Fan Biologiya
Mavzu: Odam genetikasi.
Vaqt 45 daqiqa
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad:
Odam genetikasi fanining metodlari, tarmoqlari, odamdagi irsiyat va
o’zgaruvchanlik qonuniyatlari, antropologiya va tibbiyot genetikasi haqida ma’lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad:
Odam tanasining anatomik, morfologik tuzilishi, unda kechadigan fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning genetik asoslarini bilish orqali irsiy kasalliklarning oldini olish, ularni bartaraf qilish, jismonan ham ruhan barkamol avlodni tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Shaxsning shakllanishida irsiyat, muhitning rolini aniqlash, organizmni fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa omillarning zararli ta’siridan himoya qilish, irsiy kasalliklarning kelib chiqishining genetik sabablarini bilish kabi bilimlarni rivojlantirish.
Dars tipi: Umumlashtiruvchi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |