Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi.
Eramizdan oldingi Y asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan davridir. Bu taraqqiyot Eron-Yunon urushlaridan keyin Afina davlatining kuchayishi va demokratiya tomon rivojlanib borish bilan bog'lik bo'lib, chindan ham yunon elining oltin asri deb atalishiga arziydigan buyuk davrdir. Eng ilg'or madaniyat markazi Kichik Osiyodagi Ionif viloyatidir. Afina o'zining iqtisodiy va madaniy kamolatiga, asosan Y asrning 50-30 yillarida, ya'ni Perekl davrida erishadi. Perekl o'z zamonasining nixoyatda ishbilarmon davlat arbobi, otashin notiq odamlarda tashabbuskorlik ishtiyokini uyg'otishga moxir, ilmu-fan, san'at va adabiyotga qiziqqan bir shaxs edi. U butun yunon olamidan faylasuflar, olimlar, shoirlar va san'at ahllarini Afinaga to'playdi. Unga yaqin faylasuflar, Anaksagar, Suqrat, “Tarix fanining otasi” Gerodot, Sofokl, ajoyib haykaltarosh Fidiy va shularga o'xshash umumyunon madaniyatini yuksak pog'onalarga ko'targan yana birmuncha shaxslarni ko'ramiz.
Perakl zamonasida ilmiy-falsafiy ta'limotlar, ayniqsa, juda keng rivoj topdi. Olimlar va mutafakkirlar o'z asarlarida tabiat hodisalarini, ijtimoiy qonunlarni ochishga, ularni izohlashga va shu yo'sinda demokratik to'zumni to'g'ri va ba'mani eqanligini isbotlashga urinadilar. Eski diniy e'tiqodlarning asta-sekin susayib borishi, ilohiy kuchlarni koinot hodisalarida axtarishi, insonni ma'budalarning quli holatidan butun borlikning hukmroni darajasiga ko'tarish, uning idrok va iste'dodiga taxsin o'qish, istiqbolga chuqur umid bilan qarash – bu davr falsafiy oqimlarining asosiy xususiyatidir. Yangi tushunchalar o'z ifodasiga dastavval Anaksagar (500-428 yillar) falsafasida topadi. Perekl bilan do'stona munosabatda bo'lgan, uning siyosatini qo'llab-quvvatlagan va hukmronning istagiga ko'ra o'z zamonasining ilmiy-madaniy harakati tepasida turgan bu mutafakkir olim, eski diniy e'tiqodlarni inkor etib, butun koinotni behisob zarralardan tarkib topgan abadiyat ma'nosida tushunadi. Chunonchi, Quyosh bilan Oy, qadimgilar aytganidek, ilohiy kuchlar emas, bir umr lovullab yonib turadigan jismlardir.
Anaksagar inson ongi, qudrati va iste'dodini juda yuksak baholaydi. Uning ta'limoti qadimgi davrda keng yoyilgan va zamondoshlariga kuchli ta'sir o'tkazgan.
Y-asrning 2 yarmida butun Ellada tuprog'ida ijtimoiy hodisalarni o'rganish ishini o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan yangi ilmiy-falsafiy oqim paydo bo'ldi. Bu oqimning vakillari o'zlarini “sofistlar” deb ataganlar.
Dastlab “sofist” so'zi ostida “donishmand”, “bilimdon”, “olim” degan ma'nolar ifoda etilgan bo'lsa, keyinchalik bu ibora falsafa mualliflariga taqalgan laqablarga aylanib ketdi.
Qadimgi Yunonistonda maktabxonlik ishlari sust bo'lgani uchun “sofistlar” shaharma-shahar kezib, shaxsiy suhbatlarda yoki jamoat oldida ilmu-fan asoslarini tashviq qilardilar.
Sofistlar bu davrning har tomonlama bilimdon kishilari bo'lib, o'z zamondoshlari zehnini boyitish, ularni ilmu-ma'rifat yutuqlaridan bahramand etish bobidan juda katta ishlar qildilar. Ular olamdan yuz o'gurib, o'zlarini xilvatxonalarida kitob titishdan o'zga narsani bilmaganlar va jamoa oldida ilmu-fan jarchilari bo'lishgan.
Sofistlar falsafiy bilimlardan tashqari yana bir muncha ijod sohalarida ham juda ulug' ishlarni qilganlar. Jahon madaniyatining bebaho yodgorliklaridan biri bo'lgan va Gippokrat nomi ostida bizga qadar yetib kelgan muolaja san'ati haqidagi kattakon asar ham sofistlar davrida yaratilgan. Shu xildagi ilmiy tadqiqotlar natijasi o'laroq, inson faoliyatining turli- tuman sohalariga doir asarlar yaratdilar.
Gerodotning “Tarix” asarini keyingi davr olimlari qayta ishlagan. Shulardan Aleksandriya olimlari buni 9 bobga bo'lib, yunon mifologiyasidagi 9 mo'zaning nomi bilan ataganlar. Aleksandriya chinakam tarixshunoslik ilmi bilan ijod qiluvchi yozuvchidir. Shu sababli uning asari dastlabki yunon tarixchilari – “logoraflar” ijodida uchraydigan qator kamchiliklardan batamom qutulib ulgurgan emas. Gerodot ham o'zining ulug' zamondoshi Sofokl singari ma'budlarning qudratiga, taqdirining kuch-quvvatiga, inson baxtining bepandligiga chippa-chin ishonadi: kosinlarning karomatiga, mo''jizalarning rostligiga, hatto tushlarning muqarrarligiga aslo shubha qilmaydi. Gerodotdan minnatdor bo'lishimizning yana ham muhimroq sabablari bor: adabiyotimizning eng qadimgi yodgorliklaridan biri bo'lgan “To'maris” qissasi faqat shu odam tufayli bizgacha yetib kelgan.
Gerordot asarlarining fazilatlaridan biri-ajoyib san'atkorlik mahorati bilan yozilganligidadir. Yozuvchi biron hodisani bayon etar ekan, uni og'zaki rivoyatlar bilan boyitgan. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo'yicha mashhur olimlar yetishib chiqqanlar. Yunon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo halqlarining bilimlaridan ko'p bahramand bo'lganlar. Qadimgi Sharq fani yunon dunyosida ilm-fanning yanada rivojlanishiga barakali ta'sir etgan. Miloddan avvalgi YI asrda Kichik Osiyoning g'arbiy sohilidagi Ioniya viloyati va undagi Milet shahri ilm-fan taraqqiyotining markaziga aylangan. Ioniya olimlari Misr va Bobil olimlarining ilmiy bilimlaridan yaxshi xabardor bo'lib, o'sha bilimlarni yanada rivojlantirganlar.
Yunonistonning ulug' olimlaridan biri Aristotel edi. U Makedoniya podsholari saroyida yashagan tabibning o'g'li bo'lib, miloddan avvalgi 384 yilda tug'ilib, 322 yilda vafot etgan. Sharq dunyosida uni “birinchi muallim” deb baholaganlar, chunki u g'oyat keng bilimga ega bo'lgan. U juda ko'p asarlar yozgan. Uning mashhur asarlaridan biri “Siyosatdir”. Aristotel o'sha davrda ma'lum bo'lgan ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo'lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. U fanlarni turkumlarga bo'lib, ularning har birini botanika, fizika, siyosat va tarix kabi nomlar bilan atagan.
Aristotel o'z zamonasidagi olimlar bilan birga Yer- shar shaklida bo'lib, u butun koinotning markazidir, Quyosh va yulduzlar Yer atrofida aylanadi deb hisoblagan. U Makedoniya podshosi Iskandarning ustozi ham edi. Aristotel o'z davri va keyingi davrlarning ham eng mashhur olimlaridan biri bo'lib qolgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, qadimgi Yunonistonda asos solingan ilmiy yo'nalishlar keyingi davrlarda olimlarimiz tomonidan rivojlantirildi. Ilk bora aytilgan adabiy, siyosiy va tabiiy bilimlar falsafiy jihatdan tushuntirilgan bo'lsa, asta-sekinlik bilan isbot talab qiladigan fikrlar olimlarimiz tomonidan isbotlandi. Tabiatda bo'ladigan barcha hodisa va voqealarni ilmiy negizlarini izlashga tushdilar. Aristotel, Demokrit, Perekl, Anaksimen, Yevklid, Pifagor, Ptolemey va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlari o'tmish ajdodlarimiz tomonidan har tomonlama ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Ayniqsa, bu narsani “Bayt al-hikma”da faoliyat ko'rsatgan olimlarning tarjimonlik maktabida, Xorazm Ma'mun Akademiyasi va Mirzo Ulug'bek davridagi olimlarning ilmiy izlanishlarida ko'rish mumkin.
Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishiga nima turtki bo’lgan?
Qaysi olim fanni tasniflagan?
Gerodot kim? U nima uchun tarix fanining otasi deb tan olingan?
Qadimgi Yunoistonda tabiiy bilimlardan qaysilari rivojlangan?
Ilmiy blimlar asosida adbiyot fani qanday rol o’ynagan?
“Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Iliada” dostonlari haqida nima bilasiz?
Aristotelni fanga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |