DIQQATNI TEKSHIRISH USULLARI BURDONNING KORREKTURA SINAMASI. - Ushbu sinama Burdon tomonidan 1895-yili tavsiya qilingan va hanuzgacha qo'llab kelinadi. Sinama diqqatni bir joyga jamlay olish va uni bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chirish qobiliyatini tekshirish uchun qo'llaniladi. Sinama juda oddiy bo`lib, uni o'tkazish uchun maxsus blanklar va sekundomer kerak bo'ladi, xolos. Sinamani o'tkazish uchun tasodifiy ravishda joylashgan yirik raqamlar yozib qo‘yilgan blank sinaluvchiga ko'rsatiladi (1-jadval). Talab shundan iboratki, sinaluvchi o'zi xohlagan bitta sonni (masalan, 8 ni), 60 sek ichida o'chirib chiqishi kerak. Topshiriq: «Siz ushbu blankdagi 8 sonlarini vertikal yo'nalishda o'chirib chiqing”. Vaqt belgilanadi va 60 sekunddan so'ng topshiriqni bajarish tezligi, yo'l qo‘yilgan xatolar (ba'zi 8 sonlarining o'chirilmay qolishi yoki boshqa sonlarni o'chirib yuborish va h.k.) aniqlanadi. Sinov natijalari o'chirilgan sonlar yoki o'chirilmay qoldirib ketilgan sonlar, bajarish uchun ketgan vaqtga qarab baholanadi (2-jadval). Bu topshiriqlarni turli tarzda berish mumkin. Shu yo'l bilan diqqatning o'tkirligi, davomiyligi, charchash darajasi, bir topshiriqdan ikkinchi topshiriqqa o'tish tezligi baholanadi. Sinaluvchi qancha kam xatoga yo'l qo‘ygan bo`lsa uning diqqati shuncha o'tkir hisoblanadi.
Sinaluvchining qo`liga beriladigan blank - Sinaluvchining qo`liga beriladigan blank
- Ismi sharifi___________________________ yoshi______ sana______
-
- 1 4 5 7 3 9 6 4 6 3 3 3 6 8 4 6 3 3 3 6 8 6 4
- 5 8 1 3 4 7 5 5 5 6 4 4 4 0 5 5 6 4 4 4 0 5 5
- 7 4 2 5 3 9 6 4 6 3 3 3 6 8 4 6 3 3 3 6 8 6 4
- 5 8 1 3 4 7 5 5 5 6 4 4 4 0 5 5 6 4 4 4 0 5 5
- 1 4 5 7 3 9 6 4 6 3 3 3 6 8 4 6 3 3 3 6 8 6 4
- 5 8 1 3 4 7 5 5 5 6 4 4 4 0 5 5 6 4 4 4 0 5 5
- 1 4 5 7 3 9 6 4 6 3 3 3 6 8 4 6 3 3 3 6 8 6 4
- 5 8 1 3 4 7 5 5 5 6 4 4 4 0 5 5 6 4 4 4 0 5 5
KREPELIN BO'YICHA HISOBLASH QOBILIYATINI TEKSHIRISH USULI - Ushbu usul 1895-yili Krepelin tomonidan tavsiya etilgan va hanuzgacha qo'llab kelinadi. Usul diqqat tezligini, turg'unligini va diqqatni bir obyektdan (masaladan) ikkinchi obyektga ko'chirish darajasini tekshirish uchun qo'llaniladi. Maxsus blanklarga raqamlar ustun-ustun qilib yozib chiqiladi. Sinaluvchi ushbu raqamlarni xayolda bir-biriga qo'shishi yoki bir-biridan ayirishi va olingan natijalarni blankda yozib borishi kerak. Topshiriq bajarilganidan so'ng sinovchi bajarilgan ishni ko'rib chiqadi va sinaluvchi yo'l qo'ygan xatolarni tekshiradi, ya'ni to'g'ri bajarilgan topshiriqlar hajmi, topshiriqni bajarish tezligi, xatolar soni, bir ustunni yechib ikkinchi ustunga o'tis' tezligini va h.k. Shu yo'l bilan diqqatning deyarli barcha xususiyatlarini, ayniqsa parishonxotirlik darajasini tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |