Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1



Download 0,64 Mb.
bet141/149
Sana08.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#168404
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

III.Yangi mavzu bayoni:

Mustaqillik yillarida AQSHda sanoat tez sur’atlar bilan rivojlandi. XIX asrning 30-yillarida AQSHda sanoat inqilobi boshlandi. AQSHda xo’jalik yuritishning ikki tizimi uzoq vaqt davom etib keldi. Fermerlar xo’jaligi rivojlangan shimoliy shtatlarda qulchilik XIX asrning boshlaridayoq bekor qilindi. Janubiy shtatlarda esa qulchilikka asoslanuvchi plantatsiya xo’jaligi hukmronlik qilardi. Janubning tabiiy sharoitlari paxta yetishtirish uchun qulay edi. Buyuk Britaniya va AQSHning o’zidagi sanoat o’zgarishi munosabati bilan paxtaga talab tobora ortib borgan. Buyuk Britaniya fabrikalari AQSHdan paxta xarid qilishni ko’paytirib borganlari sari qullarni ekspluatatsiya qilish kuchaydi. Bu zulm shafqatsizligi jihatidan krepostnoylikning eng ayanchli shakllaridan ham dahshatli edi.

Oq tanli ko’pgina kishilar- ishchilar, fermerlar, ziyolilarning ilg’or qatlamlari qulchilikning bekor qilinishi uchun kurash olib bordilar. Shu tariqa abolitsionistlar harakati vujudga keldi. AQSHda qulchilikka nafrat bilan qarovchi kishilar soni tobora ortib bordi. 50-yillarning oxirlarida atoqli abolitsionist, oq tanli fermer Jon Braun Virgjniyada qullar qo’zg’olonini ko’tarishga urinib ko’rdi. U Allegan tog’ida mustahkamlanib olib, bu yerdan qo’zg’olonni plantatsiyalarga yoyishni umid qilgandi. Braun otryadi uning o’zini, uch o’g’li va ikki kuyovini qo’shib hisoblaganda 22 kishidan iborat bo’lgan. Otryadda 5 nafar qora tanli kishi ham bor edi. Yomg ‘irli tunda u qurol-yarog’lar saqlanadigan kichik omborni bosib olishga muvaffaq bo’ldi. So’ngra Braun qo’shni plantatsiyalardagi qullarni ozod qilish va quldorlarni garov sifatida qo’lga olish uchun o’z odamlarini yubordi. Ammo Braun umumiy qo’zg’olon ko’tarishga muvaffaq bo’lolmadi. Vashingtondan kelgan qo’shin Braunning deyarli butun otryadini qirib tashladi. Og’ir yarador bo’lgan Braun qamoqqa olindi va osib o’ldirishga hukm qilindi.

Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham to’la shakllanib bo’lgan edi. Respublikachilar prtiyasining vakili A. Linkolnning qullikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg’or qismi qo’llab-quvvatladi. 1860-yilgi saylovda u g’alaba qozondi. Uning prezidentlikka saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukmronligiga barham berdi. Janub plantatorlari saylovda mag’lubiyatga uchragan Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi edi. Shuning uchun o’zlarining qulchilikka asoslangan alohida davlatlarini tuzishga kirishdilar.

1861-yilning aprel oyida shimolbilan janub o’rtasida fuqarolar urushi boshlandi. 1863-yilda qullik bekor qilindi. 1865-yilning aprelida urush shimolning g’alabasi bilan tugadi. Biroq reaksion kuchlar A. Lin­kolnni yollanma qotil qo’li bilan otib o’ldirishga muvaffaq bo’ldilar. Biroq bu qotillik qulchilikni bekor qilishga to’s­qinlik qila olmadi.1865-yilda AQSH Kongressi tomonidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi.

Urushda shimolning erishgan g’alabasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. G’alaba mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Qulchilik bekor qilindi va gomstedlar to’g’risida qonun qabul qilindi.Tarixiy g’alaba sanoat to’ntarishini tezroq tugallash va Amerika sanoatining o’sishi uchun sharoit yaratdi.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish