10.Stol tennisi sport o’yini qoidalari. To’pchalar bilan maxsus mashqlar.
Stol tennisi sport o’yini haqida. Stol tennisi o’yin texnikasi va taktikasi. To’pchalar
bilan maxsus mashqlar. Musobaqa qoidalari. Ikki tomonlama o’quv o’yini.
Mashg’ulot maqsadi:
Talabalarda stol
tennisi texnikasi va taktikasi, to’plar bilan
maxsus mashqlar va musobaqa qoidalarini o’qitish texnik taktik tayyorgarlikni
oshirish va mashg’ulotlari tuzilishi xaqida bilim va ko’nikma hosil qilish. Bilim va
tushunchalar hosil
qilish ularni chuqurlashtirish, talabalarni umumiy jismoniy
tayyorgarligini oshirish, ko’nikmalar xosil qilish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish va
takomillashtirish.
SHarni qabul qilish va uzatish. SHarni o’yinga kiritish. SHarga to’siq qo’yish va
zarba berish.
Stol tennisi ham o’yin to’p uzatish, ya’ni to’pni o’yinga kiritish bilan boshlanadi.
Uzatuvchi stolning orqa chizig’idan tashqarida turishi va uning tanasi hamda
raketkasi stol ustida bo’lmasligi zarur. To’pni ochiq kaftdan yuqorida tashlanib,
so’ngra raketka bilan uriladi.Uzatilgan to’p stolning
uzatuvchi tomonidan sakrab
chiqishi va to’r ustidan unga tegmasdan o’tishi hamda stolning raqibga qarashli
tomoniga tushishi kerak.
Quyidagi hollarda to’p noto’g’ri uzatilgan hisoblanadi va uzatuvchi ochko yutqazadi:
to’p stol ustida uzatilsa;
to’p yuqoriga tashlanmasa yoki noto’g’ri tashlansa;
uzatayotgan o’yinchi uzatish uchun tashlagan to’pni qaytib ushlab olsa
yoki urmoqchi bo’lib ura olmay qolsa;
uzatilgan to’p raqib tomonga tushmasa;
o’yinchi to’pni yurib borayotib uzatsa.
Agar to’g’ri uzatilgan to’p raqib tomonga tushayotib, to’rga
yoki uning
ustunchasiga tegib ketsa, to’p yana qaytadan uzatiladi. SHuningdek, uzatilgan va
to’rga tegib o’tgan to’p uchib kelayotgan paytda qaytarilsa ham to’p
qaytadan
uzatiladi.
Ochko o’ynash to’p uzatilgan paytdan boshlab tomonlardan biri ochko
yutgunga qadar davom etadi. O’yinchi yo’l qo’ygan har bir xato uning raqibiga bir
ochko keltiradi. O’yinchi raqibi urib o’tkazgan to’pni o’z tomonidagi stoldan birinchi
sakrab chiqqandan keyin raketka bilan urib qaytarishi lozim. Qaytarilgan to’p raqib
tomondagi stolga tegishi kerak.
Raqib tomonida stolga tekkan to’p uchib o’tayotganda to’rga (uning
qaeriga bo’lmasin)
yoki ustunchaga urilgan, shuningdek, ustunchaning tashqi
tomonidan uchib o’tgan bo’lsa ham to’g’ri qaytarilgan hisoblanadi.
Quyidagi hollarda o’yinchi ochko yutqizadi:
to’pni noto’g’ri uzatsa;
to’pni stolga tegmasdan avval uchib kelayotganda ursa;
u qaytargan to’p raqib tomonida stolga tushmasdan boshqa tomonga uchib
ketsa;
to’pni qaytarayotganda, uni bir martadan ortiq ursa yoki to’pni
raketka
bilan ilib, keyin irg’itsa;
raqib to’g’ri qaytargan to’pni o’z tomonidagi stoldan birinchi marta
sakrab chiqqandan keyin qaytarishga ulgurmasa;
ochko o’ynalayotgan paytda raketka ushlamagan qo’li bilan stol yuzasiga
tegsa.
Xar bir sport turining o’z tarixi, uning asosi va o’yinning kashfiyotchisi
xamda rivojlanish bosqichlari bo’lgandek, stol tennisining xam o’z tarixi va
rivojlanish bosqichlari bo’lib u o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Tarixiy ilmiy maqolalarda stol tennisining paydo bo’lish
va rivojlanish
bosqichlarida xar xil kelishmovchiliklar va qarama-qarshiliklar mavjud. Ba’zi
birlari bu o’yin Angliyada desa ba’zi birlari raketka va to’p bilan o’ynaladigan
o’yinlarni Yaponiya yoki Kitayda deb boshorat qiladilar.
Yaponiya va Kitay tarixi bunday sportning bo’lmaganligini ko’rsatdi.
Yevropa mamlakatlarida o’rta asrlarda to’p bilan o’ynaladigan katta tennis va
kichik tennislarga o’xshagan o’yinlar o’ynalganligi to’g’risida ma’lumotlar
bo’lgan.
XVI asrda Angliyada, Frantsiya mamlakatlarida to’p bilan o’ynaladigan
o’yin o’ynalgan bo’lib, belgilangan ma’lum qoidalari bo’lmagan.
Tarixiy matariallardan shu ma’lumki, 1874 yil Angliyalik Valpter Klopton,
Vingfilp shaxridan yangi tennis o’yin qoidasiga ko’pdan o’xshash yangi qoida
kashf qilib uni nomini