MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BО‘YICHA YО‘RIQNOMA
Yuqorida tavsiya etilayotgan mustaqil ta’lim mavzularidan biri tanlab
olinib, shu mavzu bо‘yicha quyidagi mustaqil ta’lim shakllarining ixtiyoriy kamida
5ta shakli talaba tomonidan mustaqil bajarilishi talab etiladi. Mustaqil ta’lim
topshiriqlari masofaviy ta’lim platformasiga PDF formatida joylanadi (Yoki
vaziyatga qarab, elektron shaklda о‘qituvchiga taqdim qilinadi) hamda yakuniy
nazorat vaqtida о‘qituvchiga aynan bajarilgan ishning о‘zi taqdim etiladi.
Bajarilayotgan ishda talabaning Ismi, sharifi, kursi, guruhi, fani kabi shaxsiy
manzil ma’lumotlari aks etgan bо‘lishi lozim. Hamda topshiriq xususiyatidan kelib
chiqib, qо‘lyozma shaklida bо‘lishi maqsadga muvofiq. Talaba mustaqil ta’lim
ishini bajarishi davomida qay darajada bо‘lmasin kо‘chirmakashlik alomatlari
sezilgan taqdirda, ishni bajarmagan deb hisoblaniladi hamda yakuniy bahoga
sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |