1. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'llari



Download 16,84 Kb.
Sana26.09.2022
Hajmi16,84 Kb.
#850347
Bog'liq
1 Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo\'llari


1. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining asosiy yo'llari

Iqtisodiyot mustaqil fan sifatida XVII— XVIII asrlarda shakllangan. Ishlab chiqarish taraqqiyoti, uning ko’lamlarining o’sishi, xo’jalik yurituvchilari o’rtasida iqtisodiy aloqalarning vujudga kelishi keng iqtisodiy bilimga ega bo’lishni taqozo etgan. XVI—XVII asrlarda kapitalizm kurtaklari paydo bo’la boshlagan davrda asosan savdo keng rivojlangan. Ana shu davrda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishdagi birinchi nazariy maktab bo’lmish «merkantilizm» vujudga kelgan. Uning namoyandalari farang Antuan de Monkreten, ingliz U.Stafford va boshqalar hisoblanadi. Ularning ilmiy izlanishlarining asosini muomala sohasidagi savdo kapitali tashkil etgan. Antuan de Monkreten 1615 yilda birinchi marotaba o’zining «Siyosiy iqtisodning traktati» asarida fanning nomini «Iqtisoddan» «Siyosiy iqtisod»ga o’zgartirgan. Buning ma’nosi yunon tilida «davlatni boshqarish san’ati» degan ma’noni bildiradi. U davlat xo’jalik ishlariga aralashishi kerak, deb hisoblagan. Merkantilistlar birinchilar qatorida iqtisodiy tuzumning maqsadi va vazifalari mohiyatini ochib berishga intilganlar. Merkantilistlar millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblaganlar. Ular boylik manbaini muomala sohasida, savdoda ko’rganlar. Merkantilistlar oltin va kumush pullarni to’plashni xo’jalik faoliyatining va davlatning asosiy maqsadi deb qaraganlar. XVIII asrda fransuz faylasuflari va iqtisodchilaridan bir guruhi biznes va sanoatni qo’llab quvvatlashdan voz kechib, ularga e’tibor bermaslikni taklif etdilar. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish iqtisodiy nazariyaning o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab haqiqiy ilmiy tavsifga ega bo’ldi. Ular fiziokratlar edilar. F.Кene nazariyasiga binoan qishloq xo’jaligining asosiy vazifasi jamiyatni uch sinfga bo’lib, bir yil ichida yaratilgan mahsulotni taqsimotini qiymat va natura shaklida ifodalagan. Fiziokrat (yunoncha so’zdan olingan bo’lib «tabiat hukmronligi» ma’nosini anglatadi). Birinchi bo’lib, xususan F. Кene (1694—1774), A. Tyurgo (1727—1781) va U.Petti (1623—1687) kabi iqtisodchi olimlar boylik manbai ishlab chiqarish deb hisoblaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlari va boshqa tabiiy resurslar boylikning xaqiqiy manbai deb hisoblagan edilar, Fiziokratlar iqtisodiy tizim elementlarini, ya’ni tovar, pul, ish haqi, foyda va takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarini o’rganishga intilganlar. Jumladan, F.Кene birinchi marta takror ishlab chiqarish sxemasini yaratgan. Uning sxemasidan AQSh iqtisodchisi Nobel mukofoti sovrindori L.Leontev o’zining yaratgan tarmoqlararo balansida foydalangan. Moddiy ishlab chiqarish sohasining rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq, etish iqtisodiy nazariyani o’rganish ob’ektiga aylangan davrdan boshlab ilmiy xarakterga ega bo’lgan. Bu davr sanoat to’ntarishi davri edi. Iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu maktab namoyandalari A.Smit (1723—1790), D.Rikardo (1772— 1823) bo’lib, ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar. A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular ijtimoiy xo’jalik taraqqiyotida bozorning o’rnini belgilab berdilar.
A.Smit obrazli qilib «Hamma iqtisodiy agentlarning harakatini «ko’zga ko’rinmas qo’l» boshqarib turadi», deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir agent bozor munosabatlarida mustaqil ish tutib, o’z manfaatini ro’yobga chiqara borib, pirovard natijada «ko’zga kurinmas qo’l» vositasida o’zi bilmagan holda maqsad sari yo’naltiriladi.
U o’z manfaatlarini ko’zlab, jamiyat manfaatlariga o’zi ongli tarzda intilganiga nisbatan ancha qo’proq samarali tarzda xizmat qiladi»4. XIX asrning ikkinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiga qarama-qarshi proletar iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Uning asosini qo’shimcha qiymat haqidagi ta’limot tashkil etgan bo’lib, natijada iqtisodiyot nazariyasi ikki, marjinalizm va marksistik tarmoqqa ajralib ketdi.
XIX—XX asrlarda marjinalizm tarmog’idagi iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllangan bo’lib, ularning ba’zilari hozirda ham tan olingan. Xususan Avstriya maktabi namoyandalari, К.Menger (1888—1926), E. Bem-Baverklar (1851 — 1914) ne’matlarning naflilik chegarasi nazariyasi bilan tanilganlar. Mazkur nazariyaga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanligi va noyobligi bilan aniqlanadi.
Bozorda narxlarni shakllanishiga A.Marshall e’tibor berib, baho, talab va taklifni birgalikda, o’zaro bog’likda o’rgangan. Uning fikricha bozor narxlari talab va taklifga o’zaro bog’liq ekanligini ifoda etadi. U o’zining tadqiqotida vaqt omilini tengligini ilmiy tahlil qilgan.
AQSh iqtisodchisi Dj. Кlark (1847—1938) ishlab chiqarish omillari unumdorligining kamayishi va unumdorlik chegarasi nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan har qanday ishlab chiqarish omillari unumdorlik chegaralariga ega ekanligi va bu unumdorlikning kamayib borishi asoslab berilgan.
Shu davrda iqtisod fanida ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842—1924) tomonidan asos solingan Кembridj maktabini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U qiymat, chegaraviy foydalilik va naflilik chegarasi, unumdorlik chegarasi nazariyalarini yaratishga harakat qildi. Buning natijasida esa talab va taklif nazariyasi yaratildi.
A.Marshall «Ishlab chiqarish xarajatlari va pirovard foydalilik shubhasiz bitta umumiy bo’lgan talab va taklif qonunining tarkibiy qismlaridir»— degan fikrni bildiradi.
Download 16,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish