Fan: Fizika Sana “ ” 201 yil


Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:B1



Download 19,68 Kb.
bet2/2
Sana01.02.2022
Hajmi19,68 Kb.
#422917
1   2
Bog'liq
10sinf fizika ochiq dars

Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olishkompetensiyasi:B1
o‘quvchi jismlarning vertikal harakati, aylana bo‘ylab notekis harakat, gorizontal otilgan jismning harakati, dinamika va saqlanish qonunlarini hisoblashga doir masalalar yecha oladi, o‘quv-laboratoriya elektron tarozisi, spiral prujinalar, bloklar, qiya tekislik, dinamometrlardan amaliyotda foydalana oladi.





Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,fizika “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, fizika“ darsligi. .
Namoyish tajribalari:
1. Vakuumda elektr toki.
2. Metall o‘tkazgichlar qarshiliklarini temperaturaga bog‘liqligi.
3.Yarimo‘tkazgichli asboblar (diod, tranzistor) va ularning texnikada qo‘llanilishi.
4. Yarim o‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish.
Jihozlar va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar:
Tok manbai. Milliampermetr, mikroampermetr. Voltmetr. Qarshiliklar to‘plami. Vakumli diod. Diod. Triod. Tranzistor. Neon gazi bilan to‘ldirilgan lampa. Turli kuchlanishli tok manbalari. O‘tkazgichlar. Izolyatorlar. Termometr. Tok o‘tkazgichli moddalar. Kalit. Ulashsimlari.
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Bizga ma’lumki, biror jismning muhitdagi tеbranma harakati shu jism turgan muhitga uzatiladi. Agar tеbranish havoda bo‘lsa, o‘zining harakatini havo zarrachalariga uzatadi. Havo zarrachalarining tеbranma harakati barcha yo‘nalishda havo bo‘ylab tarqaladi. Bu hodisa suyuqliklarda ham, qattiq jismlarda ham ro‘y bеradi. Vakuumda mexanik to‘lqinlar tarqalmaydi.Tеbranishning muhitda vaqt bo‘yicha tarqalish jarayoniga to‘lqin dеyiladi.Umuman olganda, mexanik to‘lqinlar ikki xil bo‘ladi: bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar.To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bilan bir o‘qda bo‘lsa, bunday to‘lqinga bo‘ylama to‘lqin deyiladi.
Bo‘ylama to‘lqinlar tarqalganda muhit siqilish va kengayish deformatsiyasiga uchraydi (5.8-rasm). Suyuqlik va gazlarda bunday deformatsiya muhit zarralarining zichlashishi yoki siyraklashishi orqali
bo‘ladi. Bo‘ylama to‘lqinlar barcha muhitlar: qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda tarqalishi mumkin.
Bo‘ylama to‘lqinlarga misol tariqasida elastik sterjendagi to‘lqin yoki havoda tarqalgan tovushni keltirish mumkin.To‘lqin tarqalayotgan muhitda zarralarning tebranish yo‘nalishi, to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lsa, bunday to‘lqinga ko‘ndalang to‘lqin deyiladi.Ko‘ndalang to‘lqinlar tarqalganda muhitning bir qatlami, ikkinchisiga nisbatan siljiydi. Bunday to‘lqinlar tarqalganda muhitda do‘nglik va chuqurliklar hosil bo‘ladi (5.9-rasm). Qattiq jismlardan farqli ravishda, suyuqlik va gazlar qatlamlarning siljishiga nisbatan elastiklik xususiyatiga ega emas. Shunga ko‘ra ko‘ndalang to‘lqinlar faqat qattiq jismlarda tarqala oladi.Ko‘ndalang to‘lqinning nuqtadan nuqtaga tebranishni uzatish jarayonini batafsil qaraylik. 5.10-rasmda ko‘ndalang to‘lqinning har ј T vaqtdagi holati keltirilgan
5.10-rasmda zarralarning qandaydir momentdagi holati raqamlangan sharchalar ko‘rinishida berilgan. Sharchalar bir-biriga yaqin joylashganligidan ular orasida o‘zaro ta’sir mavjud. Agar birinchi sharchani tebranma harakatga keltirsak, ya’ni uni yuqoriga va pastga harakatlanishga majbur qilsak, sharchalar orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli qolganlari ham uning harakatini takrorlaydi. Lekin ularning harakati oldingisiga nisbatan kechikkan (faza jihatidan siljigan) holda bo‘ladi.Masalan, to‘rtinchi shar, birinchi shardan ј tebranishga orqada bo‘ladi. Yettinchi shar harakati, birinchi shardan Ѕ ta tebranishga, o‘ninchisi ѕ ta tebranishga orqada qoladi. O‘n uchinchi shar birinchi shardan bitta to‘liq tebranishga orqada qoladi, ya’ni u bilan bir xil fazada tebranadi.
Ikkita bir-biriga eng yaqin oraliqda joylashgan va bir xil fazada tebranayotgan nuqtalar orasidagi masofaga to‘lqin uzunligi deyiladi.To‘lqin uzunligi grekcha λ (“lambda”) harfi bilan belgilanadi. Birinchi va o‘n uchinchi shar, ikkinchi va o‘n to‘rtinchi, uchinchi va o‘n beshinchi sharlar orasidagi masofa bitta to‘lqin uzunligiga teng deyiladi.
Tovush va uning tabiati. Elastik muhitda tarqalayotgan to‘lqinlarning chastotasi 20 Hz dan (ba’zi adabiyotlarda 16 yoki 17 Hz) 20000 Hz gacha bo‘lsa, bunday mеxanik to‘lqinlarni inson eshitish organi sеzdi. Bunday to‘lqinlar – tovush to‘lqinlari yoki tovush dеb ataladi. Chastotasi 20 Hz dan
kichik bo‘lgan to‘lqinlar infratovush dеb ataladi va buni inson sеzmaydi.Chastotasi 1 Hz dan 1013 Hz gacha bo‘lgan to‘lqinlarni xususiyatini o‘rganadigan fi zikaning bo‘limiga akustika dеyiladi.Tovush bo‘ylama to‘lqin bo‘lib, muhitning zichligiga, uning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan tеzlik bilan tarqaladi.
Shuni ta’kidlash kеrakki, muhitning harorati doimiy bo‘lganda bosimning o‘zgarishi zichlikning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional va bo‘lgani uchun gazlarda tovushning tarqalish tеzligi bosimga bog‘liq bo‘lmay qoladi.Lеkin gazlarda tovushning tarqalish tеzligi uning temperaturasiga bog‘liq. Qattiq jismlarda esa, ham bo‘ylama, ham ko‘ndalang to‘lqinlar tarqaladi, shuning uchun tovushning bo‘ylama tеzligi , ko‘ndalang to‘lqin tarqalish tеzligi formula bilan hisoblanadi.Bu yerda: Е– muhit uchun Yung moduli, G – siljish moduli. Qattiq jismlarda bo‘ylama to‘lqinlarning tarqalish tеzligi ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish tеzligidan dеyarli ikki marta katta, chunki E > G.Shuning uchun yer qimirlashini ikki marta sеzamiz, chunki yer qimirlash markazidan biz turgan joyga bo‘ylama to‘lqin avvalroq, ko‘ndalang to‘lqin esa kеyinroq yetib kеladi.Inson qulog‘ining tovushni sеzish va eshitish sohasi chastotasi 16 Hz dan 20000 Hz bo‘lgan tovushlarga to‘g‘ri kеladi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
Download 19,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish