“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori: S.Egamberdiyev
9-“A”, “B”, “D”- sinf o‘quvchilarining umumiy yig‘ilishi
BAYONI
14-aprel 2022-y “Navbaxor” mahallasi
Yig‘ilish raisi: 20 – maktab direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Yig‘ilishga qatnashdi: 9-sinf rahbarlari G.Laqayev, D. Amanova, M. Xalilov
hamda 78 nafar o‘quvchilar
Kun tartibida:
1. 2021-2022-o‘quv yili yakunida yakuniy nazorat imtihonini topshirish uchun tanlov fanini tanlash to‘g‘risida.
2021-2022 o‘quv yili yakunida yakuniy nazorat imtihonini topshirish uchun tanlov fanini tanlash tartibi to‘g‘risida maktab direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari E.Muhammadiyev yig‘ilish qatnashchilariga axborot va tushuncha berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 28 fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 70-sonli buyrug‘i va shu asosidagi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2022 yil 31 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022-136-8-111-XT-sonli buyrug‘i hamda maktab buyrug‘ida 2021-2022 o‘quv yili yakunida 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy nazorat imtihonlari topshirish belgilangan.
9-sinf o‘quvchilari 6 ta fandan imtihon topshirishi zarur bo‘lib, 5 ta fan majburiy, 6-fanni o‘quvchilar ixtiyoriy tanlashi lozim. Ushbu tartib oldindan barcha o‘quvchilarga yetkazilgan.
Yig‘ilishda 6-fanni tanlash muhokama qilindi, O‘quvchilar 6-fan uchun 5 ta majburiy fanlardan tashqari bitta fanni tanlashi kerak. Ushbu fanlar ovozga qo‘yildi. O‘quvchilarning takliflari umumlashtirildi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. 9-sinf o‘quvchilarining takliflarini hisobga olib, ushbu sinfda 6-fan sifatida geografiya fani tanlanganligi qabul qilinsin.
2. Ushbu yig‘ilish qarori maktab metodbirlashma va pedagogika kengashi tasdig‘iga tavsiya qilinsin.
Yig‘ilish raisi: S.Egamberdiyev
Yig‘ilish kotibi D. Amanova
“TASDIQLAYMAN”
Maktab direktori S.Egamberdiyev
11-“A”, “B” sinf o‘quvchilarining umumiy yig‘ilishi
BAYONI
14-aprel 2022-yil “Navbaxor” mahallasi
Yig‘ilish raisi: O.Narzullayev – maktab direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Yig‘ilishga qatnashdi: 11- sinf rahbarlari O.Mamasaidov, M.Jalmatov
ҳамда 52 нафар ўқувчилар
Kun tartibida:
1. 2021-2022-o‘quv yili yakunida yakuniy nazorat imtihonini topshirish uchun tanlov fanini tanlash to‘g‘risida.
2021-2022-o‘quv yili yakunida yakuniy nazorat imtihonini topshirish uchun tanlov fanini tanlash tartibi to‘g‘risida maktab direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari E.Muhammadiyev yig‘ilish qatnashchilariga axborot va tushuncha berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 70-sonli buyrug‘i va shu asosidagi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining 2022-yil 31-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022-136-8-111-XT-sonli buyrug‘i hamda maktab buyrug‘ida 2021-2022 o‘quv yili yakunida 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy nazorat imtihonlari topshirish belgilangan.
11-sinf o‘quvchilari 5 ta fandan imtihon topshirishi zarur bo‘lib, 4 ta fan majburiy, 5-fanni o‘quvchilar ixtiyoriy tanlashi lozim. Ushbu tartib oldindan barcha o‘quvchilarga yetkazilgan.
Yig‘ilishda 5-fanni tanlash muhokama qilindi, O‘quvchilar 5-fan uchun 4 ta majburiy fanlardan tashqari bitta fanni tanlashi kerak. Ushbu fanlar ovozga qo‘yildi. O‘quvchilarning takliflari umumlashtirildi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. 11-sinf o‘quvchilarining takliflarini hisobga olib, ushbu sinfda 5-fan sifatida kimyo fani tanlanganligi qabul qilinsin.
2. Ushbu yig‘ilish qarori maktab metodbirlashma va pedagogika kengashi tasdig‘iga tavsiya qilinsin.
Yig‘ilish raisi: O.Narzullayev
Yig‘ilish kotibi D. Amanova
Do'stlaringiz bilan baham: |