har xil darajadagi o’zaro bog’liqligi.
IR
|
yuqori
|
o’rtacha
|
past
|
Bunda ruxsat etilishi mumkin bo’lgan aniqlanmaslik riskining darajalari quyidagicha:
|
yuqori
|
eng past
|
pastroq
|
o’rtacha
|
o’rta
|
pastroq
|
o’rtacha
|
yuqori
|
past
|
o’rtacha
|
yuqori
|
eng yuqori
|
Bu bog’liqlikni quyidagicha tasniflash mumkin:
a) ichki xo’jalik riski va nazorat vositalari riski ko’rsatkichining yuqoriligi auditordan tekshiruvni aniqlan-maslik riski ko’rsatkichini imkon qadar pasaytiradigan qilib tashkil etishni va shu bilan birga umumiy auditorlik riskini maqbul darajaga keltirishni talab etadi.
b) ichki xo’jalik riski va nazorat vositalari riski ko’rsatkichlarining pastligi auditorga tekshiruv chog’ida yuqori-roq aniqlanmaslik riskiga yo’l qo’yishiga imkon beradi va shunda umumiy auditorlik riskining maqbul ko’rsatkichiga ega bo’ladi.
Muhimlilik darajasi va auditorlik tavakkalchiligi tushunchalarining o’zaro bog’liqligi. Auditor auditni rejalashtirishda moliyaviy hisobotda jiddiy chalkashliklarga olib keladigan faktlarni hisobga olishi lozim. U jiddiylik darajasining qanday ko’rsatkichini qabul qilishini va buxgalteriya schetlaridagi qoldiqlar hamda oborotlarning hususiyatlarini tahlil qilish asosida moliyaviy hisobotning qaysi moddalarini maxsus e’tibor bilan o’rganishini va qanday hollarda auditorlik tanlash (tanlab tekshirish) usullari hamda tahliliy amallarni qo’l-lagan holda umumiy auditorlik riskini maqbul bo’lgan dara-jagacha pasaytirishni hal etishi lozim.
Auditor tanlagan jiddiylik darajasi va auditorlik riski (auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdagi tavakkalchilik xavf-xatari-D.R.) o’rtasida teskari bog’liqlik mavjudligini e’tiborga olishi lozim. Auditorlik tekshiruvlar haj-mi va muddatlarini aniqlashda ushbu teskari bog’liqlik inobatga olinishi kerak. Demak, auditor jiddiylik darajasini pasaytirishni lozim topsa, uning auditorlik riski (tavakkalchilik xavf-xatari) oshadi va aksincha. Bu bog’liqlikni batafsilroq quyidagicha bayon qilish mumkin:
a) jiddiylik darajasi qancha yuqori bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha past bo’ladi;
b) jiddiylik darajasi qancha past bo’lsa, umumiy auditorlik riski shuncha yuqori bo’ladi.
Agar auditor auditorlik tekshiruvi chog’ida jiddiylik darajasining pastroq ko’rsatkichini qo’llashga qaror qilsa, bu holda u auditorlik riskini pasaytirishga doir chora-tad-birlarni kuchaytirishi lozim. Buning uchun u nazorat vositalari riski va aniq-lanmaslik riskini quyidagi tarzda aniqlashi lozim:
a) nazorat vositalari riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun tekshiruv chog’ida nazorat vositalarini qo’shimcha test sinovidan o’tkazish zarur;
b) aniqlanmaslik riskini pasaytirish, agar buning imkoni bo’lsa. Buning uchun auditor quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
qo’llaniladigan auditorlik amallarini, ularning sonini ko’paytirish va mazmunini o’zgartirishni nazarda tutgan holda modifikatsiyalash (boshqacha shaklga keltirish, o’zgartirish);
tekshiruv uchun sarflanadigan vaqtni ko’paytirish;
auditorlik tanlash hajmini oshirish.
Bunda ichki xo’jalik riski ko’rsatkichining o’zgarmasligi va tekshiruvning umumiy rejasini tayyorlash paytida hisobga olinmagan, ammo haqiqatda mavjud faktlar tekshiruv chog’ida aniqlangan holdagina o’zgarishi mumkinligini e’tiborda tutishi zarur.
Jiddiylik va risk darajasini baholash auditorlik tekshiruvining muhim bosqichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Uning malakali amalga oshirilishi nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-tashkilotning ham barqaror rivoj-lanishiga zamin yaratadi. Auditorlik tekshiruv muvaffa-qiyatli yakunlanib, soliq organlari tomonidan mijoz-kor-xonaga e’tirozlar bildirilmasa, auditorlik tashkiloti na-faqat daromad oladi, uning obro’-e’tibori ham oshadi. Natijada, auditorlik tashkiloti o’z mijozlarini saqlab qo-lishga va yangilarini orttirishga, hamda auditorlik xizmati bozorida yuqori reytingga muvaffaq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |