Fan: Mehnat ta’limi (o‘g‘il bolalar)



Download 0,5 Mb.
bet28/73
Sana02.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#729593
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
7 sinf texnologiya ogilbollar

Yangi mavzu bayoni:

Konussimon yuzalarni ishlash silindrik yuzalarni ishlashdan keskichni surish yo‘nalishi bilan farq qiladi. Buning uchun stanok maxsus sozlanadi, ya’ni keskich markazlarning chizig‘iga parallel emas, balki ma’lum burchak ostida suriladi. Dastavval zagotovka silindr shakliga keltiriladi, keyin berilgan qiyalikda yo‘niladi. Qiyalik burchagining qiymati chizmada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Chizmada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uni berilgan o‘lchamlarga ko‘ra quyidagi formula yordamida hisoblab topish mumkin:
tg?= D-d/21,
bu erda: D - konusning katta diametri; d - konusning kichik diametri; a - konusning qiyalik burchagi. Konussimon buyum uning o‘lchamlariga asosan turli keskichlar yordamida yo‘nib yasaladi. Yo‘nilgandan keyin buyum tekis, silliqroq bo‘lishi uchun jilvirlanadi. Yog‘ochdan yo‘nish stanogida har xil usullar bilan shakldor yuzalar hosil qilish mumkin:
1. Reyer, mayzelni oldinga, ko‘ndalangiga surib, kesib ishlash yo‘li bilan.
2. Qirquvchi qirralari shakldor bo‘lgan keskichlar yordamida ishlash yo‘li bilan.
Odatda, ishlanuvchi detallar soni kam bo‘lgan vaqtlarda reyer va mayzelni ham bo‘ylamasiga, ham ko‘ndalangiga surib shakldor yuzalar hosil qilishda foydalaniladi. Shakldor keskichlar bilan asosan uzun (200-350 mm li) shakldor yuzalar ishlanadi.
Shakldor yuzalarni ishlash uchun maxsus andaza keskichlar yasaladi. Bunda ishlanadigan yuzalar aniq chiqadi va keskich shaklini oladi. O‘quv ustaxonalarida shakldor buyumlardan egov dastasi, yog‘och to‘qmoq, bolalar stolchasi va stulchasining oyoqlari, televizor tagligining oyoqlari tayyorlanadi. Shakldor yuzalarni ishlash uchun zagotovka oldin silindr shaklida ishlanib, keyin unda sferik, konussimon, silindrik va hokazo shakldor yuzalar hosil qilinadi. Konussimon va shakldor yuzalarni yo‘nish, ichki silindrsimon sirglarni yo‘nib kengaytirish. Yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga qarab, uni qanday moslama yordamida ishlash kerakligi va ularni o‘rnatish, tokarlik stanoklarida ishlatiladigan iskanalarni ishlatish usullari o‘rgatiladi. Markazlar yordamida silindr sirtlarni xomaki yo‘nishni o‘rgatishda yo‘nuvchi iskanani yog‘ochga nisbatan tutish va surish mashq qildiriladi. Buning uchun yo‘niladigan yog‘ochniig ikkala uchidan markazlar belgilanadi va parmalab uya (markaz o‘rni) ochiladi. Yog‘ochning shu uyalariga oldingi va ketingi babka markazlari o‘riatiladi. Dasta yordamida pinolni surib, ishlanadigan yog‘och markazlar orasiga o‘rnatiladi va u bo‘shab ketmasligi uchun pinolni ketingi babka korpusiga qotirib qo‘yiladi. Yog‘ochning to‘g‘ri va puxta o‘rnatilganligini tekshirish uchun uni qo‘l bilan aylantirib ko‘riladi. Shuningdek, uning erkin aylanishini ta’minlash maqsadida ketingi babka markaziga bir-ikki tomchi moy tomiziladi yoki solidol surtiladi. Yo‘nish vaqtida tirgak yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi va yo‘nish davomida u vaqti-vaqti bilan yaqinlashtirib boriladi. Yog‘och bilan tirgak orasidagi masofa uzoqlashsa, iskanani tutib turish qiyinlashadi. Xomaki yo‘nish yo‘nuvchi iskana - reyer yordamida bajariladi. Ularning eni 6 mm dan 60 mm gacha bo‘lib, nov shaklida bo‘ladi. O‘quv ustaxonalarida har bir stanokka xomaki yo‘nish uchun eni 30 mm atrofida bo‘lgan bitta va shakldor sirtlarni yo‘nish uchun eni 16,5 mm bo‘lgan ikkinchi yo‘nuvchi iskana bo‘lsa, kifoya. O‘quvchilar xomaki yo‘nishni mashq qilib, ma’lum malaka hosil qilganlaridan so‘ng ularga sirtlarni silliqlashni o‘rgatish kerak. Silliqlash qirquvchi iskana - mayzel ‘ yordamida bajariladi. Mayzellarning eni har xil o‘lchamda va yassi bo‘ladi. Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish ishlari bajarilganda tig‘ning o‘tmas. burchakli qismidan boshlab ko‘pi bilan 2/3 qismi kesishda ishtirok etadi, tig‘ning o‘tkir burchakli uchi yo‘nish vaqtida kesishda ishtirok etmasligi kerak. Aks holda tig‘ yog‘ochga botib, sirtning silliqligini buzadi. Qavariq sirtlar tig‘ning faqat o‘tmas burchakli qismi bilan yo‘nib hosil qilinadi. Qirqish esa faqat o‘tkir burchakli uchi bilan bajariladi. Qirqib tushirishda tig‘ yuqoriga qaratib tutib turiladi. Buyum yoki detal tayyor bo‘lgandan so‘ng ko‘ndalang qirqimlarni tekis qirqib tushirish uchun yog‘ochning ikkala uchi aniq o‘lchamli qilib qalam bilan rejalab olinadi. Rejalash stanok ishlab turgan vaqtda yoki shpiydelni qo‘l bilan aylantirib turib bajariladi. Qirqish vaqtida yog‘ochning yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab payraha chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib turiladi. Qirqishjarayoni yog‘ochning diametri 8-10 mm qolgunga qadar davom ettiriladi. Silindr sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab chizg‘ichidan olinadi, sirkul bilan rejalashda esa oldindan o‘lchamga sozlanib olinadi. Sirkul yordamida rejalash ko‘rsatilgan. Pog‘onali sirtlarni yo‘nishni silindr sirt uzunligiga qarab teng bo‘laklarga bo‘lib, rejalab olinadi. Yo‘nish eng kichik diametrli sirtdan boshlanadi, keyin navbati bilan katta diametrlisiga o‘tiladi. Silindr sirtlarda tik bo‘yinlar hosil qilinadi, bo‘yinning uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanadan foydalaniladi. To‘g‘ri burchakli o‘yiqlar hosil qilishda zagotovka o‘lchamlar asosida rejalanib, o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yiladi va reja bo‘yicha burchak ostida payraha chiqariladi. Ulariing chuqurligi kronsirkul yoki shtangensirkul bilan o‘lchanadi. Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar hosil qilishda zagotovka dastlab aniq o‘lchamlarda rejalab olinadi. Botiq sirtlar yo‘nuvchi iskana yordamida hosil qilinadi.


  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish