Fan nomi: “Psixologiya” Mavzu: “Tam bilish sezgisi haqida”



Download 126,74 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi126,74 Kb.
#666701
Bog'liq
107-PPS Shakirova Sitora Abdullayevna





Fan nomi: “Psixologiya”
Mavzu: “Tam bilish sezgisi haqida”
Bajardi: Shakirova Sitora Abdullayevna

Guruh: PPS-107

Sezgi haqida umumiy tushuncha.
Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo’lgan bo’lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va hayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muxim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi.

Hid va ta’m sezmaslik — sabablari, davolash va oldini olish choralari


Hid va ta’m sezmaslik hayotga deyarli bevosita xavf tug’dirmasligi sababli, bu muammoga duch kelganlar kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat etishadi. Biroq bu holat kishining taomlar, ichimlik va yoqimli hidlardan zavqlanish qobiliyati cheklanishi bois jiddiy noqulayliklar keltirib chiqishi mumkin. Shuningdek, havoda potentsial zararli kimyoviy modda va gazlar mavjudligini sezmaslik natijasida boshqa jiddiy oqibatlar ehtimoli yuzaga kela boshlaydi.
Hid va ta’m bilish bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Tilni qoplab turgan retseptorlar ta’mni aniqlaydi, burun bo’shlig’ida joylashgan nervlar esa hidni. Ikkala sezgi ham miyaga uzatiladi, miya esa ikkalasini tanib olish va baholash uchun kerakli tarzda birlashtiradi.
Sho’r, achchiq, shirin va nordon kabi ta’mlar hid ishtirokisiz ham taniladi. Biroq, nisbatan murakkabroqlari (masalan, malina aromati) faqatgina hid va ta’m hissi ishtirokidagina sezilishi mumkin.
Hidning qisman (giposmiya) va to’liq yo’qotilishi (anosmiya) — hid va ta’m bilishning eng keng tarqalgan buzilishidir. Ta’m sezishda tafovut asosan hid sezishga asoslanganligi sababli, bemorlar oziq-ovqat bemaza sezila boshlaganda ko’pincha hid sezish qobiliyatining pasayganini ham payqashadi va aksincha.

Ta’m bilish


Tilning katta qismini minglab mayda ta’m sezish so’rg’ichlari qoplab turadi. Ta’m so’rg’ichlari tarkibida kiprikchali retseptorlarning bir nechta turlari mavjud. Retseptorlarning har bir turi beshta asosiy ta’mdan birini sezadi: shirin, sho’r, nordon, achchiq va maza (shuningdek, umami deb nomlanadi, glutamat natriyning ta’mi).
Ushbu ta’mlar butun til bo’ylab tanilishi mumkin, ammo tilning ba’zi qismlari ma’lum bir ta’mga ko’proq sezgir bo’ladi. Shirin ta’m tilning uchi bilan oson aniqlansa, old yon tomonlar sho’r tamni yaxshi sezadi. Nordonlik tilning yon tomonlaridagi, achchiqlik tilning orqa uchdan bir qismidagi retseptorlar tomonidan yaxshiroq seziladi.
Og’iz bo’shlig’iga ovqat tushganda, retseptorlar uning xuxusiyatiga qarab qo’zg’alib, miyaga nerv impulslari yuboradi, miya esa bu impulslar va ovqatning xossalari, harorati, quyuqligi, zichligi kabi ma’lumotlardan kelib chiqib ma’lum bir ta’m haqida reaktsiya beradi.
Ta’m sezmaslik
Ta’m sezish zaiflashishi (gipogevziya) yoki uni umuman sezmaslik (agevziya) odatda tilga ta’sir qiluvchi omillar natijasida rivojlanadi va qoida tariqasida og’izning kuchli qurishiga olib keladi. Bunday omillarga Shegren sindromi, chekish (ayniqsa, mushtuk orqali chekish), bosh va bo’yin hududida radiatsion terapiya olish, suvsizlanish va ba’zi dori vositalar qabuli (antigistaminlar va amitriptilin kabi antidepressantlar) kiradi. Shuningdek:

  • Oziq moddalar yetishmovchiligi (masalan rux, mis va nikel tanqisligida) — ta’m va hid sezish darajasini o’zgartirishi mumkin.

  • Bell falaji (yuzning yarmi falaj bo’ladigan kasallik) — ta’m sezmaslik odatda til uchining oldingi uchdan ikki qismida buziladi (bir taraflama, tomoni falajga bog’liq). Ammo bemor bunga e’tibor bermasligi mumkin, chunki tilning qolgan qismi ta’mni to’liq sezadi (va ba’zi holatlarda undan ham kuchliroq).

  • Tilning kuyishi — ta’m so’rg’ichlarining vaqtincha yo’qotilishiga olib keladi.

  • Nevrologik kasalliklar, shu jumladan depressiya va stress — ta’m sezishda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

  • Milk kasalligi (gingivit) yoki ta’m yoki hidning yo’qolishiga olib keladigan kasalliklar (shu jumladan, tushkunlik va tutqanoq) — ba’zan ta’m sezishning o’zgarishini (disgevziya) chaqiradi.

Davolash
Ushbu holatni keltirib chiqaradigan omillar ko’pligi sababli, muammoning ildizini aniqlash uchun quyidagi shifokorlarga murojaat qilish kerak:

  • Otorinolaringolog;

  • Neyrojarroh;

  • Nevropatolog;

  • Endokrinolog;

  • Stomatolog.

Davolash choralari muammoning sababiga qarab belgilanadi
Oldini olish
Hid va ta’m sezishda muammolarga duch kelmaslik uchun turmush tarzini o’zgartirish tavsiya etiladi, xususan:

  • To’g’ri va servitamin ovqatlar bilan ovqatlanish;

  • Shifokor tavsiyasiga ko’ra vitamin komplekslar qabul qilish;

  • Chekishni tashlash;

  • Mehnat va dam olish tartibiga rioya etish;

  • Toza havoda ko’proq sayr qilish;

  • Depressiv va apatik holatlardan imkon qadar qochishga harakat qilish;

  • Og’iz bo’shlig’i gigienasiga amal qilish;

  • Surunkali kasalliklarni e’tiborsiz qoldirmaslik.

Download 126,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish