Fan: Marketing Iqtisodiyot


Marketing asosiy sub’ektlari tavsifi



Download 68,04 Kb.
bet3/5
Sana11.04.2022
Hajmi68,04 Kb.
#541771
1   2   3   4   5
Bog'liq
### Marketing Mustaqil ishi

3.Marketing asosiy sub’ektlari tavsifi.

Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketing sohasining mutaxassislari, olimlar, yirik kompaniyalar rahbarlari, menejerlar, iqtisodchilar va tadbirkorlar tomonidan marketingga turlicha o‘z ta’riflarini berishgan.


Bu bir tomondan “Marketing” tushunchasini juda murakkabligi hamda ko‘pqirraliligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan esa marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruxlari va jamoatchilikni mavjudligini ko‘rsatadi.
Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, marketing ta’rifini turlitumanligidan qat’i nazar, ularning ko‘pchiligi uchun marketing - bu haridorlarni aniq guruxlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi va shuningdek boshqa bir qancha umumiy qoidalar kiradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ularning barchasini mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol soxasini kompleks tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muxtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini 5 o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
Marketing fani korxonalarni (firmalarni) bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Bizning mamlakatimizda marketing xaqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning oltmishinchi yillarining o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy tarzda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish faqatgina XX asrning saksoninchi yillarining oxirida boshlandi.
Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda aktiv harakat qilishni taqozo etdi.
Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida marketing fanini o‘rganishga kirishishdi. Bugungi kunda mamalakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida uchraydigan muammolarni, ularga zamonaviy marketing tizimini samarali tashkil etish orqali vazifasi turibdi.
Marketing tizimi korxonalarni bozorga iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni foyda olinadigan bozorlar ulushiga ega bo‘lish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. Marketing strategiyasi-korxona imkoniyatlarining tahlili, maqsadlarni tanlash, rejalarni ishlab chiqish, marketing chora - tadbirlarini amalga oshirish va ularni ro‘yobga chiqarishni nazorat qilish jarayonidir. Zamonaviy sharoitlarda marketing integratsiyalashgan tizimga aylanishi kerak. Bu degani, tizim faoliyati natijasi yuqori bo‘lishi uchun, u faqatgina marketing bo‘limi faoliyatigina bo‘lib qolmay, u yoki bu darajada korxonaning barcha bo‘limlarini qamrab olishi lozim.
Korxonanig raqobatdosh bo‘lmog‘i uchun, faqatgina – marketing uning biznes – strategiyasini harakatga keltiruvchi kuch bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda zamonaviy biznesni asosiy muammosi bu tovarlar defitsiti emas, balki iste’molchilar defitsitidir. Shu sababli zamonaviy marketing tizimining asosiy vazifasi – bu mizojlar uchun zarur bo‘lgan qiymatni (iste’mol qimmatini) yaratish va mijozlar bilan foydali bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Demak, zamonaviy marketingni predmeti faqat mijoz uchun oliy iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovarni yaratish va mijozlar bilan foydali munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Marketing – bu alohida shaxslar va shaxs guruhlari muhtojligi va ehtiyojlarini tovarlar hamda iste’mol qimmatlari orqali ayrboshlashga qaratilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir. Zamonaviy marketing iste’molchilarni xohish va muhtojliklarini aniqlashdan boshlanib, ushbu korxona qaysi maqsadli bozorlarga samarali xizmat ko‘rsatib va ajoyib qimmatni taklif etib, ular asosan korxona maqsadli iste’molchilarni egallab hamda ushlab qolish, shuningdek, sonini ko‘paqtirishga erishish bo‘yicha qaror qabul qilishdir.
Agar korxona mazkur vazifalarni movaffaqiyatli yechsa, u ma’lum miqdordagi bozor ulushiga, foydaga va mijoz kapitalini egallashga erishadi. Hozirgi O‘zbekistonraqobat bozori sharoitida korxonalar amaliy faoliyatining muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan kiziqish keskin oshgan. Ammo, shu vaqtgacha ishbilarmonlar, tadbirkorlar orasida va jamiyatda marketing tizimi to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha xukmronlik qilmoqda.
Ular marketingni asosiy vazifasi, ishlab chiqarishning mahsulotini sotishga yordam berish deb biladilar. 7 Haqiqatda esa, hammasi buning aksidir, ya’ni ishlab chiqarish marketingga yordam berish uchun mavjuddir. Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni yengil sotish san’ati emas, balki u isti’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berish, uni hayotini yaxshilashga yordam berishdir.
Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanilmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun marketing kursi, bozor faoliyatini uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fandir. Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyatini tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarni bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. Marketing - bu aktiv assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir. Faqat marketing fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan raqobat tushunchasini to‘g‘ri yoritib beradi.
Bugungi kundagi shiddatli rivojlanish va kuchli raqobat sharoitida, biz raqobatni tushunib yetish va u mavjud hollarda ishlashni o‘rganishimiz zarurdir. Shu bilan bir qatorda marketing fani iste’molchi xulqini modellashtirish, tovarni sifatini, uning raqobatbardoshligi, rag‘batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.
Marketing fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni ularni u yerda namoyon bo‘lib harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. Shu tufayli, barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimiz 8 sohasi sifatida qabul qilib, u yerda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak. Shuni qayd etish lozimki, marketing bo‘yicha xorijiy tajribani bizning korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda cheklangandir.
Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emasdir.
Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmadagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot bilan bog‘liq xolda yoritishga harakat qilindi. Ushbu risolaning tarkibiy tuzilishi va unda yoritilgan hamma mavzular «Marketing» fanining predmeti, o‘qitish uslubi va unga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda, mantiqiy rasmlar, jadvallar, tayanch iboralar hamda testlar ko‘rinishida berilgan.
Shu sababli ham, ushbu o‘quv qo‘llanmadan “Marketing” fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliyot darslari hamda talabalarning mustaqil ishlarini yanada chuqur o‘zlashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyasining turli uslublarini qo‘llagan holda foydalanish mumkin.



Download 68,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish