Tilshunoslik fani tarixidagi ikkinchi makroparadigma yaxlitlik va sistemaviylikni tadqiqotning muhim prinqiplari sifatida belgilovchi sistem-struktur paradigmadir. Bunda til sistemachalar – lisoniy sathlar hamda til-nutq birliklari asosida tadqiq etiladi. Ushbu paradigmaning asoschisi F.de Sossyurning fikricha, bunda til "o‘z ichida va o‘zi uchun" o‘rganiladi, ya’ni til strukturasi va til sistemasi boshqa sistemalardan izolyasiyalangan holda sinxron aspektda tadqiq etiladi. Sistem-struktur paradigma XX asr boshlaridan Boduen de Kurtene hamda F.de Sossyurlarning g‘oyalari asosida shakllana boshladi. Keyinchalik strukturalizm turli maktablarga ajraldi: funksionalizm (Praga strukturalizm maktabi), glossematika (Kopengagen strukturalizm maktabi), deskriptiv tilshunoslik (Amerika strukturalizm maktabi). Mazkur maktablar bilan bog‘liq bo‘lgan tamoyillar, shuningdek, distributsiya, transformatsiya, bevosita ishtirokchilar bo‘yicha tahlil, binar oppozitsiya singari ilmiy tadqiqot metodlari sistem-struktur paradigma ichidagi miniparadigmalar sifatida baholanishi mumkin. Jahon tilshunosligida strukturalizm va uningyo‘nalishlarining quyidagi umumiy natijalari e’tirof etiladi:
- til tarixiy asosda emas, sinxron aspektda o‘rganildi, lekin bunda diaxroniya inkor etilgani yo‘q;
- til sistemasi va strukturasi universal munosabatlar - paradigmatika va sintagmatika asosida talqin etildi;
- til belgilar tizimi deya e’tirof etildi;
- til va nutq izchil farqlandi, shuningdek, til va nutq birliklari ajratildi;
- tilshunoslik tabiiy fanlarga, xususan, matematikaga yaqinlashtirildi, undagi munosabatlar va qonuniyatlar turli formal va grafik ifodalar, modellar asosida tushuntirildi.
Strukturalizmning eng yuqori nuqtasi generativ tilshunoslik bilan bog‘liq. Bunda amerikalnk olim N.Xomskiy g‘oyalari asosida strukturalizmning keyingi bosqichi sifatida transformatsion va formal grammatika nazariyasi shakllandi. Bu g‘oyalar tilshunoslikda o‘ziga xos metodologik o‘zgarishlar hosil qnldi. Xususan, generativ grammatika tabiiy tillarning grammatikasini formallashtirish nazariyasi negizlarini yaratishga asos bo‘ldi; grammatikaning markazi sifatida fonologiya va morfologiya emas, balki sintaksis va sintaktik munosabatlar belgilandi; tilga empirik va deduktiv yondashuv o‘rniga gipotetik-deduktiv metod tatbiq etildi; avtomatik tarjima tizimining nazariy asoslari yaratildi; transformatsiya va derivatsiya jarayonlari tabiiy tillarga faol tatbiq etildi va avtomatik tarjima samaradorligining asoslari ishlab chiqildi; tabiiy tillardagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning me’yoriyligi hamda grammatik to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalarni ajratishning aniq mezonlari belgilandi. Ayni jihatlarni e’tiborga olgan holda aytish mumkinki, N.Xomskiy ta’limoti strukturalizmning negizida yuzaga kelgan o‘ziga xos paradigmadir, uni shartli ravishda “generativistik paradigma" deb nomlash mumkin.
N.Xomskiy g‘oyalari, asosan, AQSHda juda ommalashib ketdi, lekin Evropada uning qarashlari keskin tanqidga uchradi. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Birinchidan, N.Xomskiyning tilni "mental" asosda tadqiq etish metodikasi amaliy jihatdan etarli asosga ega emas. Ikkinchidan, N.Xomskiyning transformatsiya va derivatsiya nazariyasi dunyodagi barcha tillarning grammatik qurilishiga mos kelmaydi, u ko‘proq ingliz tilining strukturasiga muvofiq keladi. SHuning uchun ham transfor-matsion grammatika boshqa tillarga tatbiq etilishi birmuncha murakkabliklarni keltirib chiqardi. Uchinchidan, mavhum dalillarga tayanuvchi "generativistik paradigma" jonli nutqni o‘rganish uchun mo‘ljallanmagan. Garchi "Xomskiy paradigmasi" ma’lum cheklanishlarga ega bo‘lishiga qaramay, u kompьyuter lingvistikasida, ayniqsa, avtomatik tarjima sohasida samarali natijalar bermoqda. Bir so‘z bilan aytganda, XX asrning 70-yillari oxiriga kelib, transformatsion-generativ grammatika-ning "lingvistik paradigma" sifatida ta’sir doirasi kamaya boshladi. Bu holatni ayrim evropalik tilshunoslar "Xomskiy erasi tugadi" deya baholadilar. "Generativistik paradigma" o‘z o‘rnini navbatdagi paradigmaga -
Do'stlaringiz bilan baham: |