Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi.
Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega.
3-rasm:amaliy dasturiy vositalarning sinflanishi
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro bog’langan dasturlar majmui.
1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |