Oprichnina-podsho hokimiyati dushmanlarini zo`rlik va terror vositalari bilan bostirishga urinish siyosati.
XVII asr Rossiya iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyati. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar pay do bo' la boshladi. Bu, avvalo, tovar ishlab chiqarishning, ya'ni bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida namoyon bo'ldi.
Shahar hunarmandchiligi yoppasiga mayda tovar ishlab chiqarishga aylana boshladi. Mamlakat ehtiyoji uchun zarur mehnat qurollari ishlab chiqarishga mo'ljallangan manufakturalar vujudga keldi. Endi hunar- mandlar buyurtmaga ishlashdan bozor uchun ishlashga o'tdilar. Ayni paytda o'zlari ham bozordan xomashyo sotib oladigan bo'ldilar. Bu jarayondan qishloq xo'jaligi ham chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng zarur narsa - g'alla hamma yerda tovarga aylandi. Ayrim pomeshchiklar (feodallar) qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi bilan shug'ullana boshladilar. Krepostnoylardan endi obrok mahsulot bilan emas, balki pul bilan ham olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar natural xo 'jalik negizlariga zarba bera bordi.Rossiya tarixida XVII asr shaharlarning rivojlanishi boshlangan asr hamdir. Shaharlar tobora mamlakatning savdo-sanoat markazlaiiga aylana bordi. Ular orasida Novgorod, Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorodva boshqalar ajralib turardi. Eng katta shahar Moskva bo'lib, unda hunaimandcMlikning 250 turi bilan shug 'ullanilar edi. Hunaraiandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga va bu, o 'z navbatida, turli viloyatlar o 'rtasida xo 'jalik aloqalarining kengayi- shiga olib keldi. Bu esa, oxir-oqibatda hunarmandlarning bozorga qaramligini oshirdi. XVII asrda Rossiyada manufakturalar ham paydo bo 'ldi. Bular birinchi bo 'lib qora metallurgiya sohasida paydo bo 'lgan manufakturalar edi.Manufaktura ishlab chiqaiishi mehnat unumdorligining o 'sishiga olib keldi. Savdogar, davlat, podsho xonadoni va ayrim yirik pomcshchiklar ham manufaktura egalaii edilar.XVII asrda tashqi savdo hamrivojlanaboshladi. Astraxan (Ashtarxon) va Arxangclsk shaharlari mamlakat tashqi savdosida muhim rol o 'ynadi.
Boltiq va Qora dengizga chiqish imkoni bo 'lmagan Rossiya dengiz savdo flotiga ega emas edi. Shuning uchun ham (i'arbiy Yevropa davlatlaii bilan savdo-sotiq ishlari Buyuk Britaniya va Gollandiya savdogarlari vositachiligida amalga oshirilardi. Shunga qaramay, davlat Rossiya savdogarlarining manfaatini chet el savdogarlaridan himoya qilishga qaratilgan qator choralami ko'rdi. Chunonchi, 1667- yilda «Yangi savdo Nizomi» joriy etildi. Unga ko'ra, chet el savdogarlarining rus bozorlarida chakana savdo qilishlari taqiqlandi.
Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham asta-sekinlik bilan bo'lsa- da, yangi - kapitalistik munosabatlar shakllana bordi.
Ichki savdoning rivojlanishi oxir-oqibatda butun Rossiya yagona ichki bozorining tarkih topishiga olib keldi.Biroq Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda (i'arbiy Yevropa mamlakat- laiidan orqada edi. Bunga krcpostnoylik tartihl aiining tobora mustahkam- lanishi asosiy sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |