Uslub: Og`zaki va yozma bayon etish,(aralash)
Dars turi:Yangi bilim beruvchi:
Shakl:Guruhlarda va yakka tartibda ishlash:
Usul:”Aqliy hujum”,Og`zaki so`rov, savol-javob, debat, 7 qadam, klaster.
Jihoz:Dunyo va O`zbekiston siyosiy xaritasi, tarqatma manbalar, doska va bo`r
Dars jarayonining bosqichlari
I.Tashkiliy qism. 3 daqiqa
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 8 daqiqa
V.Baholash.Dars yakuni. 2 daqiqa
VI.Uyga vazifa 2 daqiqa
Dars bayoni
I.Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, psixologik iqlim yaratish;
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: Test:
1. AQSHda sanoat inqilobi qachon boshlandi?
A) XIX asr 30-yillarida B) XIX asr 50-yillarida C) XVIII asr 90-yillarida D) XVIII asr 70-yillarida
2. Amerikalik oq tanli fermer Jon Braun qayerda qullar qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rgan edi?
A) Filadelfiyada B) Virginiyada C) Vashingtonda D) Kaliforniya
3. Jon Braun otriadi qancha kishidan iborat bo‘lgan?
A) 55 ta B) 31 ta C) 13 ta D) 22 ta
4. Avraam Linkoln nechanchi yillarda yashagan?
A) 1803-1866-yillar B) 1811-1865-yillar C) 1809-1867-yillar D) 1809-1865-yillar
5. AQSHda fuqarolar urushi qachon boshlandi?
A) 1861-yil 11-mayda B) 1861-yil aprelda C) 1860-yil dekabrda D) 1860-yil 9-martda
6. Abolitsionistlar kimlar?
A) Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari B) Amerikada oq tanlilar manfaati himoyachilari
C) Respublika tuzumi tarafdorlari D) Qullarga siyosiy huquq berilishi tarafdorlari
7. AQSHning shimolidagi hududlar xo‘jaligi ancha rivojlangan bo‘lib, uning asosini qaysi xo‘jalik tashkil qilgan?
A) kapitalistik ishlab chiqarish B) qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik
C) fermer xo‘jaligi D) savdo-sotiq
8. Qullar qo‘zg‘olonini ko‘targan Jon Braun otriadida nechta qora tanli kishi bo‘lgan?
A) 9 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 11 ta
9. 1866-yil AQSH konstitutsiyasiga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra …
A) butun mamlakatda qulchilik bekor qilindi
B) oq tanlilar bilan qora tanlilar bir xil fuqarolik huquqiga ega bo‘ldi
C) yangi ozod bo‘lgan qullarga yerlar berildi
D) hindular AQSH fuqaroligi tan olindi
10. Abolitsionist so‘zining ma’nosi nima?
A) inglizcha – bekor qilish B) lotincha – og‘dirib olish
C) inglizcha – qullikka qarshi D) yunoncha – o‘zgartirish, almashlash
11. AQSHda qabul qilingan Gomstedlar to‘g‘risidagi qonunning mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) qora tanlilar oq tanlilar qanday fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalar, ularga ham shunday huquqlar berilishi to‘g‘risidagi qonun
B) G‘arbdagi bo‘sh yotgan katta yer jamg‘armasini fermer xo‘jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo‘lib berish to‘g‘risidagi qonun
C) hindularni qul qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun
D) Afrikadan qul olib kelib sotushni taqiqlash va qulchilikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun
12. AQSHda qullik bekor qilingan yilni aniqlang.
A) 1865-yil B) 1866-yil C) 1870-yil D) 1863-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |