Fanida n tuzuvchi: o’qt. B. Qurbonov


II. Buning uchun nimalar va kimlar talab etilyapti



Download 1,67 Mb.
bet37/49
Sana07.03.2022
Hajmi1,67 Mb.
#485572
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
Тарихшунослик умумий

II. Buning uchun nimalar va kimlar talab etilyapti:

  1. Uqimishli va bilimdon, grammatika va stilistika qoidalaridan xabardor, arabcha, forscha, turkiycha, tatarcha yozmalarni ruschaga o’giradigan va aniq, lo’nda, chiroyli ifodalay oladigan tarjimonlar kerak. CHunki savodsizroq tarjimon bironta so’zni shunday o’girishi mumkinki, bu xato butun ran mazmunini buzib goboradi va ikki davlatning kelisholmasligi, hatto orasi buzilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin;

  2. Mirzalar va husnixatchilar- nafaqat turkiy, forscha va arabcha dastxatlarni o’qiy oladigan, balki o’zlari ham bemalol xat - nomalar bita oladigan va ularni qayta ko’chira oladigan kishilar zarur;

  3. Elchilar bilan bo’ladigan turkiycha, forscha suhbatlar paytida adabiyot, tarix, jo’g’rofiya va boshqa mavzulardagi gaplarni og’zaki to’g’ridan-to’g’ri o’gira oladigan tilmochlar kerak;

  1. SHarq kitobdorlari, diplomatlari, arxivariuslari, nu­mizmat (tangashunos), poliglot {ko’p til biluvchi) poligistorlari va qadimiy SHarq osori atiqalarini yig’uvchi va tushuntiruvchilari kerak. Ular SHarqning o’ziga xos jonli nusxalari bo’lishadi;

  2. Tarixdan grek, lotin, tatar, turk, fors, arablarga tegish­li, Rossiya imperiyasi uchun foydali ma`lumotlarni ajratib ola biladigan tarixchilar, antikvarlar, filolog va tanqidchilar kerak;

  3. Elchixonalarda maslahatchi bo’la oladigan, SHarq asarlaridan SHarq xalqlarini Rossiyaga og’dirishga yordam beruvchi qoida va fikrlarni ajratib oluvchi SHarq poligistorlari, siyosatchilar ,va huquqshunos maslahatchilar zarur;

  4. Bilimdon va yaxshi saboq bera oladigan professorlar ke­rak. Ular orasidan musulmonlarni xristian diniga og’diruvchi missionerlar ham tanlab olinishi mumkin.

III. qo’llanmalar:
A) Borlari etarli emas, chunki hozirgacha chop etilgan turkiy, forscha va arabcha grammatikalar juda qisqa va xatosi ko’p, kenglari ham keragicha misollar keltirmaydi:

  • SHarq tillarining husnixati va chiroyli (diplomatik) jumla tuzish bo’yicha ham hech nima chop etilmagan. Lug’atlar kam, borlari ham kambag’al, to’ldirilishga juda muhtoj;

  • Tatarchada esa na leksika, na grammatika qo’llanmasi yo’q. Vaholanki, bu eng zarur, dastlabki ish. Arab, fors va turkiy-tatar tillaridagi yaxshi matn va suhbatlar to’plamlari yo’q. Pokok va Ganier nashr etgan lotincha tarjimasi bo’lgan arabcha matnda, tarixchi Abul Faraj, Evtikaq Aleksandriy asarlaridan tashqari, Rossiyaning o’quvchi yoshlariga foyda keltiruvchi tarixiy sharqshunoslik asarlari nashr etilmagan. Boshqa nashr etilganlari yoki Ilohiyot va Bibliyani tushuntirishga tegishli, yoki bilimi etarli bo’lmagan yosh magistrlar tomonidan chop etilgan;

B) Mavjud qo’llanmalar; qisqacha grammatik lug’atlarga izohlar; frazeologiyadan namunalar, kalligrafiya va uslublarning namunalari; xat va suhbatlar; qadimgi davr tarixi, yilnomachilik, geneologiya, jo’g’rofiya, numizmatika, urf-odatlar va boshqalarni o’z ichiga olgan; arabcha, mavritancha, forscha, buxorocha, turkiycha, tatarcha qo’llanmalar. Ular ilmiy holda Georg, YAkob, Ker tomonidan to’plangan yoki jamlangan va lotin tilida bayon etilishi mumkin;
S) Uzga yurtlardan kutilayotgan qo’llanmalar: a) Arab, turkiy va fors tillaridagi tarixiy, jo’g’rofiy, siyosiy qo’lyozmalar. Ular Olmoniya, Gollandiya, Angliya, Frantsiya, Ispaniya va Italiya kutubxonalarida bu tillarni biladigan ki­shilar tomonidan ko’chirilib, ro’yxati elchixona orqali Imperator kollegiyasiga yuborilishi mumkin, yoki Rus’ hokimiyati topshirig’iga kura Rossiya imperiyasining bu xalqlarni boshqaruvchi mu-sulmon noiblari tomonidan ko’chirib olinishi mumkin. YOki bo’lmasa, asl nusxalar Samarkand, Buxoro va boshqa shaharlarning kutubxonalaridan olib qo’yilishi mumkin yoki ularni Buxoro kitob sotuvchilaridan xarid qilinishi mumkin;
b) Konstantinopol (Istambul) bosmaxonasida chop etilgan turkcha kitoblar Rossiya elchixonasi bojxonachisi yordamida osongina olib qo’yilishi mumkin;
s) SHu elchixona yoki Forsiyadagi Rossiya elchisi orqadi minglab arab va fors yozuvidagi asarlarni osongina olib, Impera­tor kollegiyasiga yuborish mumkin;
d) Kamchatka sayohatchilarining Sibirda topgan Osiyoga tegishli barcha narsalar - xat, tanga va qadimiy yodgorliklar bu erga yuboriladi va yangi Osiyo Akademiyasi kutubxonasiga berilishi mumkin. CHunki, Fanlar akademiyasida turkiy-tatar-fors yozuvlarini hech kim tushunmaydi.
IV. Akademiyaning ta`sis etilishi foydasi:

  1. Agar Akademiya yoki SHarqiy jamiyat tuzilsa va ravnaq topsa, bundan imperiya uchun katta foyda va shuhrat keladi: SHar­qiy xalqlar yashaydigan hududlarni boshqaruvchi amaldorlar va bu erliklar urf-odatlari va tillarini o’rganib, ular bilan yumshoq muomalada bo’lishga o’tadilar va ularni ko’ngilli ravishda bizning fuqaroligimizga o’tishga va Imperator janobi oliylariga so’zsiz bo’ysunishlariga yordam beradi;

  2. Rus olimlari xam SHarqning maxsus bilim va tajribalarini o’zlashtiradilarki, bu Rossiyaga fonda keltiradi, uning kengayishi va boyishiga katta yordam beradi;

  3. YUqoridagi ikki bandning amalga oshirilishi Imperiyaning janubiy chegaralarini yanada kengaytiradi (maxsus izohdan ko’rinib turibdiki, Ker «Buyuk Buxoro» ning Rossiyaga qo’shib oli­nishi loyihasini ham tayyorlagan, biroq bu loyiha yozilib, podshohga taqdim etilganmi, yo’qmi, ma`lum emas.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish