Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan (ommaviy axborot vositalari: jurnal, gazeta, televizor, radio audio-video yozuv, kompyuter) foydalana olish, media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zining qiziqishlariga ko‘ra qobiliyatlarini namoyon qila olish, shaxsiy gigiyena va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Yog‘ochning kimyoviy xossalari. Yog‘och asosan organik moddalardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy massasining 99 foizi turli yog‘och navlarining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi. Quruq yog‘och o‘rtacha 49 foizi uglerod, 44 foizi kislorod, 6 foizi vodorod, 0,1-0,3 foizi azoddan tarkib topadi. Yog‘och yondirilganda uning noorganik qismidan kul qoladi. Kulning tarkibiga kaltsiy, kaliy, natriy, magniy va b kimyoviy elementlar kiradi. Ushbu elementlar selyulloza, lignin kabi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi. Bundan tashqari yog‘ochning tarkibida kichik miqdorda smola, pektin, yog‘lar, va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin. Yog‘ochning fizikaviy xossalari. Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli(teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirda bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat. Rang – yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muxim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol-jigarrang ; qora qayin akatsiya- oq qizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och- qoramtir bo‘ladi. Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi. Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun laklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi. Yog‘ochning teksturasi. Randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyon bo‘ladi. Yog‘ochning hidi. Yog‘och undagi smolalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda xar-xil hidli bo‘ladi. Yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir xidli bo‘lib unda yuqoridagi moddalar ko‘p bo‘ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, igna bargli daraxtlar yanada o‘tkir hidli bo‘ladi. Yog‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib ketadi. Hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzulishiga ham bog‘liq. Yog‘ochning namligi. Namlik daraxtning hayoti va uning o‘sishi uchun kerak bo‘lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning o‘sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning qurishi. Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi. Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini, ya’ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigraskopik namlik deyiladi. Yog‘ochning nam tortib bo‘kishi. Agar quruq yog‘ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, hajmi, og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi. Yog‘ochning zichligi. Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqador bo‘lib, yog‘ochdagi nam bilan havo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam havo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi. Tovush o‘tkazuvchanlik deb yog‘och materiallarning tovushni o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘ochning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. Yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yicha tovush havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo‘yicha 3-6 marta tez o‘tkazadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Yog‘ochning issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar Suv, tuproq havo va boshqa muhitlardagi zararli mikroorganizmlar yog‘ochning sirti yoki oraliq tuqimalariga tushsa, ularning ta’siridan yog‘och chiriy boshlaydi. Shuning oldini olish uchun yog‘ochni quruq holda saqlash unga ayrim ximiyaviy moddalar shimdirish orqali chidamliligini oshirish yoki yog‘och sirtini aliflash, loklash hamda turli buyoqlar bilan bo‘yash kabi usullar qo‘llaniladi. Yog‘och ishqalanishga yaxshi chidamli emas. Shuning uchun turli asbob-uskunalarning ishqalanishiga uchrab ishlaydigan qismlarini yog‘ochdan ko‘ra chidamliroq bo‘lgan boshqa materiallardan tayyorlanadi. Qattiq yog‘och turlaridan biri bo‘lgan qayrag‘ochdan arava g‘ildiragining gupchash va boshqa qismlari yasaladi. Yog‘ochning qattiqligi unga boshqa qattiq jismning botishiga qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Yog‘ochning qattiqligini aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq yog‘ochlarga qoqiladi. Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi barcha talablarni vaqti bilan bajarib borish shart. Kuzatish usullari yog‘ochning sifatini belgilashdagi eng asosiy ko‘rsatkich undan tayyorlanmoqchi bo‘lgan buyum kattaligiga mos bo‘lgan sog‘lom qismi bor yoki yo‘qligini aniqlashdan iborat. Yog‘ochning ko‘ndalang va bo‘ylama qismlarini kuzatish orqali uning ichki qismlari chirimaganliga yoki boshqa turdagi zararlanishga uchramaganliga, hamda rangi va guldorligi qanday ekanligi aniqlanadi. Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning qattiq-yumshoqligi, zichligi, hamda xar turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi. Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini, tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali, aniqlanadi. Bunda har bir maqsad uchun ishlatiladigan eng qulay qattiqlikdagi yog‘och sifatli hisoblanadi. Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishini, undan imoratlar, ko‘priklar va shu kabilar qurishda asosan tajriba yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday tajriba va hisob kitoblar asosida xar bir maqsad uchun qanday yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlanadi. Yog‘ochning va yog‘och materiallarining qurishi jarayonida bukilib, buralib ketishi ularning ishiga yaroqliligini hamda sifatini pasaytirib yuboradi. Buning oldini olish uchun yog‘ochni quritish qoidalariga to‘liq rioya qilish lozim. Bulardan tashqari yog‘ochning sifatini uning zax va namligiga, suvda va zararli mikroorganizmlarga hamda yog‘ochni kemiruvchi qurtlarga chidamlilik darajasi bilan ham belgilanadi. Yog‘ochning shunday zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun unga xar turli ximiyaviy hamda ta’biiy moddalar shimdiriladi, uni loklanadi, bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |