Fan: Geografiya Sinf: 6 Mavzu



Download 220,01 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi220,01 Kb.
#16227
Toshkent viloyati

Piskent tumanidagi

20-UO`T maktabining

Geografiya fani o`qituvchisi

Matmusaeva Xotiraning

6-sinfi uchun tayyorlagan

bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi


c41-13.jpg

Fan:Geografiya

Sinf:6

Mavzu: Yevroosiyoning geologik tuzilishi

Vaqt:45 daqiqa

Dars nomi: yevroosiyoga sayohat

Maqsad: O`quvchilar:

• Yevroosiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi haqida ma`lumot oladilar;

• o`quv atlasi va xarita bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradilar;

• hamkorlikda ishlash ko`nikmalarini rivojlantiradilar.



Jihozlar: har bir guruh uchun 6-sinf o`quv atlasi, 1 ta dunyo tabiiy xaritasi va 2,3-guruhlar uchun ilova, topshiriqlar yozilgan kartochkalar.

Dars jarayoni:

1. o`qituvchi avvalgi darsda o`tilgan “Yevroosiyoning tabiiy-geografik o`rni, o`rganish tarixi” mavzusi yuzasidan o`quv suhbati o`tkazadi:

• yevroosiyo materigida qaysi davlatlar joylashgan?

• Materikni qaysi okeanlar o`rab turadi?

• yevroosiyo materigini qaysi sayohatchi-olimlar va sarkardalar o`rgangan?

O`qituvchi o`quvchilar javoblarini umumlashtiradi va yangi mavzu bilan bog`laydi.

2. O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi va sinf o`quvchilarini 5-6 kishilik guruhlarga ajratadi hamda har bir guruh uchun kerakli jihozlarni tarqatadi. 3 daqiqa

Guruhlar uchun topshiriqlar. 12 daqiqa




1-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Dunyo geologik xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi harakatdagi vulqonlar va zilzila bo`lib turadigan hududlarni aniqlang. Ularning nomini ishchi daftarga yozing. Bu vulqonlar va zilzilalar qaysi davlatlar hududida joylashgan? Sizningcha bu hududdagi odamlar turmush tarziga vulqonlar va zilzilalar qanday ta`sir ko`rsatadi?

2-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Dunyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi foydali qazilmalarni aniqlang va ulaning nomini ishchi daftarda turlarga ajrating(1-ilovaga qarang). Foydali qazilmalarning qaysi birlari zahiralari cheklangan? Bu qazilmalarning qaysi biridan siz kundalik turmushda foydalanasiz? Ulardan foydalanishda qanday qoidalarga rioya etish kerak deb o`ylaysiz?



3-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Yevroosiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi tog`larni aniqlang va ularning nomini ishchi daftarga yozing. Shu tog`larni guruhlaga ajrating(2-ilovaga qarang).Tog`larni Yeroosiyo materigida joylashgan davlatlarning iqtisisodiyoti qishloq xo`jaligi uchun ahamiyati nimada, deb o`laysiz?

4-guruh. . 6-sinf o`quv atlasidagi Yevroosiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, Yevroosiyo materigidagi tekisliklarni aniqlang va ularning nomini ishchi daftarga yozing. Shu tekisliklarning Yevroosiyo materigida joylashgan davlatlarning iqtisodiyoti, qishloq xo`jaligi uchun ahamiyati nimada, deb o`ylaysiz?

5-guruh. 6-sinf o`quv atlasidagi Yeroosiyo siyosiy xaritasidan foydalanib, O`zbekiston Yevroosiyo materigida joylashgan qaysi davlarlar bilan o`zaro bog`liq bo`lishi mumkinligini aniqlang va shu davlatlarni nomini ishchi daftarga yozing. O`zbekiston shu davlatlar bilan qaysi sohalarda aloqa qiladi? Kundalik turmushimizda Yeroosiyo mamalakatlarida ishlab chiqarilgan qaysi mahsulotlaridan foydalanamiz?

Taqdimot. Har bir guruhdan 1 o`quvchi guruh ishini taqdimot qiladi va o`z guruhi bilan birgalikda boshqa o`quvchilar savollariga javob beradi.

Muhokama:

• Mashg`ulot sizga yoqdimi? Nima uchun?

•Nimalrni bilib oldingiz?

• Guruhda qanday ishladingiz?

• Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklar bo`ldi?

• Uni qanday bartaraf etdingiz?



• Yevroosiyo hududida joylashgan davlatlar qaysi sohalarda o`zaro bog`liq , deb o`ylaysiz? Nima uchun?

Izoh: Yevroosiyo materigining relyefi boshqa materikalar relyeflarining maydoni jihatidan farq qilganligi uchun taqdimot bosqichida o`quvchilar aytib o`tmagan ma`lumotlarning o`quvchi to`ldiradi. Bu ma`lumotlarni berishda Yevroosiyo materigining relyefiga ko`proq e`tabor berish tavsiya etiladi. O`qituvchi sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lishi shaklini o`zi o`ylab ko`radi. O`qituvchi guruhlar topshirqni bajarishda atlasning qaysi sahifalaridan foydalanib, ma`lumotlar olishlari mumkinligini aytadi. Atlas bilan ishlaganda qiyinchilikka duch kelmaslik uchun o`qituvchi shartli belgilarni eslatib o`tadi. Vazifan bajarish jarayonida guruhlar darslikdan foydalanishlari mumkin.

Kengaytirish: Yeroosiyo materigining foydali qazilmalarini yozuvsiz xaritaga tushuring va foydali qazilmalar keng tarqalgan davlatlar nomini yozing.

Baholash: O`qituvchi guruh o`quvchilarini guruh topshirig`ini bajarganligiga asoslanib reyting tizimida baholaydi. Undan tashqari, muhokama qismidagi faollik uchun ham baholash mumkin.

1-Ilova

Yoqilg`i

Rudali

Rudamas






































2-Ilova

Eng keksa tog`lar

Yosh tog`lar

Eng yosh tog`lar






































Uyga vazifa:T sxemasida konspekt tayyorlash.

Fan:Geografiya

Sinf:7

Mavzu: O`zbekistonning ichki suvlari.(3-chorak, 9-dars)

Vaqt:45 daqiqa

Dars nomi: “Suv- hayot manbai-2”

Maqsad: O`quvchilar:

• O`zbekiston hududida joylashgan ichki suvlar manbalari bilan tanishadilar va ularni ifloslantiruvchi omillarni bilib oladilar;

• tahlil qilish ko`nikmasini rivojlantiradilar;

•suvning sun`iy ifloslanishini qisqartirishga qaratilga choralar belgilash orqali ekologik muammolarga e`tabor beradilar.



Jihozlar: Har bir guruh uchun 1 nusxada “Suvning sun`iy ifloslanishi manbalar” jadvali (Ma`lumotlar va jadval M.Rasulovning “Suv – hayot manbai” qo`llanmasidan olindi, Toshkent, “Yozuvchi”, 2002)

Jarayon:

1. O`qituvchi sinf o`quvchilarini o`tgan darsni eslashga chorlaydi. Buning uchun quyidagi savollardan foydalanish tavsiya etiladi:

• O`zbekiston tabiati bilan bog`liq qanday yangiliknibilib oldingiz?

•O`tgan darsda olgan yangi bilimlar sizining hayotingizda nima uchun kerak bo`lishi mumkin, deb o`ylaysiz?

2. O`qituvchi “O`zbekistoning ichki suvlari ” mavzusida kichik ma`ruza qiladi.

3. O`qituvchi sinf o`quvchilarini 5-6 kishilik kichik guruhga bo`ladi va har bir guruhga “Suvning sun`iy ifloslanish manabalari ” jadvalini tarqatadi.

Topshiriq. Sxema bilan tanishib chiqing. Jadvalda ko`rsatilga manbalardan qaysi biri siz yashab turgan joyda mavjudligini o`ylab ko`ring. Shu suv manbalarida suvning ifloslanishini oldini olish uchun qanday ishlarni amalgam oshirish mumkinligini aniqlang.

Guruhlar taqdimoti: Har bir guruhdan bir o`quvchi guruh ishini taqdim etadi va va boshqa guruhlar savollariga javob beradi.

Muhokama:

• Mashg`ulot sizga yoqdimi? Nima uchun?

• Topshiriqni bajarishda qanday qiyinchiliklar bo`ldi? Uni qanday yo`l bartaraf etdingiz?

• Mashq yordamida nimalarni bilib oldingiz?

•O`zingiz yashab turgan joyda suvning ifloslanishini kamaytirish uchun siz va sizning tengdoshlaringiz nima qila olasiz, deb o`ylaysiz?

•Suvning ifloslanishini nima uchun kamaytirish kerak, deb o`ylaysiz?


• Suvning ifloslanishi kamaysa, qanday oqibatlar kelib chiqadi, deb o`ylaysiz?

• Mashq haqida qanday hulosalar qilish mumkin, deb o`ylaysiz?

Izoh: Sinf o`quvchilarini kichik guruhlarga bo`lish shaklini o`qituvchi o`zi o`ylab ko`radi. Kichik ma`ruza mazmunini o`zida mavjud axborot bilan to`ldirishi mumkin.

O`qituvchi ma`ruzasi uchun tavsiyalar: Tabiatning asosiy unsurlaridan biri hisoblangan suvning ifloslanishiga tabiatda yuz beruvchi ko`pgina xodisalar ta`sir ko`rsatadi. Kosmik changlar, shamol, dovul, quyun, yong`in, sel, vulqonlarning otilishi, o`simlik va hayvonlarning o`limi va chirish, uchib yuruvchi aeroplaktonlar suvni ifloslantiruvchi tabiiy manbalar hisoblanadi. Shu bilan birga, suvni sun`iy ifloslantiruvchi manbalar ham mavjudki, bu inson faoliyati bilan bog`liq. Inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar, insonning tabiat qonunlarni buzish va tabiatga hukmronlik qilish istagi xo`jalik yuritishning nooqil shakllari tufayli tabiat, shu jumladan, tabiiy suv xavzalari ifloslanmoqda. Eng taajublanarlisi shuki, inson o`zining xo`jasizlarcha ishlari tufayli suvni ifloslantirmoqda va yana katta mablag`lar sarf qilish orqali suvni iste`molga yaroqli holga keltirmoqda. Ifloslangan suvni nisbatan toza qilish uchun iflos suvdan 30 barobar ko`p miqdorda toza suv qo`shish kerak.



Kengaytirish:Ifloslangan suv orqali kelib chiquvchi kasalliklar ro`yxatini tuzing. Ularning oldini olish uchun nimalar qilish kerakligi haqida maktab hamshirasi bilan ma`lumotlar oling.

Baholash: Mashg`ulot davomida o`qituvchi o`zi oldindan belgilangan 1ta guruh ishini kuzatadi va har bir o`quvchining topshiriqni bajarishni ishtirokini baholaydi, unda tashqari muhokama qismida faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholash tavsiya etiladi
Fan:Odam va uning salomatligi

Sinf:8

Mavzu: Bosh miya . 3-chorak, 48-dars

Vaqt:45 daqiqa

Dars nomi: Boshqaruv markazi

Maqsad: O`quvchilar:

• bosh miya va uning bo`limlari haqidagi ma`lumotga ega bo`ladilar;

• o`rganganlarini gapirib berish ko`nikmasini rivojlantiradilar.

• o`z sog`liqlari haqida qayg`urishlari muhim ekanligini anglab yetadilar.



Jihozlar: 5 xil rangli qog`ozlarning har birida 1,2,3,4,5 sonlari yozilga(har biridan 6tadan) qog`ozchalar. 6ta A4 qog`ozlari va markerlar, kichik koptokcha.

Dars jarayoni:

1.o`qituvchi darsni tashkil qilgach, o`tilgan mavzu yuzasidan savollar beradi. (3 daqiqa)

• Orqa miya qayerda joylashgan?

•Orqa miyaning nechta segmenti bor?

•Orqa miyaning reflektorlik va o`tkazuvchanlik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?

2.O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi va mavzuni qisqacha tushuntirib beradi. (15 daqiqa)

O`qituvchi o`quvchilarni kartochkalar yordamida 5ta guruhga ajratadi. Bunda o`quvchilar 1 raqamini olganlar 1-guruhni, 2 raqamni olganlar 2-guruhni va hokazo 5ta guruhni tashkil etishadi. Guruhlar uchun topshiriqlar beriladi.

1-guruhga- Uzunchoq miyaning funksiyasini aniqlang. Bu miya faoliyati buzilsa qanday oqibatlarga olib keladi. Bu funksiyaning insonning boshqa a`zosi bajarishi mumkinmi?

2-guruhga-Ko`prikcha qanday vazifalarni bajaradi? Uning vazifasini insonning boshqa a`zosi bajarishi mumkinmi?

3-guruhga-O`rta miyaning vazifasini aniqlang? Bu miya faoliyati buzilsa qanday oqibatlarga olib keladi? Bu funksiyani insonning boshqa a`zosi bajarishi mumkinmi?

4-guruhga- Oraliq miya qanday funksiyani bajaradi? Bu miya faoliyati buzilsa qanday oqibatlarga olib keladi? Bu funksiyani insonning boshqa a`zosi bajarishi mumkinmi?

5-guruhga-Miyachaning vazifasini aniqlang. Bu miya faoliyati buzilsa qanday oqibatlarga olib keladi? Bu funksiyani insonning boshqa a`zosi bajarishi mumkinmi?

3.O`quvchilar ishlarini o`rganib chiqqach, o`quvchilar kartochka ranglariga qarab, qayta guruhlarga ajraladilar. Yangi guruh a`zolari bir-biriga o`rganganlarini gapirib berishadi. A4 qog`ozlariga bosh miyaning rasmini tasvirlash topshiriladi. (10 daqiqa)

Taqdimot.Bunda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib ishlarini taqdimot qilishadi. (10 daqiqa)
Muhokama : (7 daqiqa)

•Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?

•Bosh miya qaysi bo`laklarda iborat?

•Bu bo`laklarning vazifalari nimalardan iborat?

•O`rgangan narsalaringizni guruhingizga gapirib bera oldingizmi?

•Qanday qiyinchiliklar bo`ldi?

•Bu qiyinchiliklarni qanday bartaf etdingiz?

•Miya faoliyati vazifasini boshqa bajarish mumkinmi?



•Qanday xulosalarga keldingiz?

Izoh:1-marta guruh tashkil etilganda o`quvchilar darslik va qo`shimcha adibiyotlarda foydalanishi mumkinmi. 2-marta guruh tashkil qilinganda eslab qolgan tushunchalarini sheriklarga aytib beradi. Har bir guruhdan 5 o`quvchi bo`ladi. Agar sinfda o`quvchilar soni ko`p bo`lsa, guruhlar soni 6ta bo`ladi va har bir guruh 6 o`quvchidan tashkil topadi. Buning uchun o`qituvchi qo`shimcha yana bitta topshiriq yozishi kerak bo`ladi.

Kengaytirish: Yurish, yugurish, ovqatlanish. Xilma-xil harakatlar bajarish, kulish, yig`lash, xayajonlanish, gulni hidlash kabi jarayonlarni miyaning qaysi bo`laklari boshqarishini o`rganib kelish.

Baholash:O`quvchilar uyga vazifani bajarganligiga, savollarga bergan javoblariga, guruhda gapirib berishga va taqdimotda savol-javobga qarab baholanadi.
Download 220,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish