*Teror-(lotincha-qo`rqinch, dahshat) raqiblarni yoqotish yoki qo`rqitish, aholi o`rtasida vahima keltirib chiqarish.
Rusni birlashtirishning tugallanishi. Siz VII sinf «Jahon tarixi» darsligidan Rusning 240 yil davomida Oltin O 'rdaga qaram bo 'lib kelganligini, bu qaramlik 1480- yilda barham topganligini bilib olgan edingiz.Sohibqiron Amir Temurning Rusning ozod bo'lishi omilining tezlashuviga qo'shgan hissasi haqida nimalar yodingizda qolgan?Moskva knyazligi rahbarligida mustaqillikdan so'ng ham Rusni birlashtirish jarayoni davom ettirildi. 1485- yildan boshlab Moskva knyazi Ivan III butun Rus hukmdori unvonini qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo'ldi. Nihoyat, 1521-yilda yagona, markaz lashgan, poytaxti Moskva shahri bo'lgan Rusni birlashtirish to`la nihoyasiga yetkazildi.Markazlashgan Rossiya davlatining tashkil topishi katta tarixiy ahamiyatga ega hodisa edi. Avvalo, endilikda Rossiya o'zini tashqi hujum xavfidan himoya qila oladigan bo'ldi. Ikkinchidan, markazlashish xalq xo'jaligi va madaniyatning tezroq rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Mahalliy biqiqlik barham topdi. Mamlakat turli qismlarining o'zaro aloqalari kuchaydi. Rossiya Yevropa davlatlari orasida muhim o'rin egalladi.Rossiya podshosi Ivan IV. 1547- yilda Rossiya tarixida o'ziga xos voqea yuz berdi. Rossiyada ichki nizolar, boshboshdoqliklar kuchayib ketgan bir davrda Rus pravoslav cherkovining boshlig'i mitxopolit Makariy vafot etgan Buyuk knyaz Vasiliy IH ning o 'g 'li Ivan IV ga Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydirdi. Bu voqea juda katta xalqaro ahamiyatga ega bo 'ldi. Chunki Rusda uzoq yillar davomida faqat Oltin O 'rda xonlari podsho deb atalib kelingan.Rus davlati hukmdorlari esa bu davrgacha Buyuk knyaz deb atalib kelingan. Ivan IV ga podsholik unvonining berilishi uni G'arbiy Yevropa davlatlari qirollari bilan bir qatorga qo 'ydi. Yosh podsho Ivan TV o 'z huzurida «Saylanma rada» deb ataluvchi maslahat kengashini tuzdi. Ivan IV ichki siyosatining vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeini zaiflashtirishdan iborat edi. Shu maqsadda 1549- yilda Ivan IV feodallar turli qatlamlari valdUarining birinchi yig'ilishini -Zemstvo soborini chaqirdi. Keyinchalik bu sobor ishida shaharlarning savdogar (posad kishilar) shuningdek qaram dehqonlardan (chernosot) ham saylangan vakillar qatnashadigan bo`ldi.Yodda tuting!