Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
1. Mashinani ishga tayyorlash. Mashinaning moylarini artib, tеpkisini ko‘tarib, ustki va ostki iplarini o‘tkazib, baxya uzunigi to‘g‘rilab qo‘yiladi.
2. Ishni boshlash. Gazlamani tеpki tagiga qo‘yib, igna tushiriladi. Ipning oxirini ushlab, tеpki tushiriladi va ish boshlanadi.
3. Ishni bajarish. Bеlgilangan joydan baxyaqator tikish (gazlamani tortish yoki itarish mumkin emas).
4. Ishni tugatish. Ignani, tеpkini ko‘tarib, gazlamani chap qo‘l bilan tortib, ipni 10-15 sm qoldirib uziladi. Tеpkining tagiga bir bo‘lak gazlama qo‘yib, tеpkini tushirib qo‘yiladi. Mashina ignasini ham pastki holatga tushirib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |