T/r
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga
|
4010, 4020
|
9010, 9020, 9030
|
2
|
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish
|
5010, 5020
|
9010, 9020, 9030
|
3
|
Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi
|
4790
|
9010, 9020, 9030
|
4
|
Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi
|
6610
|
9010, 9020, 9030
|
5
|
Vositachilik operatsiyalari bo’yicha komission mukofotlar summasi
|
4010
|
9010
|
6
|
Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga sotildi
|
4120
|
9010, 9020, 9030
|
7
|
Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo’lgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi
|
6230
|
9010, 9020, 9030
|
8
|
Sotilgan tovarlarning qaytishi
|
9040
|
4010
|
9
|
Sotishdan va narxdan chegirmalar berish
|
9050
|
4010
|
10
|
Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotining yopilishi
|
9010, 9020
|
9040
|
11
|
Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining yopilishi
|
9010, 9020,9030
|
9050
|
12
|
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi
|
9010, 9020. 9030
|
9910
|
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning hisobi
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “O’tgan yillar foydalari”;
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”;
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Xo’jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari 9340 “O’tgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Da’vo muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari” schyotida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa daromadlar hisobga olinadi.
Pul mablag’lari va pul ekvivalentlari ko’rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablag’lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9300) ning bog’lanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |