Proporsional kesmalarni yasash
8-sinfda proporsinal kesma tushunchasi, Fales teoremasi va uning teoremalarni isbotlashda hamda masalalarni yechishda tatbiqlari bilan tanishgan edik. Quyida Fales teoremasining umumlashmasidan iborat bo’lgan muhim xossasini isbotlaymiz.
Teorema. Burchakning har ikkala tomonini kesib o’tgan parallel to’g’ri chiziqlar uning tomonlaridan proporsional kesmalar ajratadi.
Isbot. C1 va C2 nuqtalardan AB ga parallel C1A1 va C2A2 to’g’ri chiziqlarni o’tkazmiz. U holda, birinchidan, 1 = 2 = 3 bo’ladi, chunki ular o’zaro parallel bo’lgan AB, C1A1 va C2A2 to’g’ri chiziqlarni AC kesganda hosil bo’lgan mos burchaklardir. Ikkichidan, 4 = 5 = 6, chunki ular tomonlari parallel bo’lgan burchaklardir.
ABDemak, uchburchaklar o’xshashligining BB alomatiga ko’ra 1C1, C1C2A1C, 2C3A2 bo’ladi.
U holda (1)
tengliklarni hosil qilamiz.
Bundan tashqari, B1C1A1A2 va B2C2A2B3 to’rtburchaklar parallelogramm, chunki
B1C || B2C2 || B3C3 – shartga ko’ra
AB || C1A1 || C2A2 – yasashga ko’ra.
Shuning uchun, bu parallelogrammlarning qarama-qarshi tomonlari o’zaro teng bo’ladi:
C1A1 = B1B2 va C2A2 = B2B3. (2)
(1) va (2) tengliklardan bo’lishi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |