5-topshiriq
1. Karoling uyg’onish hodisasi. Karl saroyida ikki bosqichli ta‘lim tizimidan iborat Akademiyani barpo etilishi.
2.Buyuk Karl saltanatida tashkil etilgan maktablarda ikki bosqichli tizim.
3.O’rta asrda sxolastika. VII-VIII asrlarda bilimlarni tartiblashtirish shakli bo’lgan qomusiy to’plamlarni tuzilishi va uning ahamiyati.
О‘rta asr madaniyati cherkov diniy mafkura bilan chambarchas bog‘langan edi. Cherkov ta’siri о‘rta asr madaniyatining juda turli-tuman sohalarida: fanda, maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi. О‘rta asr jamiyatida cherkovning ahamiyati juda katta edi. Cherkov Yevropa mamlakatlarining har bittasida eng yirik yer egasi edi. Turli korolliklardagi yerlarning deyarli uchdan biri cherkov korporatsiyalariga qarardi. Cherkov katta siyosiy kuch edi.
Ruhoniylar о‘z oralaridan qirol amaldorlari, kanslerlar, davlat sekretarlari, markaziy muassasalarning amaldorlari va boshqalarni yetishtirib chiqardilar. О‘rta asrdagi toifaviy yig‘inlarda (General shtatlar, parlament, korteslar va h. k.larda) ruhoniylarning vakillari kо‘plab qatnashardi. Lekin mafkura masalasida cherkov ayniqsa katta rol о‘ynar edi. Cherkov о‘z obrо‘-e’tibori bilan о‘rta asr feodal tuzumini muqaddaslashtirgan bо‘lib, feodal jamiyatining diniy rahbari hisoblanar edi.
Xalq ommasi tarbiyalangan о‘rta asr dunyoqarashining xarakterli xususiyatlaridan biri—diniy asketizm edi. Asketizm ta’limotiga kо‘ra, yer yuzidagi hayot insonning о‘zi va uning gavdasi gunoh va yovuzlikning mujassamlashgani emish. Dinga ishonuvchi insonning burchi—narigi dunyodagi, ya’ni oxiratdagi eng a’lo hayotga о‘tish tayyorgarligi kо‘rish uchun yerdagi azob-uqubatlaridan о‘z jonini asta-sekin xalos etishdan, insoniy «havaslar» bilan tо‘xtovsiz kurashishdan iborat emish. Buning uchun cherkov odamlarga rо‘za tutish, ibodat qilish, chilla о‘tirish va h. k. l.arni tavsiya etdi. Tarki dunyo qilib ibodatxonaga (monastirga) ketish eng oliy darajadagi jasurlik deb hisoblandi. Amalda esa asketizm uncha izchillik bilan olib borilmadi. Quturgan va beadab feodallar, albatta, asket bо‘lishni hatto о‘ylariga ham keltirmadilar. Ruhoniylarning о‘zlari, xususan, ularning oliy martabali vakillari, aslida dunyoviy feodallarning turmush tarziga ergashib hatto о‘zlarining asketik qoidalarini ham qо‘pol ravishda buzardilar. Shaharliklar va dehqon xalq ommasi hayotining butun alam va kulfatiga bardosh berib «osoyishta» mehnat qilib kun kechiravergan. О‘rta asr jamiyati yoppasiga monastirlardan iborat bо‘lib, unda odamlar faqat chilla о‘tirardilar va toat-ibodat bilangina mashg‘ul bо‘lardilar, deyilsa, albatta xato bо‘lur edi. Ammo, shunga qaramasdan, asketizm rasmiy ta’limot bо‘lib, u cherkov kafedrasidan turib propaganda qilinardi, maktabda yoshlarga о‘rta asr davri adabiyotining kо‘pgina Xillariga zaruriy element bо‘lib kirgan asketizm ta’limoti о‘qitilardi. Turli sinflarga mansub bо‘lgan kishilarning anchaginasi ozmi-kо‘pmi asketizmni yoqlab, uning qoidalarini ba’zan jiddiy ravishda bajarardi. О‘rta asrlar davrida asketizm diniy hukmronliqning eng yaqqol ifodasi edi. Bu vaqtlarda aniq fanlar endigina kurtak otib kelayotgan edi, insonning tabiat kuchlari ustidan hokimligi hali uncha takomillashmagan edi, ijtimoiy munosabatlar esa keskin antagonistik va krepostniklik asosiga qurilgan bо‘lib, xalq ommasi doimo azob-uqubat chekar, lom-mim deb ovoz chiqarmas, qо‘rquv vahimada kun kechirar va oxiratdagi jannat-arsh a’lo haqida xayol surar edi. Biroq о‘rta asr dunyoqarashiga cherkovning ta’siri hamisha birdek kuchli emas edi. Ilk о‘rta asr davrida—taxminan X1 asrning ikkinchi yarmigacha о‘rta asr jamiyatiga ideologik rahbarlik eng kо‘p cherkov monopoliyasida bо‘ldi. Sо‘ngra, XIII—XIV asrlar cherkov ideologik rahbarlikni rasman о‘z qо‘lida tutib turgan va hatto uni ayrim formalarda kuchaytirgan bо‘lsa-da (universitetlarning ravnaq topishi, tugal falsafiy-teologik sistemasining — sxolastikaning vujudga kelishi va h. k.), ammo ayni zamonda, bu davrda Yevropadagi cherkovdan tashqari va hatto qisman unga qarshi ham madaniyat rnvojlandi. Shahar byurgerlari adabiyotining, uning antifeodal va realistik tendensiyalarining tarkib topishi va ruhoniylarga keskin hujumlar qilish jamiyatni cherkovning ideologik vasiyligidan ozod qilish bobida boshlanib ketgan jarayonni yaqqol kо‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |