Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Hisobvaraqlar korrespondensiyasi
|
debet
|
kredit
|
1.
|
Ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha ta’sischilar qarzlarining tashkil etilishi
|
4610
|
8310,
8320,
8330
|
2.
|
Ta’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida to‘lanishi
|
0110-0190
|
4610
|
3.
|
Ta’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida to‘lanishi
|
0410-0490
|
4610
|
4.
|
Ta’sischilar qarzlarining pul mablag‘larini berish yo‘li bilan to‘lanishi
|
5010,
5110,
5210
|
4610
|
5.
|
Ta’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to‘lanishi
|
1010-1090,
2910
|
4610
|
Ustav kapitalining oshirilishi. Muassislarning qaroriga ko‘ra mavjud
muassislarning qo‘yilmalari oshishi, yangiliklarni jalb etish, shuningdek, xo‘jalik sub’ektining taksimlanmagan foydasi hisobiga ustav kapitali oshirilishi mumkin.
YAngi muassisni (a’zo)ni jalb etish
YAngi a’zo quyidagi hollarda jamiyat muassisi bo‘lishi mumkin:
ustav kapitali ulushini bitta yoki bir necha sherikdan sotib olish yo‘li orqali;
qo‘shimcha kapital kiritish yo‘li bilan.
Biroq istalgan holda uning nomzodi avvalgi a’zolarning barchasi tomonidan ma’qullanishi lozim.
Birinchi holatda kapital sotib olingan ulush oldingi muassis kapitali hisobvarag‘idan yangisinikiga o‘tkaziladi.
Muassislar tarkibidan chiqish
Muassis tarkibidan chiqishga hamda o‘z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar qayd etiladi:
8330 – «Pay va ulushlar» hisobvarag‘i debeti.
6620 – «CHiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i krediti.
Agar muassis chiqib ketayotgan paytda MCHJ ma’lum jamg‘arilgan foydaga ega bo‘lsa, u holda ta’sis hujjatlarida belgilangan nisbatga muvofiq unga ham, mazkur holatda 70% yoki 30% berilishi lozim.
8720 – «Jamg‘arilgan foyda» hisobvarag‘i debeti.
6620 – «CHiqib ketayotgan muassislarda ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i krediti.
Muassis chiqib ketayotiganida olgan jamg‘arilgan foyda summasidan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soliqlarini to‘lashlari lozim. Muassisning ustav kapitalidan (8330 hisobvaraqlardan) o‘z qo‘yilmasini qaytarib olishi hech qanday chegirmalarsiz sof tarzda amalga oshiriladi.
CHiqib ketayotgan muassis oldidagi qarz so‘ndirilgan holat quyidagicha aks ettiriladi:
6620 – «CHiqib ketayotgan muassislardan ulushlari bo‘yicha qarzlar» hisobvarag‘i debeti.
5010, 5110 – «Pul mablag‘lari» hisobvarag‘i krediti.
Aksiyadorlik jamiyatlaridagi (korporatsiyalardagi) ustav kapitali yoki aksiyadorlik kapitali, odatdagidek, chiqarilgan (chiqarilishiga ruxsat etilgan) aksiyalarning nominal yoki e’lon qilingan qiymatiga teng bo‘ladi.
Aksiya – aksiyadorlik jamiyati mol-mulkidagi ulushga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz yoki boshqacha qilib aytganda, karporatsiyaning mol- mulki birligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |