V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
T/r
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Hajmi, soatda
|
|
Buxgalteriya hisobining predmeti va tamoyillari
|
4
|
|
Buxgalteriya hisobining metodi va unda qo’llaniladigan usullar
|
4
|
|
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish
|
4
|
|
Uzoq muddatli aktivlar hisobi
|
4
|
|
Tovar-moddiy zaxiralarning hisobi
|
4
|
|
Pul mablag’larining hisobi
|
4
|
|
Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi
|
4
|
|
Korxona majburiyatlarining hisobi
|
4
|
|
Kapital, maqsadli tushumlar va rezervlarning hisobi
|
4
|
|
Korxona daromadlarining hisobi
|
4
|
|
Korxona xarajatlarining hisobi
|
2
|
|
YAkuniy moliyaviy natijalar va ular ishlatilishining hisobi
|
4
|
|
Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish
|
2
|
|
Auditning predmeti va metodi
|
4
|
|
Auditning huquqiy va tashkiliy asoslari
|
4
|
|
Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati auditini o’tkazishning metodologik asoslari
|
4
|
|
Auditorlik tekshiruvini umumlashtirish va rasmiylashtirish
|
2
|
|
Jami:
|
62
|
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Fan bo’yicha kurs ishi. Ushbu fandan kurs ishi o’quv rejada rejalashtirilmagan.
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FANI BO’YICHA BAHOLASH TIZIMI
Baholash turlari va baholar taqsimoti
Mashg’ulotlar turi
|
VI semestr
|
Ma’ruza
|
40
|
Amaliy mashg’ulot
|
40
|
Mustaqil ta’lim
|
62
|
JAMI:
|
142
|
“Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo’yicha talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (2018 yil 26 sentyabrda ro’yxatdan o‘tkazildi, ro’yxat raqami 3069) ro’yxatdan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi ”gi Nizom asosida amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq, fan bo’yicha talabalarning o’quv semestri davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi, o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda inobatga olinadi.
Talabalarning “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fani bo’yicha baholash turlarida olgan baholari quyidagicha mezonlar asosida baholanadi:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |