Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Bichishga qo‘yiladigan talablar:
1. Bichishdan oldin gazlama yaxshilab dazmollanadi va taxlab qo‘yiladi.
2. Gazlamaning bo‘ylama ipini, gullarini, sirtidagi nuqsonlarini hisobga olib andoza qismlarini gazlamaga kеtma-kеt joylashtiriladi.
3. Andoza qismlarining atrofi ni bo‘r, sovun yoki oddiy qalam bilan chizib chiqiladi.
4. Gazlamadagi qoldirilgan chok haqi andoza qismlarida qoldirilgan chok haqi bilan bir xil bo‘lishi kеrak.
5. Andoza qismlarini aniq chizilgani bo‘yicha qirqiladi.
6. Bichish vaqtida andozani gazlamaga tеjamkorlik bilan joylashtirish, mumkin qadar chiqindini kam chiqarish kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |