tiklash va uni xalkka etkazishgsha yul berilmadi. CHunki mustabid tuzum manfaatlariga xizmat kilgan kommunistik mafkura va uning tazyiki ostida bulgan sovet tarixshunosligining uslubiy, nazariy, goyaviy asoslari xakkoniy tarixni yoritishga imkon bermas edi. Ular xalk tarixini emas, marksizm, leninizm ta`limotini , sinfiy kurash goyalarini va kommunistik mafkura akidalarini targib etishga buysundirilgan edi. Bu goyalar va akidalar jamiyat tarkkiyot konunlariga, xalkning tabiatiga, real vokelikka zid bulib ularn6i nafakat xayotdan balki utmishdan xam izlash mutlako befoyda edi.
SHunga karamay, mazkur ta`limot akidalariga va tamoyillariga asoslangan sovet tarixshunosligida nafakat uzbek xalkining balki jaxon tarixinini xam juda kup muxim masalalarai mutlako notugri buzib talkin etildi.Natijada tarixiy xakikat yashirilib xalk uz utmishidan va demak, uzligidan uzoklashtirildi.
Bu ulkaga xasad va tajovuz kuzi bilan karagan mardona xalkni kuch tabiiy zaxiralarini uziniki kilishga jon-jaxdi bilan intilgan boskinchilar juda kup bulgan.
Sobik SHuro saltanati yillarida eng kadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga kadar tariximiz soxtalashtirildi.
Prezidentimiz I.Karimov bu xakida «Uzbekistonning uzbek xalkining bugun keng om maga etkazishga arziydigan xakkoniy tarixi yaratildimi, yukmi?Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman, uzgalar yozib bergan tarixni ukitishga mutlako karshiman, mustamlakachi uziga karam bulgan xalk xakida kachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-gayratlarini Turkistonni kamsitishga, bizni tariximizdan judo kilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bulish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixdan judo bulish xayotdan judo bulish demakdir.»-deb juda urinli ukdirgan edilar.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlvarida chor Rossiya xukmronligi davrida Turkischtonda mustamlakachilik siyosati xukm surdi.Maxalliy axolini xurlash, katagon etish shurolar davrida yanada kuchaydi. SHu tarika Turkistonda mustakil davlatchilikni paymol etgan, til, madaniyat va urf-odatlar va milliy kadriyatlarni oyok osti kilgan mustabid tuzukm 130 yil xukmronlik kildi.
Endilikda, Uzbekiston mustakil davlat sifatida xalkaro maydonga kadam kuygan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, sunggi mustamlakachilik asoratini urganish ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy jixatdan muxim axamiyat kasb etadi. CHunki millatni asrash uning xakikiy tarixini urganish, avaylab ximoya kilish kerak buladi.
Podsho Rossiyasi shuningdek mazlum xalklarnii ezish va xunrezlik kilishda uning davomchisi bulgan sobik shuro xukmronligi yillarida mustamlaka respublikalar xususan, Uzbekiston ittifokning xom ashyo manbaiga aylantirilgan edi.Mustakillikning ilk yillaridanok ulka boyliklarini ommaviy talon-taroj kilish okibatlariga chek kuyishga kirishildi.
Respublika Prezidenti I.Karimov 1991 yildayok SSSR ning tarkalib ketishi va uzbek xalkining mustakillikni kulga kiritishi tasodifiy xodisa bulmasdan uning chukur tarixiy ildizga ega ekanligini asosolab berdi.
Turkiston ulkasining rus mustamlakachiligi va shuro xukmronligi davrida kechgan xayoti tarixiy ilmiy adabiyotlarda kay nuktai nazardan bulmasin xar xolda nisbatan tularok ifoda etilgan deyish mumkin. Bu adabiyotlarin mazmun va moxiyat e`tibori bilan 4 davrga ajratish tugri buladi.
Birinchi davr asosan 1917 yilgacha yozilgan tadqiqotlarni, ikkinchi davr 20-50 yillarda, uchinchi davr esa 50 yilda to 80-yillar birinchi yarmiga kadar yaratilgan asarlarni kamrab oladi.
Turtinchi davrga oid adabiyotlar tarixshunoslikda «Kayta kurish» deb nom olgan 80-yillarning ikkinchi yarmidan to Uzbekiston Respublikasining mustakillikka erishganiga kadar va mustakillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir.
Uzbekiston mustakillikka erishgach tarixshunoslik fanida yangi saxifa ochildi. Ayniksa bu borada Prezident I.Karimovning 1996 yil 18 sentyabrdagi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi akademiyasi koshida «Uzbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish tugrisida»gi farmoyishi va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 16 dekabrdagi karori goyat katta dastur amal axamiyatga ega buldi. Mazkur tarixiy xujjatlarda Uzbekistonning yangi tarixini tayyorlashdek ulkan vazifa kuyildi, buni amalga oshirishda XIX asrning urtalaridan xozirgi kungacha xalkimiz xayotida sodir bulgan tarixiy vokealarni, bosqichlarni va uzgarishlarni tula kamrab olishga e`tibor berish aloxida ta`kidlandi.
Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24 iyuldagi «Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tugrisida» gi karori xam uzbek tarixshunosligining bundan buyon yunalishini belgilab olishda, uzbek milliy davlatchiligi tarixini tadkik etishda muxim axamiyat kasb etmokda.
I.Karimovning 1998 yil 26 iyunda bir gurux tarixchi olimlar, jurnalistlar, ijodiy soxa xodimlari bilan bulgan uchrashuvda bildirgan fikr-goyalari, 1999 yil 2 fevralda «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblari xam kundan-kun dasturi amal kontseptual axamiyatga ega bulib, ular uzbek tarixshunosligining xozirgi taraqqiyotini va bundan keyingi asosiy ustuvor yunalishlarini belgilab bermokda.
Mustakillik yillarida tarixchi olimlarimiz tomonidan bir talay tarixiy asarlar chop kilindi. Ulardan ayrimlarini kurib chikamiz:
Axmedov B. Uzbekiston xalklari tarixi manbalari. 1991 y.
Axmedov B. Tarixdan saboklar. 1994 y.
Saidkulov T. O’rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. 1993 y.
Karimov SH., SHamsiddinov R. Turkiston Rusiya boskini davrida. 1995 y.
Kamoliddinov S. Istoricheskaya geografiya YUjnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX nachalo XIII veka. 1996 g.
CHoirov Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning okibatlari (1916-1917 yillar) 1999 y.
Raximov J. Uzbekiston tarixini urganishda arxiv manbalaridan foydalanish. 1995 y.
Bobobekov X. Kukon tarixi. 1996 y.
Uzbekiston tarixini urganish va ukitishning dolzarb masalalari. 1993 y.
Uzbekistonning yangi tarixi (Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida) 2000 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |