Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Qo‘shilgan kapital va uning hisobi



Download 14,49 Mb.
bet136/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Qo‘shilgan kapital va uning hisobi.

Qo‘shilgan kapital oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalar nominal qiymatidan oshiqcha summalar, bundan tashqari, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig‘indisidan tashkil topadi.
Qo‘shilgan kapital, aksiyalarning nominal qiymatidan oshiqcha bahosi bo‘yicha birinchi sotuvdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Bundan tashqari, qo‘shilgan kapitalning tarkibida ustav kapitaliga qo‘yilgan omonatlarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarning summasi ham hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagicha: 8410 – «Emissiya daromadlari»
8420 – «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
8410 – «Emissiya daromadlari» schyoti aksiyalarining nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Kelib tushgan summalar 8410 – «Emissiya daromadlari» schyotining krediti bo‘yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo‘yicha hisobga olinadi.
8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Valyuta va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to‘lash vaqtida amal qilingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ta’sis hujjatlaridagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo‘lgan bu kursdagi farqlar 8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyuta va valyuta qiymatliklari schyotlarining debeti bo‘yicha va 8420 –«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti krediti bo‘yicha, salbiy farqlar esa teskari tartibda buxgalteriya provodkalari bo‘yicha aks ettiriladi. Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o‘zgarmasligiga imkon beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kursdagi farqlarning tahliliy hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar o‘zgarmasdan qolishi lozim bo‘lgan ustav kapitalidan farqli o‘laroq qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida to‘ldirilishi mumkin:

  • emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishi holatida;

  • kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalini shakllantirish cho-g‘ida;

  • emission daromad yuqorida ko‘rib o‘tilgandek‚ aksiyalar sotilish bahosi va nominal qiymatii o‘rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi emissiya chog‘ida aks ettiriladi.

Misol. 10000 so‘mlik nominal qiymati bo‘lgan aksiyalar 12000 so‘mdan sotilgan‚ quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
5110‚ 5010 – pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari debeti – 12000.
4610 – «Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzi» hisobvarag‘i krediti – 10000.
8410 – «Emission daromad» hisobvarag‘i krediti – 2000.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda soliG‘iga tortish ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi.
Misol. 2000 so‘mlik nominal qiymatli, dastlab 2400 so‘mdan sotilgan aksiyalar 2600 so‘mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 2000 so‘mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»-2000 so‘m D-t 8410-«Emission daromad»-400 so‘m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar»-200 so‘m K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»-2600 so‘m.
Qo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo‘shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatda olish paytida 1$ 300 so‘mga teng bo‘lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb baholandi. Biroq pul mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng bo‘lgan. Bu esa korxona so‘m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 ming so‘m emas, balki 62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so‘m qo‘shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari»-62000 ming so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzlari»-60000 ming so‘m
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq»-2000 ming so‘m.
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o‘tkaziladi.




    1. Download 14,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish