statik va dinamik, formal va funksional, semasiologik va onomasiologik, kognitiv va pragmatik kabi aspektlar parallel qo‘llaniladi.
Tilshunoslikda yangi paradigma eski paradigmani inkor etadi, lekin uni butunlay siqib chiqarmaydi. Eski paradigma bo‘yicha e’tibor berilmagan, tadqiq etilmagan til aspekti uning yutuqlaridan foydalangan holda yangi paradigma asosida boyitiladi, go‘yo eskining ustiga yangisi quriladi. Masalan, struktur paradigma doirasida tilshunoslar ko‘pincha tilning ichki qurilishi, sathli tuzilishi hamda tilning immanent mohiyatiga e’tibor qaratganlar. YAngi paradigma buni tamomila inkor etmay, u erishgan natijalardan ijodiy foydalangan holda va shu bilan birga eski paradigma asosidagi yondashuvning cheklangan tomonlarini ko‘rsatib, tilga antropotsentrik nuqtai nazardan yondashish yo‘lidan bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |