Fan: Jahon tarixi Sinf 8 Dars – 1



Download 0,64 Mb.
bet137/149
Sana08.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#168404
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
Bog'liq
8 jahon 2019 yana

III.Yangi mavzu bayoni:

Podsho Rossiyasida krepostnoylik tartiblari jamiyat tarqqiyotiga katta g’ov bo’lib qoldi.G’arbiy Yevropa davlatlarida va AQSHda mashinalashgan sanoat ishlab chiqarish rivojlanayotgan bir davrda, Rossiyada hamon manufaktura ishlab chiqarishi hukmron edi. Faqat XIX asrning 30-yillaridan e’tiboran mashinalar ishlab chiqarishga joriy etila boshlandi.Sanoat to’ntarishi XIX asrning 90-yillaridagina tugallandi.

1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushida erishilgan g’alabadan keyin ham podsho Rossiyasida mavjud boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Mavjud holat podsho Rossiyasining ilg’or fikrli kishilarini qayg’uga soldi. Ular Vatanlarini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko’rishni istaganlar. Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlaganlar. Bu kurash podsho Rossiyasi tarixida “Dekabristlar harakati” nomi bilan kirgan. Dekabristlar 1821-1822-yillarda ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar. Ulardan biri, «Janubiy jamiyat», ikkinchisi, «Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini yaratdilar. «Janubiy jamiyat»ning ko’zga ko’ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi, Borodino jangida ko’rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan P.I.Pestel (1793-1826) edi. U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyihada samoder­javiyeni, krepostnoy huquqini yo’q qilish va Rossiyada Respublika idora usuli joriy etish ko’zda tutildi. Hamma fuqarolar uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq Vechesi»ning Rossiya parla­menti bo’lishi belgilandi. «Shimoliy jamiyat»da N. Muravyov tayyorlagan konstitutsiya loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni ko’zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan 2 palatali Xalq Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organi (parlament) bo’lishi kerak edi. Dekabristlar qo’zg’olonga tayyorlana boshladilar. Qo’zg’olon vafot etgan podsho Aleksandr I o’rniga Nikolay I ni taxtga o’tqazilishi marosimi o’tkaziladigan kunga belgilandi. Qo’zg’olon dekabristlarga sodiq harbiy qism tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. Aslida bu davlat to’ntarishi degani edi.

Qozg’olon 1825-yilning14-dekabr kuni boshlandi, biroq qo’zg’olon muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U podshoga sodiq harbiy kuchlar tomonidan bostirildi. Dekabristlar harakatining rahbarlaridan 5 kishi, shu jumladan, P. Pestel va N. Muravyovlar ham osib o’ldirildi. Ko’pchiligi katorgaga yuborildi va Sibirga surgun qilindi. Biroq dekabristlar harakati behuda ketmadi. Ular ilgari surgan g’oyalar Rossiya jamiyatining ilg’or qatlamini uzoq vaqtgacha samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurashga ilhomlantirib keldi.

Dekabristlar qo’zg’oloni bostirilganidan so’ng mamlakatda reaksiya kuchlari yanada faollashdi. Yangi podsho Nikolay I (1825-1855) butun kuch-g’ayratini samoderjaviye tuzumini mustah­kamlashga qaratdi. U butun mamlakatni ulkan bir kazarmaga aylan­tirishni istar edi. Nikolay I ga hamma yoqda inqilob sharpasi ko’ringanday tuyulardi. U bunday degan edi: «Inqilob Rossiya ostonasida turibdi. Ammo qasam­yod qilib aytamanki, tanamda jonim bor ekan, inqilob Rossiyaga kira olmaydi». U umrining oxirigacha shu qasamiga sodiq qoldi va zo’ravonlikka asoslangan hokimiyat apparatini kuchaytirdi. Hatto inqilobiy harakatga qarshi kurash olib boruvchi maxsus bo’lim ham tuzildi. Norozilik bildirishning, erkin fikr yuritishning zarracha ko’rinishi, hukumatni salgina bo’lsa-da tanqid qilish shavqatsiz ravishda ta’qib etildi.

1853-1856-yillardagi podshoRossiyasi Turkiya-Rossiya urushida mag’lubiyatga uchradi. Mag’lubiyat inqilobiy harakatning o’sishiga ham turtki bo’ldi.Mamlakatda vujudga kelgan kuchli norozilik to’lqinini bostirish maqsadida Rossiya podshosi Aleksandr II 1861-yilning 19-fevralida krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to’g’risidagi qonunni imzoladi. Bu qishloqda tub islohot amalga oshirilishini anglatar edi. Qonunga ko’ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan ozod bo’ldilar. Pomeshchik bundan buyon dehqonlarni sotib olishga, sotishga yoki boshqa birovga hadya qilishga haqqi yo’q edi. Dehqon endi pomeshchikning ruxsatisiz oila qurishga, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzishga, ko’chmas mulk sotib olishga va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo’ldi. Hukumat dehqonlarni yer berib ozod qilishga majbur bo’ldi. Shunday qilinmasa xalq yalpi g’azabga kelishi mumkin edi.

Rossiya ham boshqa buyuk davlatlar qatori bosqinchilik urushlarini olib bordi. Xususan, XIX asrning dastlabki 30 yili ichida Bessarabiya va Kavkazorti bosib olindi. Shimoliy Kavkazni ham to’la bo’ysundirish uchun yana 30 yil urush olib borishga majbur bo’ldi. Dog’iston, Chechen va Adigeyning tog’lik xalqlari rus qo’shiniga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Tog’liklarning podsho Rossiyasiga qarshi mustaqillik uchun kurashiga 25 yil davomida Shomil rahbarlik qildi. U aqlli va jasur hukmdor edi. 1859-yildagina Shomil qo’shini tor-mor etildi. 1864-yilda esa butun Kavkaz Rossiya tarkibiga kiritildi.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish