Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet66/73
Sana02.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#729593
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rni: Elektrmontaj ishlarini bajarish uchun zarur asboblar bilan jihozlangan maxsus ish o‘rni yaratilishi lozim. Ish o‘rni dielektrik plastik bilan qoplangan maxsus stol jihozlanishi, polga ham dielektrik rezinali gilamcha to‘shalgan bo‘lishi kerak. Ish o‘rnida 42 V kuchlanishga ega maxsus elektrik rozetka, kavsharlagich uchun taglik, ish asboblari, shuningdek kavshar va flyuslar uchun idish bilan jihozlanadi
Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari:
Elektr montaj ish asboblari yig‘masi tarkibi 47-rasmda keltirilgan. Shuningdek, elektrik ish o‘rnida kichik slesarlik tiskisi, bolg‘a, kerner, 1-4 mm diametrdagi kichiki sverlolar yig‘masi, nadfillar, egovlar, jilvir qog‘ozi, kolovorot yoki qo‘l parmasi, elektr o‘lchash asobolari, bigiz, elektr sxemalarni tutib turish qurilmasi, yorug‘lik lampasi va boshqa asbob va moslamalar bo‘lishi mumkin.
Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish usullari:
Kavsharlash uchun asosiy asbob kavsharlagich hisoblanadi. Elektr kavsharlagich ish paytida doim bir xil temperaturani ushlab turadi. U sim, vilka, qizdiruvchi element, termoizolyator va elektroizolyator, po‘lat quvurcha, misdan tayyorlangan element va tutqichdan iborat. Komplektga odatda ikkita misli element qo‘yiladi: to‘g‘ri va egrisimon. Birinchisi elektrosxemalarni kavsharlash uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi esa sim va tunuka kavsharlash uchun. Bu konstruksiyalardan tashqari sotuvda to‘pponchasimon va bolg‘a ko‘rinishidagi kavsharlagichlar ham bor. Bolg‘asimon kavsharlagich katta bo‘lgani uchun, u bilan katta yuzaga ega bo‘lgan detallarni kavsharlash mumkin. Quvvatiga qarab kavsharlagichlar 10-250 Vt li bo‘lishi mumkin. Sim va tunukani kavsharlash uchun o‘rta quvvatli (60-100 Wt) kavsharlagichlar ishlatiladi. Ular 220 V yoki 36-42 V kuchlanishga moslangan bo‘lishi mumkin. Kavsharlash uchun ajratilgan joyda albatta o‘tga chidamli (asbest, getinaks) material asos sifatida ishlatilishi kerak. Flyuslar erigan paytda nafas organlariga ta’sir etuvchi gazlar chiqqanligi sababli ish joyida mahalliy ventilatsiya bo‘lishi shart. Kavsharlash jarayoni uch operatsiyadan iborat: detalni tayyorlash, kavsharlash va kavsharlab bo‘lgandan keyin unga ishlov berish. Sifatli kavsharlashning asosiy talabi bu ulanayotgan yuzlarning tozaligida va ularning bir- biriga nisbatan jips joylanishida. Shuning uchun kavsharlashdan oldin ulanayotgan joylarni egov yoki qumqog‘oz bilan tozalab olish kerak. Yog‘langan joylarni esa atseton yoki uayt spiriti bilan tozalash mumkin. Kavsharlagichning uchini ish holatiga keltirish uchun uning uchidagi okis qoplamasini olish kerak. Uni olib tashlash uchun qumqog‘ozga flyus va kavshar joylashtirib kavsharlagichning uchi kavsharga botiriladi va paralel ishqalanadi. Shunda qumqog‘oz okis qatlamini shilib oladi va birdaniga flyus va kavshar uning uchiga tegadi va qoplab oladi. Ulanishning sifatli bo‘lishi uchun ulanadigan joylarga avval flyus yotqiziladi va kavsharlagichning uchidagi erigan kavshar asta sekin yotqiziladi. Agar detal katta bo‘lsa, unda uni obdon qizigunicha kutish kerak. Ulanadigan joylarga kavshar yotqizilgandan keyin ular bir- biriga jipslab tekkiziladi va kavsharlagich bilan yana qizdiriladi. Ikki tomondagi kavshar eriganidan keyin ulanadigan qismlarning orasiga, agar kerak bo‘lsa, yana kavshar yotqiziladi va to qotganicha qisib qimirlatmay ushlab turiladi. Detallarni bir-biriga tekkazib ushlab turish uchun ombur, pinset yoki boshqa asboblardan foydalaniladi. Kavsharlagichning uchiga kavshar olish uchun, uning qizigan uchini sovuq kavsharga tekkaziladi va kavshar erib kerakli miqdorda uning uchiga yopishib osilib qoladi. Kislotali flyus bilan kavsharlangandan keyin, ulangan joy avval soda eritmasi, keyin esa toza suv bilan yuvilishi lozim.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rni haqida gapiring.

  2. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari haqida gapiring.

  3. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish usullari haqida gapiring.


  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Yog‘ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

  2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish