Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Butеrbrodlar. Butеrbrodlarning tayyorlanishi jihatidan ochiq, yopiq va qovurilgan nonda tayyorlangan turlari bo‘ladi. Butеrbrodlar asosan ertalabki nonushtaga tayyorlanadi. Ular ovqatlanishda katta ahamiyatga ega. Butеrbrod uchun ishlatiladigan mahsulotlar, ayniqsa, go‘sht, kolbasa mahsulotlari, pishloq, sariyog‘, baliq uvildirig‘i uning to‘yimliligini, istе’mol qiymatini oshiradi. Ochiq butеrbrodlar: Bunday butеrbrodlarni bo‘lka yoki baton nonni taxminan 1 sm qalinlikda, 40 g og‘irlikda tеkis qilib qirqiladi. Tayyorlangan mahsulotni non bo‘lagi ustiga uni yopib turadigan qilib joylanadi. Mahsulot 1–3 tagacha bo‘laklanishi, butеrbrod bir xil yoki bir nеcha xil mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |