1.Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda tabiiy sharoit va resurslarning ahamiyati
Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg’unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi.
Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko’maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo’jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o’tkazishda birga harakat qilishini yo’lga qo’yish, shuningdek muhim xalq xo’jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta‘kidlash kerak.
Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar yechimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog’liqdir.
Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o’zaro bog’langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob‘ektiv jarayon bo’lib, ko’p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.
Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi mehnat hududiy taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi.
Ishlab chiqarishning moddiy mazmunini mehnat jarayoni tashkil etadi. Mehnat jarayonida inson o`zining maqsadiga muvofiq ongli faoliyati orqali (bu mehnat deb ataladi) tabiat moddalari yoki ashyolarni jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlarga (yoki xizmatlarga) aylantiradi. Mehnatni amalga oshirish uchun inson muayyan jismoniy va aqliy qobiliyatlarga, bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim. Insonning mehnat qila olish qobiliyati ishchi kuchi deb ataladi. Mehnat insonning ajralmas xususiyati bo`lganligi uchun nazariyada va amaliyotda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar yig`indisini mehnat resurslari deb yuritiladi. Mehnat resurslari ishlab chiqarishning shaxsiy omili yoki inson omilini tashkil etadi.
Mehnat jarayonida foydalaniladigan vositalar (birlamchi tabiat moddalari va qayta ishlangan tabiat moddalari) hamda mehnat jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moddiy shart-sharoitlar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil etadi. Birlamchi tabiat moddalari ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda eng birinchi moddiy manba bo`lib xizmat qiladi. Biroq, ishlab chiqarish rivojlana borishi bilan kishilar tabiat moddalariga bir marta ishlov berish bilan kifoyalanmasdan, ularga qayta va qayta ishlov beradilar. Ishlab chiqarishning tabiat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlariga qo`shimcha ravishda kishilar mehnati bilan ham ishlab chiqarishning yanada mukammalroq moddiy shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarish moddiy omilini ta`riflash uchun hozirgi zamon nazariyachilari ishlab chiqarish vositalari tushunchasidan foydalanadilar (ko`p hollarda “kapital” atamasi ham qo`llaniladi).
Ishlab chiqarish vositalari mehnat buyumlaridan va mehnat vositalaridan iborat. Mehnat buyumlariga ishlab chiqarish jarayonida ishlov beriladi. Ular ilgari inson mehnati ta`sirida bo`lmagan tabiiy resurslardan yoki inson mehnati natijasi bo`lgan moddiy ashyolardan iborat bo`lishi mumkin. Mehnat vositalari esa mehnat qurollariga (ishlab chiqarish qurollariga) va mehnatning moddiy sharoitlari bo`lib xizmat qiluvchi vositalarga bo`linadi. Mehnat qurollari albatta inson mehnati bilan yaratiladi.
Hozirgi zamon iqtisod fani ishlab chiqarish omili deb ishlab chiqarish natijalarini belgilab beruvchi ob`ektlar, elementlar yoki shart-sharoitlarni tushunadi. Ishlab chiqarish omillari to`rt asosiy guruhga bo`lingan holda tahlil qilinadi: yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik qobiliyati.
Yer tabiiy omil sifatida qaraladi. U inson faoliyatining mahsuli emas, balki tabiatning in`omidir. Omillarning yer deb nomlanadigan guruhiga barcha tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar konlari, ishlov berilayotgan yerlar, o`rmonlar kiradi.
Tabiiy muhitni rivojlanishini bashorati ko’pjihatdan uni oldingi holatini bilish bilan bog’liq. Shu nuqtayi nazardan tarixni bilish kelgusi jarayonlarni bashorat etish kaliti deyishadi. Bo’lib o’tgan jarayonlarni talqin qilish tabiiy jarayonlarni rivojlanish yo’nalishini anglab olishga yordam beradiva ekstrapolyatsiya usulini qo’llagan holda bu rivojlanish tendensiyasini kelgusi davrga tadbiq etish mumkin.
Tabiiy jarayonlarni ritmik harakatini hisobga olgan holda bashorat qilishga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ob-havoni yil davomida o’zgarishini bashorat qilish, daryo oqimi me’yorinianiqlash, o’simliklar qoplamini o’zgarishini bashorat etish shular jumlasiga kiridi. Ayniqsa jarayonlarni sutkalik o’zgarishi, sayyoralar, Quyosh harakatlarini, Quyosh va Oy tutilishini ilgaritdan aytib berish ayniqsa yaxshi aniqlangan. Osmondagi jismlarnianiq ritmlik harakati ularni bir-biriga nisbatan tutgan o’rninio’nlab va yuzlab yil oldindan aytib berish imkonini beradi.Osmondagi jismlarni harakati mexanik harakat, tabiiy geografik jarayonlar esa ancha murakkab qonuniyatlar asosidaamalga oshadi. Ularning tebranma harakati shuning uchunSeliteb landshaftlar sinfi shahar va qishloq landshaftlari turigabo’linadi. Belligerativ landshaftlar (lot. belligero – urush olibborish) mudofaa qo’rg’onlari va boshqa landshaft turlaridaniborat.
Kelib chiqishiga ko’ra antropogen landshaftlar texnogen, agrogen, pirogen va digression guruhlarga bo’linadi. Bundantashqari antropogen landshaftlar maqsadli, nomaqsadli, (shudgorlangan joydagi jarlar, sug’ oriladigan yerlardagi sho’ rhoklar),madaniy va nomadaniy guruhlarga ham bo’linadiuncha yaqqol aks etmaydi. Chunki har bir tabiiy geografikjarayonga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillar mavjud. Bu omillarqancha aniq o’rganilsa, tabiiy geografik jarayonlarni hamshuncha aniq oldindan aytib berish imkoni tug’iladi.Yer yuzasidan ko’tarilayotgan issiqlik ta’sirida isiydi. Yuzasidan atmosferaga issiqlik homon, turbulen aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |