Fan Geometriya Sinf



Download 146,25 Kb.
bet3/3
Sana03.09.2021
Hajmi146,25 Kb.
#163086
1   2   3
Bog'liq
Geometriya8

Darsning blok-chizmasi



Darsning bosqichlari

Vaqt taqsimoti

Usullar va faoliyat tavsifi

1.

Tashkiliy qism

4 daqiqa

Suhbat, o’qituvchi kirish so’zi,

“Kun hikmati” tahlili



2.

Uy vazifasi nazorati

2 daqiqa

“O’z-o’zini nazorat” orqali

3.

O’tilgan mavzuni takrorlash

7daqiqa

Gurhlarga bo’linib ishlash, noan’anavi test, savol-javob

4.

Yangi mavzuni yoritish


14 daqiqa


Aqli hujum, ma’ruza-suhbat, “amaliy izlanish” topshirig’i orqali

5.

Yangi mavzuni mustahkamlash

13 daqiqa

Aqliy hujum, masalalar yechish

6.

Darsga yakun yasash va baholash.

3 daqiqa

O’qituvchi xulosasi, baholarni jurnalga tushish

7.

Uyga vazifasi berish.

2 daqiqa

Taqdimotda yoziladi


Mavzu: Rombning yuzi.

Dars maqsadi

1.Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga romb yuzini uning balandligi va tomoniga ko’ra, dioganallariga ko’ra hisoblash formulasini o’rgatish. Romb yuzini hisoblashga oid masalalarni yechish ko’nikmasini shakllant

2.Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilardi hamkorlikda ishlash orqali o’zaro hurmat, bir-birini tinglash ko’nikmasini shakllantirish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad:Bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish. Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlari va mantiqiy fikrlash darajasini kengaytirish

Dars turi:Yangi bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars uslubi: Noan’anaviy dars,

Dars jihozi:AKT vositalari, A4 formatli qog’oz, rangli qog’oz va qalam, qaychi, chizg’ich, rag’bat kartochkalri, marker, yelim.

Darsdagi asosiy tayanch tushunchalar:Romb, rombning balandligi, romb balandligi va tomoniga ko’ra yuzi formulasi, dioganallariga ko’ra yuzi formulasi

Darsda o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar:Rombning balandligi va tomoniga ko’ra yuzi formulasi, dioganallariga ko’ra yuzi formulasi, yuzaga oid masalar yechish.

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism.a) O’quvchilar bilan salomlashish; b) yo’qlamaqilish; c) sanavamavzuni, kunhikmatinitaqdimotorqalidoskagatushirish;

Matematika darslarida “Kun hikmati” kiritib qisqacha tahlil etib o’tish dars-ning tarbiyaviy jihatini oshiradi. Mavzuga oid matematik atamalrning inglizcha lug’atini ham keltirib o’tishimiz mumkin.

Pashsha yopirilsa zo’r filni yengar, Salobatli polvon johilni yengar. Chumoli birlashsa ittifoq bo’lib, Arslon terisin olajak shilib. Sa’diy Sheroziy.

d) Jurnalga sana va mavzuni yozish. Bu paytda o’quvchilar daftarga sana, mavzu va kun hikmatini yozib olishadi



II. Uy vazifasi nazorati.Uy vazifasiga berilgan masala javobi taqdimotning 2-betida tayyorlanadi. 303-masala javobi 1)368 sm2; 2)10 dm2; 3)2,145dm2 yoki 214,5 sm2; 4) 3,5 sm2. 304-masala javoblari a) SABS =4,5 kv.birlik; b) SABS = 3 kv. birlik; d) SABS = 4,5 kv. birlik.O’quvchilar masalalarni javoblariga qarab tekshirib olishadi. O’qituvchi ulardan Hammasini to’g’ri ishlagan, 1 va 2 xato-likka yo’l qo’ygan , 3ta va undan ko’p xatolikka yo’l qo’ygan o’quvchilarni aniqlab oladi. Umuman uy vazifasi ishlamagan o’quvchilar aniqlanadi. O’quvchilarning uy vazifasi yuzasidan savollariga javob beriladi.

III. O’tilgan mavzuni takrorlash.O’quvchilar 5 ta guruhga ajratiladi. Bunda 30 ta o’quvchi 1 dan 5 gacha raqamlangan kartochkalarni tasodifiy tanlash usuli bilan gu-ruh raqamini aniqlashadi va shu guruhga ajratilgan joyga borib o’tirishadi.(afzallik to-moni: bunda o’quvchilar o’rtasida ziddiyat kelib chiqmaydi, keyingi darslarda guruh-dagi o’quvchilar o’zgarib turadi va sinfdagi barcha o’quvchilar o’rtasida do’stona mu-nosabat shakllanadi)Oldingi darsimizda qaysi mavzu o’tilganligi o’quvchilardan so’-raladi. “—Uchburchakning yuzi mavzusi”. Bu mavzuni mustahkamlash uchun guruh-larga quyidagi topshiqiqlar beriladi:

1-topshiriq. Quyidagi shakllar har bir guruhga tarqatiladi(shakllar och tusdagi rangli qog’ozdan qirqib olinadi va oldindan tayyorlanadi). O’quv-chilar har bir shaklga uning yuzini hisoblab topish formulasini yozishadi




S=ab To’g’ri to’rtburchak

S=ahParallelogramm
To’g’ri burchakli uchburchak Ihtiyoriy uchburchak

S= ab S= ah


2-topshiriq.Quyidagi test beriladi. (to’g’ri javoblar 1- C, 2-E, 3- D, 4- B, 5-A)

Berilgan jumlada nuqtalar o’rniga mosini topib qo’ying

1.

Uchburchak o’rta chizig’i va balndligi ko’paytmasi…

tengdoshdir

A

2.

Ikita uchburchak yuzalarining nisbati…

asoslari nisbati kabidir

B

3.

Asoslari teng bo’lgan ikki uchburchak yuzalarining nisbati…

uning yuziga teng

C

4.

Balandliklari teng bo’lgan uchburchak yuzalarining nisbati…

balandliklari nisbati kabidir

D

5.

Asoslari va balandliklari teng bo’lgan ikki uchburchak…

asoslari bilan balanliklari ko’paytmasining nisbati kabidir.

E


Topshiriqlarni o’quvchilar tomonidan taqdimotdagi javoblarga qarab guruhlar ishlarini almashgan holda tekshirib chiqishadi. Natijalar asosida rag’bat kartochkalri beriladi.

IV.Yangi mavzu bayoni.Aqliy hujum uyushtiriladi:

— Qanday geometrik shakl romb deyiladi?Savolning javobidan rombparallelo-grammning xossalariga ega ekani esga olinadi va romb yuzasi uchun S=ah formula keltiriladi. Bizga ma’lumki rombning hamma balandliklari o’zaro teng. Romb-ning yuzini dioganallari yordamida ham hisoblash mumkin.



Teorema. Rombning yuzi uning dioganallari ko’paytmasining yarmiga teng

S= d1d2Isbot. O’quvchilar bilan birgalikda amaliy tarzda olib boriladi.Har bir guruh birgalikda yoki har bir o’quvchining o’zi bajaradi. A4 formatli bir varaq qog’oz olinadi. Qog’oz chekkasidan uning eni va bo’yini turli rangdagi flamaster bilan belgilab chiqamiz va teng to’rtta bo’lak qilib buklaymiz. Hosil bo’gan to’g’ri fo’rt-burchakni yana dioganali bo’ylab bukamiz( bunda bo’yalgan tomonlar dioganal ajratgan bitta yarim tekislikda qolsin). Dioganal bo’yicha qog’ozni qirqamiz, bizda bitta romb va to’rtta to’g’ri burchakli uchburchaklar hosil bo’ldi. Endi bu uchburchaklarni romb ustiga shunday joylashtiramizki natijada tengdoshshakllar hosil bo’ladi. Xulosa chiqa-rishni o’quvchilardan so’raymiz. Qog’oz yuzi S=ab edi hosil bo’lgan bitta romb yuzi S= ab gateng bo’ldi, romb diametrlari esa a va b ga teng bo’ldi, ya’ni a=d1, b=d2

Bundan ushbu formulaga ega bo’lamiz S= d1d2

VI. Mavzuni mustahkamlash.Darslik yopib qo’yiladi, guruhlarga bu formulani boshqacha usulda keltirib chiqarish topshiriladi. Yo’llanma beriladi: d1 diametr rombni teng ikita uchburchakka ajratib turibdi, d2esa bu uchburchaklaruchun balandlik, romb yuzini hisoblang. Topshiriqni to’g’ri bajargan guruhlar aniqlanadi.

Masalalar yechishga 10 daqiqa beriladi Shu vaqt ichida to’g’ri yechilgan masalalar ucnun guruhlarga 1tadan rag’bat berib boriladi. Qiyinroq masalalarda o’qituvchi yo’llanma berib boradi.



VI. O’quvchilarni baholash. Guruhlar olgan rag’batlar sanaladi va g’olib guruh aniqlanadi. Darsdagi ishtiroki, uy vazifasini qay darajada bajarganligi, intizomiga qarab o’quvchilar baholanadilar.

VII. Uy vazifasi berish.313-315 masalalar.
Download 146,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish